Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Download 110.93 Kb.
|
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv uslubi
Quyi pog’ona menejerlari
quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asboblarining egasi bo’lmasa ham o’z ishini qilaverishini eslash o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa - menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish bilan shurullanishi, firmaning hayot- mamotiga javobgar bo’lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: • rahbar— boshqaruvchi; • rahbar — diplomat; • rahbar — murabbiy, tarbiyachi; • rahbar— inson; • rahbar — tadbirkor; • rahbar — innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub — bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. SHu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: • boshqaruv uslubi; • ish uslubi; • rahbarning ish uslubi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yig’indisidir. Mutlaqo o’xshash kishilar bo’lmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo’lmaydi. Rahbar faqat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadin ko’ra biladi va uni shu maqsad sari yo’naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chuqur o’rgangan holda mutaxassislar faoliyatini mohirona birlashtirish va yo’naltirishi kerak. Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling