Kichik guruhda o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Hayotni 4 yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni ham bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini biladilar. Ular o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o‘xshash belgilarini topishga urinishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni to‘g‘ri tasviriyga o‘rgatib borish zarur.
Bu yoshda tasviriy faoliyatni o‘rgatish vazifalari bir rejaga qo‘yilgan.
Sodda predmetlarni asosiy belgilari (rang, shakl) berib, turli xil to‘g‘ri va aylanasimon shakllarini tasvirlashga o‘rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish.
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozni o‘rtasiga tasvirlarni joylashtirshni rivojlantirish.
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo‘lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) bo‘lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarni tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o‘rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, yashil rang archa va boshqalar.
3.O‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |