Mavzu: Yosh media iste’molchilarda axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi. - Mavzu: Yosh media iste’molchilarda axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi.
Reja: 1. Media iste’molchimi yoki mediasavodxon iste’molchi? 2. Media mahsulot turlari. ahamiyati. Yoshlar mediamahsulotlarni eng ko‘p «qabul qiladigan» segment. Yoshlar mediamahsulotlarni eng ko‘p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir zamonaviy yigit qiz media bozorning «ich»ini bilib o‘sishi kerak. Bu intellektual axborot asrining talabi, zamonaviylikning sharti. Shuning uchun ham YUNESKO mediata’limni XXI asrda madaniy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. “Media ma’naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim yomon”, demaydi. Buzg‘unchi, jinoyatchi, johillar ham o‘z g‘oya mahsulotini “eng yaxshi buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko‘p. Gap odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to‘g‘ri egallashida”. Demak, yoshlar mediamatnlarni o‘qiyotgan, mediamahsulotni tomosha kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning mediamadaniyati qandayligiga bog‘liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyati yuqori kishini mana shunday tasvirlaydi: “Uning mediabog‘lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo‘ladi. O‘ziga u medianing zararli ta’sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni
Do'stlaringiz bilan baham: |