Nizomga, shuningdek o‘z ustaviga amal qilishi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari:
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;
Bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash;
Bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
2-ilova “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |