Reja: Mamlakat iqtisodiyotida yengil sanoatning ahamiyati


Download 118.5 Kb.
bet7/7
Sana21.04.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1376583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish.docx

Mahalliy sanoat. Mahalliy sanoat yirik ishlab chiqarish xo‘jalik kompleksi bo‘lib, respublikada ishlab chiqariladigan xalq iste’moli mollarining yillik umumiy hajmida uning hissasi 12% dan ko‘proq. Tarmoq korxonalarida 65 mingga yaqin ishchi injener, texnik xodimlar band (1995).
Mahalliy sanoat korxonalarida asosan mahalliy xom ashyo resurslaridan mahalliy ehtiyojlari qondirishga mo‘ljallangan xalq iste’moli mollari ishlab chiqariladi. Uning tarkibida qora metallurgiya, Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash sanoati, shu jumladan, mebel sanoati, qurilish materiallari, shisha va chinni fayans, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari, xalq hunarmandligining zardo‘stlik, tikuvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (suzana, gul-ko‘rpa,choyshab,zardevol,palak,kirpech), do‘ppido‘zlik,uymakorlik, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, milliy cholg‘u asboblari yasash, kosibchilik va boshqa tarmoqlari bor. Tarmoqda shahar va shaharchalarda, qishloqlarda katta-kichik xususiy hamda jamoa korxonalari, qo‘shma korxonalar fabrika, birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoqda 2800 dan ko‘proq nomda madaniy maishiy, xo‘jalik mollari chiqariladi.
Milliy kashtachilik buyumlari 8 ta ixtisoslashgan korxonalarida ishlab chiqariladi. Ularning eng yiriklari toshkent, Andijon, Chust, Namangan, Qashqadaryoyo badiiy buyumlari fabrikalaridir.
Mahalliy sanoatda gilam to‘qish, qadimiy hunarmandchilik usullaridan biridir. Bir yilda 240 ming km m2 gilam va palos to‘qiladi. Respublikada Xiva gilam kombinati, olmaliq gilam fabrikasi eng yirik bo‘lib, zamon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling