Reja: Matn metodologiyasi haqida tushuncha. Shakl va mazmun birligi tamoyili. Makon va zamonbirligi tamoyili. Xususiylikdan umumiylikka o`tish tamoyili. Badiiy matnning tahlil tiplari. Tayanch so`z va tushunchalar
Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Download 94 Kb.
|
badiiy matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Dastlabki tayyorgarlik
Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Biror bir she’rni, hikoya yoki romanni о‘qiyotganimizda asar mazmunini yakka-yakka sо‘zlardan yoki ayrim iboralardangina emas, balki matn deb ataluvchi butunlik bilan munosabatga kirishgandan sо‘nggina anglay boshlaymiz. Badiiy asarni gazeta о‘qigandek о‘qib bо‘lmaydi. Badiiy asarni о‘qish uchun ham alohida tayyorgarlik kerak. Voqealar tizimini kuzatib borish bilangina asar о‘qigan bо‘lib qolmaysiz. О‘zingizda faol о‘qish tarzini shakllantirishingiz zarur, aks holda asar о‘qish shunchaki vaqt «о‘ldirish» mashg‘uloti bо‘lib qolaveradi. Xо‘sh, faol о‘qish tarzini shakllantirish uchun nima qilish kerak? Buning uchun yozuvchi va matn bilan haqiqiy muloqotga kirishishingiz talab qilinadi. Ularga о‘zingizning savollaringizni muntazam berib borishingiz zarur. Matnni har tomonlama tahlil qilib borishingiz kerak. Matn mohiyatiga kirib borish uchun avvalo tilshunoslik va adabiyotshunoslikning tamal qonuniyatlaridan xabardor bо‘lish lozim. Quyida sizga havola qilinayotgan tahlil tartibi qat’iy-qotma tartib emas, uni tahlil obyekti va metodiga qarab о‘zgartirishingiz mumkin. A.Dastlabki tayyorgarlik. Har qanday badiiy asarni о‘qish uchun dastlabki tayyorgarlik zarur bо‘ladi. Bu tayyorgarlik aslida avtomatik tarzda namoyon bо‘ladi. Masalan, biror bir asarni о‘qimoqchi bо‘lganingizda asar muqovasining о‘ziyoq sizga dastlabki ma’lumotlarni beradi. Muqovaning bezatilishi, muallif ismi-sharifi, hatto roman deb yozib qо‘yilgan bо‘lsa, о‘sha sо‘zning о‘zi ham matn bilan munosabatga kirishishingizni ta’minlaydi. Biz aytmoqchi bо‘lgan tayyorgarlik ham shunga yaqin faqat biroz vaqt, biroz qunt va jiddiyat talab qilishi bilan farqlanadi. Bu tayyorgarlikni tо‘rt odimda umumlashtirishga harakat qildik. Birinchi odim. Matnga aloqador ma’lumotlarni о‘rganish. - Asarning nomi, yozuvchisi, nashr etilgan yili va joyi. Hajm belgisiga kо‘ra matn turini aniqlash. - Matn haqidagi yozuvchining yoki nashrga tayyorlovchining kirish sо‘zi. - Matn turini aniqlash. Ikkinchi odim. Matn tuzilishini о‘rganish. - Matnning tashkil tarzini о‘rganish. Bob, fasl, qism, bо‘lim va ularning nomlarini, nazmiy asar bо‘lsa bayt, misra kabi tashqi xususiyatlarini aniqlash. - Yordamchi qismlarini aniqlash. Epigraf, epilog, agar nazmiy asar bо‘lsa sarlavha, atov sо‘zi bayt, misra kabilarni aniqlash. Uchinchi odim. Matnni birinchi marta о‘qish. Matnni sinchiklab о‘qish va tushunilishi qiyin bо‘lgan joylarni belgilab borish, о‘qish jarayonida e’tiborni tortgan sо‘z, ibora, maqol-matal va ayrim epizodlar yoniga belgi qо‘yib borish tavsiya qilinadi. Tо‘rtinchi odim. Matn va ijtimoiy hayot о‘rtasidagi aloqani о‘rganish. -Matn qaysi davrda, qayerda, qanday ijtimoiy muhitda yozilganligini aniqlash. -Matnda qalamga olingan voqealar qaysi hudud va qaysi davr uchun xosligini aniqlash. Matnning ifoda maqsadi va mazmuniga kо‘ra turini belgilash. -Matn yozilgan davr va yozuvchi mavqei. Yozuvchiga zamondoshlarining munosabati va yozuvchining zamondoshlariga munosabati. -Yozuvchining boshqa asarlari va siz tahlil qilayotgan asari о‘rtasidagi aloqadorlik. Bu asarning boshqa asarlardan farqi. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling