Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


butun xalqning turgan-bitgan sho’ridir


Download 110.93 Kb.
bet32/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

butun xalqning turgan-bitgan sho’ridir.
Amaliyotda rahbar madaniyati aniq ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi. Ularni quyidagi uch
guruhga bo’lish mumkin (31-jadval).
31-jadval 
Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar 

Ob’ekt
Ko’rsatkichlar tizimi
1.
Rahbarning o’ziga nisbatan
madaniyatliligi

So’z bilan ishning birligi:
So’z berdingmi, va’da qildingmi, belgiladingmi - aniq mo’ljallangan muddatda
bajar

o’z kasbiy mahoratini, iqtidori-ma’naviy komilligini o’stirish
ustida qayg’urish

oqilona turmush tarzi, jismonan sog’lomligini saqlash

o’z-o’zini tanqid asosida o’z kamchiliklarini bo’yniga olmoq

o’zini intizomga bo’ysundirish

o’z malakasini oshirishga bo’lgan intilish va uning uddasidan
chiqa olish

harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi

o’ziga va mehnat faoliyatiga bo’lgan talabchanlik;

axloqning quyidagi alifbolariga qatiy rioya qilish:

kamtarinlik

haqgo’ylik

halollik

o’zini tuta bilishlik

oddiylik

to’g’rilik, vijdonlilik.
2
Rahbarning
jamoaga
nisbatan madaniyatliligi
Xalqparvarligi, ya’ni:

kishilarga e’tibor va hurmat

kishilarga xayrxoh va iltifotli bo’lish

olijanoblik va beg’arazlik, xolislik

kishilarning qadr-qimmatiga yetish kabilar

Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish:

odamlarga ishonch, kishilarning o’z kuchiga qobiliyatiga
bo’lgan ishonchini qo’llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy
kamchiliklarini bartaraf qilishga yo’naltira bilish

yuqori nutq madaniyatigi ega bo’lish va tashqi ko’rinishdaga
ozodaligi

salbiy fazilatlarga ega bo’lgan, qonun-qoidalarga rioya
qilmaydigan, odobsiz kishilarga, shu jumladan, qon-qarindosh
va yaqin tanish-bilishlarga nisbatan toqati yo’q.

O’zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya
qilish:

xushmuomalalik

sipolik

kamsuqumlik

andishalilik

vazminlik.

Mehnat va do’stlikdagi sherikchilikda:

o’zaro yordam va quvvatlash

hozirjavoblik va majburiylik, so’zsiz bajarishlik




printsipiallik va ishonch



talabchanlik.
3.
Rahbarning
jamiyatga
nisbatan madaniyatliligi

Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik

Jamiyat baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish, jamiyat
boyligini ko’paytirish haqida g’amxo’rlik qilish

Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qatiy
rioya qilish

Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini
buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo’lish

Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya
qilish

Ko’pfikrlikka ochiq ko’ngillik bo’lish va uni hurmat qilish
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’i nazar, o’zining asosiy
majburiyati, ya’ni qo’l ostida-gilarni o’zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki
rahbarlik bu nafaqat lavozim egasi, u o’z navbatida qam tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir,
sodda qilib aytganda rahbar - bu kishilar o’rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi,
uyg’unlashtiruvchi “muhandisdir”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o’ta
muhtojdir.

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling