Reja: Ma'rifatchilik oqimi


Download 25.97 Kb.
bet2/2
Sana26.11.2021
Hajmi25.97 Kb.
#177549
1   2
Bog'liq
Nemis ma`rifatchiligi

Bor, izla о 'zingga bo'lak xizmatkor,

Sen boshlagan yo'Iga aslo bormasman.

Menda tangri bermish oliy huquq bor,

Sen deb men uni loyga qormasman.

She'riyat qalblarni yoqur ne sabab?

Nahot bois bo’lsa balandparvoz gap!

Shoir yuragida pinhondir olam,

Jahoniy uyg'unlik unda mujassam. (Erkin Vohidov tarjimasi)

«Faust» asarida Gyote san'at to'g'risidagi ana shunday qarashla riga asoslangan, shoir Faust timsolida o'zining inson va borliq haqidagi qarashlarini bayon qiladi.

Tragediya qahramoni Faust -izlanuvchan, bilimga, haqiqatga tashna shaxs, u yaratuvchi, o'zgartiruvchi, quruvchi kuch timsoli, u o'zida aql, idrok, ehtirosni mujassamlashtirgan inson. Faust xarakteridagi muhim jihat biqiqlik, cheklanganlikka qarshi norozilikdir. Bu norozilik undagi inkor ruhi tarzida namoyon bo'ladi. «Men hargiz yomonlik tilab - yaxshilik qiluvchi kuchning bir qismi, Men inkor ruhiman, Inkor qilishni kasb qilib olganman... Xullas, siz yomonlik deb atagan Kuch - men o'zim».

Bu tragediyadagi Mefistofelning so'zlari. Mefistofel iblis timsoli. U tashqi tomondan Faustning tamom ziddi bo'lsa-da, botinda uning ruhida yashaydi, har ikki obrazning dunyoqarashi, e'tiqodi biri ikkinchisiga tamomila teskari bo'lsa-da, aslida bir butunlikni tashkil qiladi. Asarda inson bilan shayton o'rtasida tinimsiz kurash boradi. Faust olam sirlarini bilishga, inson qudratini namoyish qilishga intiladi, tabiat bilan birlashib ketishni orzu qiladi. Bundan ojiz qolganda o'lim sharbatini ichgisi keladi. Shunday paytda Shayton unga ko'makka keladi, unga ko'ngil parvoziga, istaklariga qanot va'da qiladi. Inson va Shayton o'zaro ittifoq tuzadilar. Mefistofel qalbi razolatga lo'la, unda tuban fikrlar hukmron, u odamzodning aqliga ishonmaydi, hayot uningcha insonga bir bor beriladigan omonat tortiq, imkon qadar undan ko'proq olish, nafsni qondirish uchun yashash kerak deb hisoblaydi. U alohida odam emas, aslida u insonning ichida, doimo uning qalbiga vasvasa solib, tuban, shaytoniy istaklarni yuzaga chiqarishga undaydi. Ko'rinadiki, Mefistofel an'anaviy yovuzlik timsoli. Biroq bunday hukm chiqarishga shoshilmaslik kerak. Gyote yaratgan Mefistofel murakkab obraz -u masxaraboz, lo'ttiboz, muttaham, ayni paytda nihoyatda aqlli, uning mushohadalari o'tkir kinoyaga boy, mo'ljalga aniq tegadi, ular zamirida haqiqat bor, tabiatiga isyonkorlik, jo'shqinlik xos. Tangri bejiz unga Faustni topshirmaydi: «Inson tabiati uyquga moyil, Sen unga qutqu sol, turtib tur doim. Atrofida aylan, qo'zg'ot erta-kech, har zamon bedor tut, orom berma hech». Mefistofel Faustga dunyoning u ilgari ko'rmagan tomonlarini, tatimagan ne'matlarini ko'rsatadi. Shu tariqa Faust Shayton ko'magida qaynoq zamin hayotiga otiladi, qalbida yoshlik, muhabbat olovi gurkiraydi, 14 yoshli ma'suma Margaritani sevib qoladi. Biroq hissiyotga to'la sof muhabbat shayton qutqusi tufayli dahshatli yakun topadi, soddadil Margaritaning fojiali taqdiriga sabab bo'Iadi. Faust sevgilisining azob-uqubatlarini ko'rganda iblisni la'natlab uni qutqarish uchun otiladi, uning qismatini o'zgartirolmagan bo'lsa-da, qalbida yana insoniylik uyg'onadi.

Faust Mefistofelga qarata, ya'ni qalbidagi Shaytonga qarata shunday xitob qiladi:

«Og'zingm yum! Bu dahshatli so'yloqtishlaringni menga ko'tsatma! Ey buyuk va poyonsiz rah! Sen meni bir bor ko'rding, qalbimga quloq tutding. Nega endi meni bu maxluq bilan, xayolida faqat yomonlik bo'lgan, o'zgalar g'amidan doimo yayragan bu benomus bilan bog'lading?»

Faust bilan Margaritaning so'nggi uchrashuvi asarning eng yorqin, ta'sirli sahifalaridandii. Bu yerda shaytoniy hislarga mag'lub bo'lgan insonlarning iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan.

Asarning ikkinchi qismida Faustni o'zini Margaritaning mash'um qismati sababchisi deb bilib, og'ir iztiroblar iskanjasida qolgan holatda uchratamiz. Bu yerda ham uni jo'shqin hayot, go'zal tabiatning sehrli chorlovi, ilohiy qudrati qutqaradi, uning mudroq qalbida ikkinchi marotaba uyg'onish ro'y beradi.




Tumanlar ichidan turguvchi sahar,

Senga yana shodon chiqurman peshvoz.

Azaliy ко’rking-la aylab musaxxar

Zamin, bu kech menga bo’libsan hamroz.

Sen yana ko’ksimda uyg'otding istak.

Orzular ко’kida qilurman parvoz. (Erkin Vohidov tarjimasi)

Faust endi afeonaviy Yelenani izlab Mefistofel va kimyogar Vagner tomonidan shisha idishda yetishtirilgan sun'iy odamcha Gomunkul ko'magida safarga otlanadi. Go'zal Yelenani topadi, ular orasidagi xayoliy muhabbatdan Evforion tug'iladi. Faust sarguzashtlari ramzlarga boy, ular tag zaminiga yetish alohida diqqat va tafakkur talab qiladi. Evforion halok bo'Iadi, go'zal Yelena ko'kka ko'tarilib g'oyib bo'ladi. Faust endi olam tashvishlari bilan band. U Mefistotel bilan imperatorlar urushida qatnashadi, qonuniy imperator g'alabasiga sabab bo'Iadi. Imperator unga dengiz bo'yidagi botqoq va balchiq yerlarni in'om qiladi, shu o'rinda ma'rifatchilik davrining ideal qahramoni -faoliyat kishisi, yaratuvchi inson namoyon bo'ladi, Faust bu yerlarni insonga xizmat qildirish uchun zo'r ishtiyoq bilan kirishadi. Faust bir umr izlanadi, inson umrining ma'nosi va mohiyatini anglab yetishga intiladi, nihoyat o'zi orzu qilgan «To'xta, ey daqiqa, go'zalsan g'oyat» deb ataluvchi lahzalar jonli, jo'shqin hayotda ekanligiga imon keltiradi, hayotdan ko'z yumar ekan, shunday xulosaga keladi:



Uzog hayot yo'lini oidim-u bosib,

Olam hikmatini ayladim yakun.

Kim - erk, hayot deb jang qilolsa har кип

Erk-u hayot uchun о 'sha munosib. (Erkin Vohidov tarjimasi)

«Faust» asari insonga nisbatan umid va ishonchga to'la. Hayotda ezgulik va taraqqiyot uchun kurash hech qachon so'nmaydi. Shu sababli ham asar yakunida Faust ruhi «Men bilan olishdi uzoq bu banda, Yuz tuban yiqildi vaqti yetganda», deya tantana qilayotgan shaytonga emas, jannat maloyikalari hukmiga o'tadi, inson qalbidagi iblisni yengishga muvaffaq bo'ladi.




Adabiyotlar:

1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.

2. Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. T.: “O’qituvchi”. 1975 yil.

3. Sulaymonova F. “Sharq va G’arb”. T.: “O’zbekiston”. 1997 yil.

4. Kun N.A. “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari”. Toshkent. 1983 yil.

5. Mahmudov M. “Hayrat va tafakkur”. Toshkent. G’.G’ulom. 1990 yil.



6. Sh. Normatova. Jahon adabiyoti. T., Cho’lpon, 2008.
Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling