Reja: Maxsulotlarni kimyoviy taxlil qilish


Degustatsiya o‘tkazish texnikasi


Download 31.31 Kb.
bet6/8
Sana30.11.2021
Hajmi31.31 Kb.
#178057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MA`RUZA.

Degustatsiya o‘tkazish texnikasi

Sharoblarni organoleptik tahlili maxsus xonalarda (degustatsion xonada) yorug‘ va xar xil hidlar bo‘lmagan xavosi toza xonada o‘tkaziladi. Xonaning harorati 15-160 C atrofida bo‘lishi kerak.

Degustatsiya o‘tkazishdasharoblarning tarkibiga ko‘ra birin-ketin taxlil qilinishi alohida ahamiyatga ega. Nordon sharoblar shirin sharoblardan oldin: yosh sharoblar etilgan; engil sharoblar og‘irlardan, oq sharoblar qizillardan, hidi past sharoblar hidi kuchli sharoblardan oldin degustatsiyaga beriladi. SHunday kilib, degustatsiya engil, yosh, oq sharoblardan boshlanib, aromatli liker sharoblari bilan tugatiladi. SHampan va o‘ynoki sharoblar alohida degustatsiyadan o‘tkaziladi. Eng nordon bryut sharobdan boshlanib shirin markali sharobsi bilan tugatiladi.

Degustatsiyaga berilgan sharobning soni 12-15 dan oshmasligi kerak. Xar bir tekshirishdan so‘ng og‘izni suv bilan yaxshilab chayish kerak va bir burda oq chuchuk non eyish kerak.

Degustatsiyaga beriladigan sharoblar harorati, tipiga (turiga) bog‘lik. O‘ynoki sharoblar 10-120 C, oq xo‘raki sharoblar 12-14o S, qizil xo‘raki va desert sharoblar 14-160 C degustatsiyaga uzatiladi.

Organoleptik izlanishlar uchun alohida degustatsion idishlar qo‘llaniladi, bu idishlar tiniq, nafis shishadan yasalgan bo‘lib, ustida gulsiz, rangsiz bo‘lishi shart. Degustatsion idishlarning shakli har xil bo‘ladi: asosan lola shaklida, tuxum shaklida bo‘ladi. Ko‘rilayotgan sharob ehtiyotkorlik bilan ko‘piklashtirmay (uchuvchan moddalarni to‘satdan yo‘kotmaslik uchun) degustatsion idishning xajmini 1/3 kismiga to‘ldiradi, avvalo nur okimida sharobning tiniqligi va rangi tasdiqlanadi, keyin uning hidi ifoda kilinadi, buning uchun idishdagi sharobni xiyol chayqatib, hidining taralishini zo‘raytirib, hidlab ko‘riladi (qiska-qiska nafas olib) so‘ngra sharobni ta’mini sinash uchun bir qultumini og‘izga solib, til uchidan boshlab til chegaralariga, so‘ng xavo tortish bilan boshni qo‘taribsharob sekin  yutib yuboriladi. SHu usulda sharobing ta’mi to‘liqroq anglanadi. Degustatsiya paytida sharobni uzoq hidlash va og‘izda ortiqcha saqlash tavsiya kilinmaydi.

Hamma ta’ssurotlarni degustator maxsus degustatsion varaqqa yozadi. Sharobni degustatsiya qilish, ertalab, engil nahordan so‘ng o‘tkaziladi. YOg‘liq, achchiq va kuchli ovqat eyish m’an etiladi. Degustatsiya davomida hidsiz, neytral hidli taomlarni (pishloq, engil meva, uzum, olma. va xakozolar) iste’mol qilish mumkin.

 


Download 31.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling