Reja: Mamlakat iqtisodiyotida yengil sanoatning ahamiyati


Download 118.5 Kb.
bet3/7
Sana21.04.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1376583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish.docx

To‘qimachilik sanoati bo‘lib, uzoq tarixga ega. Bu yerda tayyorlangan gazmollar (atlas, zardo‘zichi, baxmal, beqasam, olacha) o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazilgan. Lekin sanoat usulida gazlamalar ishlab chiqarish 20-asrning 20-yillaridan boshlandi. 1930 yilda Farg‘ona ip yigirish to‘qish fabrikasi ishga tushirildi (xoz. Farg‘ona to‘qimachilik k-ti), 1932 yildan Toshkent to‘qimachilik k-tini qurish boshlandi, 1934 yil bu k-t gazlama ishlab chiqara boshladi. Toshkent to‘qimachilik k-ti va Farg‘ona yigiruv to‘quv f-kasi 1945 yilda Respublikada ishlab chiqarilgan jami Ip gazlamaning 95.4% ni berdi. Buxoro to‘qimachilik k-ti (1973-76), Andijon ip gazlama k-tining 1-navbati (1981), Pop noto‘qima materiallar k-ti (1977), Xiva gilam k-ti qurib ishga tushirildi. 80-yillarda yirik to‘qimachilik korxonalarida bir qancha filiallar ochildi. Jumladan Toshkent sh.ning o‘zida 3 ta fabrika qurildi. Shuningdek, Paxtaobod, Chuvama, Qo‘rg‘ontepa, Marhamatda hamda G‘ijduvon va Vobkentda fabrikalar siklining tugal bo‘lishiga erishildi.
Namangan noto‘qima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi (1974), Pop (1977), Baliqchi (1977) noto‘qima materiallar fabrikalari ishga tushirilgan. Tarmoqda 34 ta aksiyadorlik jamiyati, 11 mas’uliyati cheklangan jamiyat, 28 ta qo‘shma korxona, 1 xususiy va 1 davlat korxonalari faol. ko‘rs-di (2005 y.).
Hozirgi davrda O‘zRda ishlab chiqariladigan paxta tolasining 50% Respublika to‘qimachilik sanoatida foydalaniladi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan iborat. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip gazlama ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. “Supertekstil” paxta ip yigiruv O‘zbekiston-AQSH qo‘shma korxonasi (Toshkent 1993), dastaki ipak gilamlar ishlab chiqaradigan “Afg‘on-Buxoro-Samarqand” qo‘shma korxonasi (Samarqand, Buxoro, 1993) faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994 yilda Turkiyaning Yazeks korporasiyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida to‘liq texnologik sikli to‘qimachilik majmuasi ishga tushirildi.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling