Reja: Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari


Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li


Download 40.64 Kb.
bet5/7
Sana22.03.2023
Hajmi40.64 Kb.
#1286618
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari

Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. 
Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liqYozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lumBunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.
Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi. Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:

  • Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi.

  • Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi sabab bo’ldi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –yilgasha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; foydali axborotlarni o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat. Fxborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat. Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategic ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot, telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish mumkin.
Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi.Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi.Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin:

  • Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan.

  • Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi.

  • Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokozolarni saqlaydi.

  • Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi.

Sohalar bo’yicha axborot resurslariga alohida olinga xo’jalik tarmoqlari: ta’lim tizimi, qishloq xo’jaligi, meditsina, mudofaa, sanoat va hokazo tarmoqlar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ulkan massali axborot resurslarining mavjudligi va ularni electron ko’rinishda ifodalash imkoniyati zamonaviy axborot resurslari, tovarlari va xizmatlari bozorini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda milliy axborot resurslari bozoro shakllangan .Bu bozorlar ko’p jihatdan material resurslar bozoriga o’xshash bo’lib, ma’lum tovarlar nomenklaturasiga ega. Bu tovarlar sifatida axborot mahsulotlari va xizmatlari taqdim etiladi.Bu tovarlarga quyidagilar misol bo’ladi:

  • Oddiy tovarlar va ularning narxlari to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • Ilmiy-texnikaviy xarakterdagi ma’lumotlar (patentlar, avtorlik guvoxnomalari,ilmiy maqolalar va hokazo)

  • Axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari;

  • Axborot tizimlari, berilganlar bazalari

  • Turli xil ma’lumotlar.

 Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar;

  • Aoqa va telekommuniktsiya vositalari;

  • Maishiy xizmatlar;

  • Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari

  • Konsultativ firmalar;

  • Birjalar;

  • Jismoniy shaxslar..

Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo.
Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.
Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Yevropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi.
Axborotlash­tirish haqida (1993 yil, may) va Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O’zR FTDKning Davlat patent idorasida 1995 yil sentyabridan Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy mu­hofazalash bo’yicha Agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy mahsulotlar, shuningdek to’liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazadi. 1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontseptsiyasini qabul qildi. Ushbu Kontseptsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
Mazkur dasturda Vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me'yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Maqsadli dasturlar va ustuvor izlanishlar kiritilgan ko’pgina axborot tizimlari loyihalash va amalga oshirish bosqichida turibdi. Bunday tizimlarga soliq organlari, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Tashqi ishlar Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi, Davlat mulk qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazir­ligi va boshqalarning kompyuter tizimlarini kiritish mumkin. Bir qator yirik loyihalar, jumladan Tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta'minlashning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimi, Fan-texnika axborotining respublika tarmog’i, Aholi bandligi xizmatining kompyuter tizimi, Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimi, Adliya Vazirligining axborot tizimi va boshqalar ishlab chiqilmoqda. Milliy axborot hisoblash tarmog’i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o’zida namoyon etuvchi ochiq, tizim sifatida yaratilishi lozim. O’zbekistanda axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun quyidagi qonunlar ham qabul qilindi: “Hududiy axborotlash markazlarida, bosh axborotlash markazlarida axborotni muhofaza etish, hamda axborot but saqlanishi uchun mansabdor shaxslar javobgarligi qoidalari” (1996), “Axborotlashtirish to’g’risida” (2004), “ Elektron raqamli imzo to’g’risida” (2004), “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida“ (2004),“ Elektron tijorat to’g’risida ” (2004). Fanlar akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali kadrlar ishlamoqda. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun zamonaviy axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik sub'ektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta'lim, texnika, ijtimoiy, iqtisodiyot va uni boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta'minlash kerak.
Azaliy tushunchalar ma’no qatlami benihoya kengayib borayotgan zamonda yashayapmiz. “Madaniyat” atamasi ham ana shunday kengayuv, chuqurlashuv, rang-baranglashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Shaxsiy madaniyat, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati singari birmuncha tor bo‘lgan mavzular bilan cheklanish davri ortda qoldi. Endilikda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, bozor munosabatlari, dehqonchilik, tibbiyot, rahbarlik, siyosat va xalqaro munosabatlarning o‘z madaniyati bor, ya’ni “madaniyat” tushunchasidan xoli soha, tarmoq, jabha yo‘q. Hatto, har qanday jamiyat o‘zagini, demak, taraqqiyot yo‘sinlari umurtqasini madaniyat tashkil etishi isbot talab qilinmaydigan haqiqatga aylanib ulgurdi.
Buni qarangki, axborotlashgan jamiyat, jamoatchilik bilan aloqalar (ommaviy kommunikatsiya) asr muammosi sifatida sertarmoq fan maqomiga ega bo‘la borayotgan hozirgi vaqtda axborot madaniyati hayot-mamot masalasi darajasiga ko‘tarildi. Atak-chechak qadam -tashlayotgan bolajondan tortib, asrni qaritgan bobo-buvilargacha shu “hayot-mamot” iskanjasida deyavering.
Ongli inson borki, hayotining har lahzasida yo axborot oladi, yo uni idrok etadi va yoki uzatadi. Ushbu uch jarayonning to‘rtinchisi — keraksiz axborotdan xalos bo‘lish. Biz axborot erkinligi haqida juda ko‘p gapirdik, endi esa keraksiz axborotdan qutulish muammosi yo‘limizda ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Afsuski, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda mulkingizga aylangan axborot yig‘indisi xonadoningizda hosil bo‘lgan chiqindi emaski, undan osongina voz kechsangiz. Axborot madaniyati mazkur to‘rt bosqichli jarayon ichida eson-omon yashash hamda faoliyat yuritishga zamin yaratadi, doimiy yordamchiga aylanadi. Murakkabdan-murakkab, serqatlam axborot almashinuv jarayoni sohalar, jamiyatlar, mamlakatlar, mintaqalar va dunyo miqyosida keng ko‘lamlarda kechayotganini tasavvur qilib ko‘rsak, so‘z yuritilayotgan mavzuning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati naqadar ulkanligi ayonlashadi. Biroq mazkur haqiqatni to‘la anglashga tasavvurimiz hamda aql-idrokimiz imkoniyatlari qodirmikan?
Qodir bo‘lmagani uchun ham inson bu qadar mislsiz, zalvorli yukni axborot vositalari zimmasiga yukladi. Gazeta, jurnal, kitob, radio, televideniye, telefon, faks, kompyuter, internet, mobil telefon sharofati bilan Yer yuzi mo‘jaz “qishloq”qa aylandi-qo‘ydi. Ikki dunyoni bir qadamga aylantirgan ham axborot, globallashuv jarayonlari maxraji, ustqurmasi ham axborot. Zamonaviy taraqqiyot, farovonligu farog‘atning noni, suvi, havosi ham shu! Sanab o‘tilgan axborot vositalarining ko‘zga ko‘rinmas changalidan tashqarida yashayotgan odam yo‘q hisobi. Ularning barchasi oddiy turmush tarzining ajralmas zaruratiga, ta’bir joiz bo‘lsa, tanamizning “a’zosi”ga aylanib bo‘ldi. Shu munosabat bilan g‘oyat qiziq va g‘alati holat vujudga keldi: yakka axborot vositalari, guruh axborot vositalari, ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin insonning axborotga bo‘lgan ehtiyoji yetarli darajada qondirilmayotgani ma’lum bo‘lmoqda, aksincha, axborot taqchilligi, yetishmovchiligi zo‘raygandan zo‘rayib bormoqda. Nega? Sabab nimada? Chindan ham shundaymi?
Masalani bir boshidan oydinlashtirishga to‘g‘ri keladi. Zamon shiddati odamlar ruhiyatiga ko‘chdi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotir. Bugungi ishni ertaga surish u yoqda tursin, aksincha shu daqiqadagi yumushning keyingi daqiqaga surilishiga toqat dosh bermayapti. Bu ketishda tez orada elektron manzillar, SMSlar orqali muloqot tezligidan-da jadal ishlaydigan aloqa vositalari yaratilsa, ajab emas.
Yangilikka o‘chlik boyagina olingan axborotning o‘sha zahoti eskirishiga olib kelmoqda. Hozirgina yuz mashaqqat bilan topgan yangiligimizni to‘la anglab-idrok etib ulgurmasimizdan chiqitga chiqaryapmiz. Bir qarashda, buning yomon tomoni yo‘q, ammo har bir yangilik ortidagi voqelik yuzasidan chuqur mulohaza yuritish, tosh-taroziga solish hamda hayotiy xulosalar chiqarishga bo‘lgan moyillik unutilib bormoqda. “Bu ahvolda internet to‘lqinlarida soat sayin “bolalayotgan” nashrlar shu tariqa yengil shov-shuvga o‘ch, shundan narini ko‘zlamaydigan, tahlilu mulohazalardan yiroq avlod vakillarini shakllantiruvchi “maktab”larga aylanib qolmasmikan?!” degan xavotir ham yo‘q emas.
Ruhiyat bilan bog‘liq yana bir omil avj olayotir. Axborot oqimi shiddati ortgani sayin odamlarda individuallashuvga moyillik kuchaymoqda. Deylik, oiladagi ota-ona va uch farzandning har biri o‘zi istagan teleko‘rsatuvni tomosha qiladi, o‘zi yoqtirgan radioeshittirishni tinglaydi, ularning har birida alohida kompyuter, internet, mobil telefon. Ota o‘qiyotgan gazetaning o‘g‘ilga umuman qizig‘i yo‘q, qizi qo‘ldan qo‘ymaydigan suratli jurnalni ona varaqlab ham ko‘rmaydi. Shubhasiz, bu holni axborot oqimi hamda vositalari ta’sirida odamlarning yakkalanishi, deb ta’riflash mumkin. Ko‘plashib, oila davrasida emas, xonaga qamalib olib, yakka holda kompyuter ekraniga termulgancha hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish odati ommalashmoqda.
Bunday yangiliklar milliy oila tutumlari, odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas. Aytib o‘tilgan axborot vositalarining har biri mo‘jiza, inson aql-idrokining mahsuli, ularning har biri bilimni oshirish, dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi, ularning ta’rifiga til ojiz. Biroq ularning barchasiga milliy-axloqiy qadriyatlarimiz, tafakkur va qalb tarbiyasi, qisqacha aytganda, komil inson tarbiyasi mezonlaridan kelib chiqqan holda yondashilsa, ko‘p savollar yo‘limizda ko‘ndalang bo‘ladi. Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo‘ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo‘lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o‘tgan asrning
70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o‘sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o‘tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to‘g‘riligini bugungi hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko‘rsatmoqda, isbotlamoqda.
Haqli savol tug‘iladi: o‘z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati me’yorlarini nechog‘li o‘zlashtirganmiz? Ularni amalda qo‘llayapmizmi? O‘sha jonsiz buyumlar har birimizni imtihondan, sinovdan o‘tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi?
Mo‘jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning noto‘g‘ri yo‘llarga chalg‘ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib chiqayotgan ko‘plab noroziliklar, ko‘ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda ko‘pligidan darak beradi.
Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o‘rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu bejiz emas. -Amerikalik olim E. Toffler “Uchinchi to‘lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan yo‘l uch bosqichdan iborat”, degan fikrni ilgari suradi. Ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat hamda hozirgi axborot tamaddunlari. Tabiiy savol tug‘iladi: xo‘sh, keyin-chi? Insoniyat to‘rtinchi to‘lqin davrini ham boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot shiddati bashariyatni qayerlarga olib boradi? O‘zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan taraqqiyot cho‘qqilarida omon qolish hamda yashash epini topa bilamizmi?
Sog‘lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to‘rtinchi to‘lqin axborot odobi, madaniyati tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to‘g‘ri hamda oqilona chora ekanligini ko‘rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji, farog‘ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.

Download 40.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling