Reja: Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari


« YoKI » elementi mantiqiy funksiya sifatida


Download 334.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi334.78 Kb.
#1403870
1   2   3   4
Bog'liq
2.1-mavzu-Mantiqiy elementlar (1)

« YoKI » elementi mantiqiy funksiya sifatida 
« YoKI » - mantiqiy qo'shish, «dizyunksiya» elementi 
«YoKI» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X+Y hamda Z = X v Y kurinishlarda tasvirlanadi 
X va Y kirishlarga bir vaqtda “0” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulanmagan 
holda bo'lsa), Z chiqishda “0” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi). 
Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri 
yoki bir vaqtda ikkalasi ulansa), chiqishda «1» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi).
«INKOR» - mantiqiy inkor qilish («EMAS») elementi 
«INKOR» elementining chiqishidagi son uning kirishidagi songa nisbatan teskari kodga ega 
bo'ladi.


«INKOR» elementi mantiqiy funksiya sifatida ko'rinishda tasvirlanadi. X Y
«VA – INKOR» - mantiqiy ko'paytirishning inkori elementi 
 
X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa, Z chiqishda “0” signali hosil bo'ladi. Kirishlardan 
birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa, chiqishda «1» signali hosil bo'ladi.  
«YoKI - INKOR» - mantiqiy qo'shishning inkori elementi 
 
X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa, Z chiqishda “1” signali hosil bo'ladi. Kirishlardan 
birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa, chiqishda «0» signali hosil bo'ladi  
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari
Raqamli hisoblash texnikasida asos elementlari bo'lib mantiqiy “va”, “yoki”, “inkor” 
elementlari xizmat qiladi.
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalarining bir qator turlari mavjud bo'lib, 
ularning har biri o'z yutuq va kamchiliklariga ega.
Masalan:


- unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnologiyalar kristalda joylashgan elementlar 
zichligini yuqoriligi, kam quvvat talabligi, narxining arzonligi bilan xarkterlanadi, lekin tashqi 
ta‟sirlarga o'ta ta'sirchan, nisbatan tezkorligi past;
- bipolyar texnologiyadagi elementlar o'ta tezkorligi va ishonchli ishlashi bilan 
xarakterlanadi, lekin elementlar zichligi kam va ko'p energiya talab qilinadi, tan narxi qimmat 
1- 
Mantiqiy elementlar: a) «YoKI» elementi; b) «VA» elementi; c) «INKOR» elementi.

Download 334.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling