Reja: Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi


Ta'limning tarixiy xususiyatlari


Download 435.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana20.10.2023
Hajmi435.33 Kb.
#1712744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kamola2

Ta'limning tarixiy xususiyatlari. Ta'lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, 
chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy 
maqsad va vazifalar bilan bеlgilanadi. Bu ta'lim mazmunining ijtimoiy hayot, 
ishlab chiharish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta'siri ostida 
o’zgarib borishini anglatadi. Ta'lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni 
o’zlashtirishga bo’lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u 
odamlarga hayot faoliyatlarini yo’lga qo’yish uchun zarur. Bilimlarni to’plash va 
chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o’sib borishi bilim tomonidan tashkil 
etiluvchi funktsiyalari ko’lamini oshishini ta'minlaydi. Mazkur yondashuvlar 
(pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta'lim mazmuni 
yo’nalishlarni bеlgilab kеladi.
O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy (1878-1934 yillar) o’zining «Turkiy 
guliston yoqud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va bizninng 
xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida 
bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga 
o’xshaydi» - deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A.Avloniy fanni o’zlashtirishga 
faqatgina hayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan 
yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq 
bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan 
ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda 
foydalanib bo’lmaydi, lekin uni o’rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish 
o’quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashni shakllantiradi. 
Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik 
kasbining tutgan o’rni haqida. Jamiyat tomonidan o’qituvchi shaxsiga 


qo’yilayotgan talablar o’z davrida Sharq mutafakirlari hamda G’arb 
ma'rifatparvarlarining asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu 
Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o’qituvchining ma'naviy-axloqiy 
jihatdan yetuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha
yaxshi o’qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o’zi ega bo’lgan 
bilimlarni yoshlarga beminnat o’rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo’la oladi.
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida, o’qituvchi bolalarga ta'lim berishdek 
mas'uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda 
muvoffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi: 
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish; 
- berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga e'tiborni qaratish; 
- ta'limda turli shakl va metodlardan foydalanish; 
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; 
- fanga qiziqtira olishi; 
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; 
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda 
berish; 
- har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish.
4
Alisher Navoiy o’z davrining ayrim maktabdorlari ega bo’lgan sifatlar, 
xususan, qattiqqo’llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o’qituvchining 
ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo’yadi. Xususan, «mudarris 
kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik 
uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va qavqo 
yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun 
madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va 
nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni 
4
Rahimov S. Abu Ali Ibn Sino. Ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent, O’qituvchi, 1967. – 75 bet 


mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar 
ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon 
odatni tarqatuvchidir».
5
Ayni o’rinda o’qituvchi mehnatining mashaqqatli 
ekanligini ta'kidlab o’tadi: «Uning ishi odam qo’lidan kеlmas, odam emas, balki 
dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa 
bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima yetsin. 
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishiga yuzlarcha 
mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning 
haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq 
qilsa arziydi. 

Download 435.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling