Reja: Mavzu
Download 1.19 Mb.
|
Medetsinada elektronika.
Rasmda shtrixpunktir chiziq bilan apparat yoki asbobning korpusiga tegib turgan odam orqali oʻtuvchi, sirqish tokining yoʻli koʻrsatilgan. Agar bemor zanjiri (konturi) korpusda izolatsiya qilingan bo ‘lsa, u holda yana alohida, bemorga sirqish toki ham boʻladi.Sirqish tokining kuchi tibbiyot apparaturasining eksplutatsiya xavfsizligiga muhim ta’sir koʻrsatgani uchun bunday buyumlarni loyihalash va tayyorlashda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan tok kuchini asbob va apparatlarning ham normal ishlatilishida, ham faqat birgina buzilish roʻy berganda hisobga oladilar. Birgina buzilish deganda, elektr tokining urishiga qarshi himoya vositalaridan birining ishdan chiqishi tushuniladi. Elektr havfsizlik shartlariga koʻra birgina buzilish odam uchun toʻgʻridan toʻgʻri havf tugʻdirmasligi kerak. Mumkin boʻlgan sirqish tok kuchlarini elektrotibbiyot buyumlarining xillariga va bu mahsulotlarning tok urishidan himoya darajasiga qarab ajratiladi.
Ularning toʻrt xili mavjud: H—himoya darajasi normal boʻlgan buyumlar: bunday himoya uyroʻzgʻor asboblarining himoyasiga ekvivalentdir. В — himoya darajasi yuqori boʻlgan buyumlar. 16 BF — himoya darajasi yuqori boʻlgan va ishchi qismi izolatsiya qilingan buyumlar. CF — Himoya darajasi yuqori boʻlgan va ishchi qismi izolatsiya qilingan buyumlar. Bu xilga, albatta, xususan ishchi qismi yurak bilan elektr kontaktda boʻlgan buyumlar kiradi. CF — xildagi buyumlarga alohida belgi qoʻyilishi lozim (1.4- rasm) 1- jadvalda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan sirqish tok kuchi buyum xillari — H, B, BF va CF uchun keltirilgan. Korpusga urishda apparaturaning tegishli qismlari kuchlanish ostida boʻlib qoladi. Bu holda ham buyumlar ishining buzilish sharoitlarida elektr tokining urishidan himoyalanish usullarini koʻrib qoʻyish kerak. Bunday himoya choralarga yerga ulash va nolga ulash kiradi.
Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling