Reja: Mavzu: Qirqim va kesim og’ma kesma va uning haqiqiy kattaligini yasash
Download 0.75 Mb.
|
Qirqim va kseim og\'ma kesma va uning haqiqiy kattaligini yasash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirqimlar.
1.Qirqim bajarilishi va qoidalari; 2.Qirqim turlari; 3.Kesim bajarilishi va qoidalari; 4.Kesim turlari; Qirqimlar.Agar buyumning ichki shakli murakkab bo’lsa, uni ko’rinishlarida shtrix chiziq bilan ko’rsatiladi. Bunda chizma yaqqolligini yo’qotadi. Buning uchun buyumning ko’zimizgako’rinmaydigan ichki tuzilishini aniqlash maqsadida qirqim qo’llaniladi. Buyumni ichki ko’rinishini chizmada bitta yoki bir necha tekislik bilan fikran kesib ko’rsatilgan tasvir qirqim deyiladi. Bunda buyumning kuzatuvchi bilan kesuvchi tekislikgacha bo’lgan qismi xayolan olib tashlanadi. Qirqim shartli tasvir bo’lib unda buyumning tekislik bilan kesilgan joyi (kesimi) va tekislik orqasidagi kuzatuvchiga ko’rinadigan qismi ko’rsatiladi. 11.1-shaklda kesim bilan qirqimni farqi ko’rsatilgan. 11.1-shakl Qirqimni bir qancha alomatlari bilan xillarga ajratish qabul qilingan: Kesuvchi tekislik soniga qarab oddiy va murakkab qirqimlarga bo’linadi; Kesuvchi tekislikni gorizontal tasvir tekisligiga nisbatdan xolatiga qarab frontal, gorizontal, profil va qiya qirqimlar bo’ladi. Kesuvchi tekislikni buyumning bosh o’lchamlariga (gobarit) nisbatan joylashishiga qarab bo’ylama va ko’ndalang kesilgan qirqimlar bo’ladi. Qirqim mukammal bajarilishiga qarab to’liq va mahalliy bo’ladi. Qirqimlar O’zDSt: 2.305-97 ga muvofiq bajariladi. . Bitta tekislik yordamida bajarilgan qirqim oddiy qirqim bo’ladi. Oddiy qirqim frontal, gorizontal, profil, ko’ndalang, bo’ylama, qiya va mahalliy qirqimlarga bo’linadi. - Frontal qirqim frontal kesuvchi tekislik bilan hosil qilinadi. Agar kesuvchi tekislik frontal tasvir tekisligiga parallel bo’lsa, hosil bo’lgan qirqim Frontal qirqimqirqim deyiladi. (11.1-shakl, A-A qirqim). Agar kesuvchi tekislik profil tasvir tekisligiga parallel bo’lsa, u holda qirqim Profil qirqim bo’ladi. (11.2-shakl, Б-Б qirqim) 11.2-shakl Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling