Reja: Matn metodologiyasi haqida tushuncha. Shakl va mazmun birligi tamoyili. Makon va zamonbirligi tamoyili. Xususiylikdan umumiylikka o`tish tamoyili. Badiiy matnning tahlil tiplari. Tayanch so`z va tushunchalar
V.Badiiy matn va tasviriy vositalar
Download 94 Kb.
|
badiiy matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.Estetik hodisa sifatida matn.
V.Badiiy matn va tasviriy vositalar. Har qanday badiiy asarning ta’sirchanligini unda qо‘llanilgan badiiy tasvir vositalari ta’minlaydi. Ularsiz badiiy asar quruq va zerikarli bо‘ladi. Chunki kitobxon uchun asarda qalamga olingan voqealargina muhim emas. Balki, voqealar qanday ifodalangani ahamiyatlidir. Yozuvchining mahorati badiiy tasvir vositalarini qay darajada ishlata olishiga bog‘liq bо‘ladi.
-Metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, о‘xshatish, farqlash, jonlantirish, mubolag‘a, kichraytirish, antiteza, parafraza, oksyumoron kabilarni aniqlash va ularning badiiy matndagi о‘rnini, ahamiyatini yoritish. -Ibora, maqol va matallar, hikmatli sо‘zlar, ta’sirchan birikmalarni belgilash. Kimning nutqida, qanday muhitda, qay maqsadda, о‘rinli-о‘rinsiz qо‘llanilishi kabilar haqida fikr yuritiladi. -Matnlararo aloqadorlikni aniqlash. Matn variantlarini qiyoslash. Matn ichida qо‘llanilgan о‘zga matn kо‘rinishlarini (nazira, taqlid, naql, hadis, rivoyat, miflar, afsonalar, didaktemalar) aniqlash va asar mazmuni bilan qay darajada uyg‘unligi haqida fikr yuritish. G.Estetik hodisa sifatida matn. Badiiy asar agar kitobxonlar e’tiborini tortgan bо‘lsa, albatta bu asar haqida gazeta, jurnallarda, turli adabiy tanqidiy kitoblarda, ilmiy tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada fikr-mulohazalar berilgan bо‘ladi. Asar haqidagi tanishtiruv maqolalar, taqrizlar munaqqidlarning fikrlari bilan tanishish fikr ufqingizni kengaytiradi. Shuningdek, tahlil xolisligini ta’minlashga yordam beradi. -Yozuvchi uslubi va asar yozilgan davrdagi yetakchi uslublarni aniqlash. Asar tili va davr tili о‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash. Asarning boshqa tillarga tarjima qilinishi, adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan asar ahamiyatini belgilash kabilar tahlil tugalligiga xizmat qiluvchi omillar hisoblanadi. Badiiy asar lisoniy jihatdan tahlil qilinayotganda mavzuga aloqador ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Faqat foydalangan adabiyotingizni albatta havolada kо‘rsatgan bо‘lishingiz lozim. Adabiyotni havolada kо‘rsatishning ham о‘z tartibi bor. Masalan, biror bir asardan olingan kо‘chirma keltirdingiz deylik. Qо‘shtirnoqdan keyin havola raqami qо‘yiladi. О‘sha sahifaning pastki qismiga havola raqami qо‘yiladi va muallifning ismi sharifi, asar nomi, nashr joyi, yili va kо‘chirma olingan sahifa raqami yoziladi. Masalan: 1 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-T: «О‘ME»., 2002, 5-b. Agar asardan kо‘chirma olmay mazmunidan foydalangan bо‘lsangiz havolada muallif ismidan avval «Bu haqda qarang» birikmasini qо‘shib qо‘yasiz. Bir asardan bir necha о‘rinlarda foydalangan bо‘lsangiz birinchisida tо‘liq yoziladi, keyingilarida esa muallif ismi sharifidan keyin «О‘sha asar» yozuvi va sahifasi kо‘rsatiladi. Asar umumiy adabiyotlar rо‘yxatida berilganida siz foydalangan sahifa raqami emas, balki asarning necha sahifadan iborat ekanligi yoziladi. 1 Бадиий матнни лисоний таҳлил қилишнинг методологияси, тамойил ва усуллари ҳақида қаранг: Ўринбоев Б. ва бошқ. Ўша асар. 1990., Шодмонов Э. Бадиий матннинг лингвистик таҳлили.// «Мактабда ўзбек, рус тиллари ва адабиёти», 1991, №8. 2 Ўринбоев Б. ва бошқ. Ўша асар. 15-16-б. 3 Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. –Т: «Ўзбекистон», 1992. 4 Бу ҳақда қаранг: Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. –Т: «Маънавият», 2002. 5Бу ҳақда қаранг: Wellek R. Edebiyat teorisi.-Izmir. Akademi kitabevi. 1993. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling