Reja: Matn tahriri turlari
Download 16.71 Kb.
|
Mavzu1
Mavzu: Litografik manbalar, fihristlar, kotib va noshirlar, yig`ma-qiyosiy matnlar REJA: 1.Matn tahriri turlari. 2.Adabiy matnlarni o`qish, ularni tahlil qilish Ma’lum bir shaxs tomonid anayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xilbo‘lib, ular mikro matn vamakro matndir. Birnecha gaplarning o‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkiltopgan, mazmuni yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatanyirikroqyozmavaog‘zakinutqparchasimikromatndeyiladi. Birumumiymavzuostidabirlashganbirnechamikromatnlardantashkiltopuvchiyaxlitasargamakromatndeyiladi. Matnningturlariham 2 xil: ma’lumotnomamatnivaijodiy-tavsifiymatn. Ma’lumotnomamatnidabo‘libo‘tganvoqea-hodisayokimavjudholathaqidaoddiyaxborotberiladi. Ijodiy tavsifiy matn so‘zlovchiyokiyozuvchitomonidanijodiyravishdabayonetilganvoqea-hodisa, narsayokishaxsningtasviriyokixabar, ma’lumotningijodiy-tavsifiybayonidir.Ilmiy, publitistikvabadiiyuslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiymatnningko‘rinishlaridir. Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkiltopgannutqiybutunlikmatnhisoblanadi. Litografiya (lito... va ...grafin) — bosma qolip tayyorlash uchun ohaktosh (litografik tosh), rux yoki alyuminiy varaqasidan foidalaniladigan tekis bosma usuli; shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari ham L. deb ataladi. Bunda yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relyefsiz, L. tushi yoki kalami bilan tushiriladi. Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot k-ta (toshda) yoki fosfor k-ta (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular boʻyoq olmaydi. Boʻyoq bilan qoplangan tasvir bevosita qogʻozga koʻchiriladi. L.ni 1798 yilda germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan soʻng 1806 yilda Myunxenda, 1816 yilda Parijda, 1822 yilda Londonda dastlabki L. ustaxonalari tashkil qilingan. 20-asrning 30-yillaridan boshlab L. oʻrnini ofset bosma egallay boshladi. Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. Shuning uchun ham M. N. Osmanov “SHohnoma”ning 1966 yilgi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. U o‘z fikrini ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi. Asosiy matnni tuzishda yig‘ma-qiyosiy yondashuv bilan ilmiy-tanqidiy yondashuv farqlanadi. Lekin ba’zan ularni tasniflashda chalkashish hollari uchraydi. Jumladan, Q. Ergashev Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilishi xususida so‘z yuritar ekan, “Mahbub ul-qulub”ning A. N. Kononov tomonidan tayyorlangan nashrini asar ilmiy-tanqidiy matni deb hisoblaydi. 1948- yili A.N.Kononov “Mahbub ul-qulub” asari matnini Leningrad hamda Toshkent qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma nusxa asosida tiklagan. Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi bo‘lib, yig‘ma-qiyosiy matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, oradagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A.N.Kononov aynan o‘zi amal qilgan matn tuzishdagi tadqiqot usullari va prinsipi xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P.SHamsiev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini “chog‘ishtirma matn” deydi. Yig‘ma-qiyosiy matn asarning asosiy matni hisoblanadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzish talablariga javob bermaydi. Matnshunos yig‘ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanadi. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to‘liq matnini tiklashdir. Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi. A.N.Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining barcha nusxalarini izlab topishni maqsad qilib qo‘ymagan va o‘ziga ma’lum nusxalar bilan kifoyalangan. Shuning uchun ham u o‘zi tuzgan matnni “yig‘ma (svodnыy) matn”deb atagan. O‘sha paytlari Navoiy yubileyi munosabati bilan shoir ijodini ommalashtirishga bo‘lgan shoshilinch harakat A.N.Kononovga ilmiy-tanqidiy matn yaratish uchun fursat bermagan bo‘lishi mumkin. O‘zbek matnshunosligida yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning o‘ziga xos prinsiplari N.Rahmon tomonidan tayyorlangan “Oltin yorug‘” matnida ko‘rinadi. Mazkur asar qo‘lyozmasi qadimgi uyg‘ur-turk tilida yozilgan bo‘lib, 1910 yili rus olimi S.Malov tomonidan topilgan va birinchi marta V. Radlov bilan hamkorlikda eski uyg‘ur-turk alifbosida nashr etilgan edi. Turk olimi Cheval Qoya tomonidan ushbu asar o‘rganilib, 1994-yili Turkiyada chop etildi. U garchi Radlov-Malov nashri asosida Berlin Fanlar akademiyasi va Mayiz fondida saqlanayotgan 20ga yaqin nusxa parchalarini o‘zaro qiyoslab, asarning mukammal matnini amalga oshirgan bo‘lsa-da, asar tilining murakkabligidan uni turk tiliga tabdil qilmagan. Asar 1986 yili Xitoyda uyg‘ur tiliga tabdil etilgan, ammo N.Rahmonning yozishicha, tabdil ancha erkin bo‘lib, asl matndan uzoqlashgan. O‘zbek olimi asarning Xitoyda uyg‘ur tiliga qilingan tabdili va Cheval Qoya nashrini Radlov-Malov matni bilan o‘zaro qiyoslab, asarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzib chiqdi va qadimiy turk tilidan lotin yozuviga tabdil qildi. Matnshunos olim matn uchun tayanch sifatida Radlov-Malov matnini tanlab, Xitoy va Turkiyada chop etilgan matnlardagi tafovutlarni matn ichida qavsda berib borish prinsipini qo‘llagan. N. Rahmon matnining yana bir xususiyati, har bir matn bo‘lagi o‘zbek tiliga tarjima qilinib tabdil bilan yonma-yon keltirilgan. Olim qo‘llagan prinsiplarni yana shularda ko‘rish mumkin: 1. “Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir satrdagi raqamlar tartibi saqlangan. 2. Hozirgi o‘zbek tilidagi tabdil qadimiy turkchadagi har bir varaqdan so‘ng berilgan. Turkiya yoki uyg‘ur nashrlarida izoh berilmagan o‘rinlarda qavs ichida so‘zlar, qo‘shimchalar kiritilgan. 3. Transkripsiya belgilarini ifodalashda o‘zgarishlar kiritgan(ng o‘rniga ng, sh o‘rniga sh, g‘ o‘rniga gh, til orqa I o‘rniga i, til oldi i o‘rniga ï). 4. Izohlar tartibini asl nusxaning tartib raqamidan ajratish uchun to‘q kursiv bilan berib, ostiga chiziqcha qo‘ygan. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash, farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi: qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish; barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash; asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash; asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish; ilmiy apparatni qo‘llash; asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlashmatniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish; barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish; matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan belgilash Faksimil nashr Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir97. Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi. 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilk devon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilk devon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi. Bu xususda S. G‘anieva quyidagi mulohazani bildiradi: “Xatning yozilish uslubi haqida aytish kerakki, u professional kotib xatiga o‘xshamaydi. Masalan, “alif”, “kof”, “lom” harflari o‘ng tomonga moyil qilib yozilgan. Misralarning notekisligi esa xatning mistarsiz yozilganidan belgi beradi. Lekin, shubhasiz, xat kitobat san’atidan puxta xabardor odamning qo‘li bilan yozilgan. Harflarning muayyan mutanosibligining saqlanishi, har bir harfning aniq ifodalanishi, xususan, harflarning nuqtalari alohida-alohida qo‘yilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ayni chog‘da, harflarning ust va ostki nuqtalarining aniq va dona-dona qo‘yilish holini qadimgi o‘zbek tilidan xabardor bo‘lmagan forsiyzabon kotiblarga engillik tug‘dirish maqsadida qilinganligidan dalolat beruvchi omil deb qarash mumkin”. Bugungi kunda yangi topilgan asarlarni yoki yangi ma’lum bo‘lgan o‘tmish ijodkorlarning birinchi marta e’lon qilinayotgan devonlarini nashrga tayyorlashda “Muxtasar” matnida qo‘llangan prinsiplardan foydalanish eng ma’qul yo‘ldir. Download 16.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling