Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Boshqaruvning aloqadorlik uslubi
Download 110.93 Kb.
|
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- - maslahat uslubi.
- - qo’shma qarorli boshqarish uslubi.
- Avtonom uslubi.
- 4. Boshqarishning byurokratik uslubi. Boshqaruvning byurokratik uslubi
Boshqaruvning aloqadorlik uslubi
qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim: - kommunikatsiya uslubi. Menejer o’z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma’lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi, o’z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kerak; - maslahat uslubi. Menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va bahslashuvdan so’nggina qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari to’g’risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar; - qo’shma qarorli boshqarish uslubi. Bunda menejer muammoni o’rtaga qo’yadi va uni hal qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni o’rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda o’tkaziladigan tadbirlar to’g’risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin veto (ta’qiqlash) huquqini saqlab qoladi; Avtonom uslubi. Menejer hal qilish jarayonida o’z zimmasiga moderator (ya’ni o’zini chetga oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga qiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar belgilanmagan holda, odatda ko’pchilik bilan qaror qabul qiladilar. 4. Boshqarishning byurokratik uslubi. Boshqaruvning byurokratik uslubi - bu shunday boshqaruv uslubiki, unda shakllar mohiyat ustidan ustivorlik qiladi. Bu shunday uslubki, unda rahbar boshliq sifatida, har qanday ishni yuqoridan tasdiqlangan hujjatga asosan amalga oshirilishini, undagi majburiyatlar va tavsiyanomalar o’z vaqtida va aniq bajarilishini talab qiladi. Byurokratik ish uslubi ushbu farqlanuvchi belgilarda namoyon bo’ladi: 1. Eski, ammo odat bo’lib qolgan tashkiliy tarkibga yaqin bo’lishi; 2. O’zining tashabbussizligi sababli huquqiy bo’lgan qarorlarning yechimini ko’rsatma kutishi evaziga kechiktirishi; 3. Qog’ozvozlikka moyilligi, o’zini ximoya qilish maqsadida qar bir qilingan xarajatni rasmiy hujjat bilan tasdiqlash. Bu esa yozma hujjatlarni ko’payishiga, ish xajmini kengayishiga va muqobil boshqaruvni sekinlashishiga olib keladi. 4. O’z qo’l ostidagilarni bachkana ximoyalash, har kuni ularni ishlariga asossiz aralashishi; 5. Xizmatchilarning real talablariga beparvo bo’lishi. Ushbu beshta sifat ichida eng asosiysi, uchinchisi bo’lib, byurokratik nomi olinishiga sababchi hisoblanadi. “Byurokratik” so’zi eskidan “qog’ozbozlik”, ko’p yozish usuli bilan ish yuritishni bildiradi. Mana shu yozuv mehnati bilan shug’ullanadagan odamning yozuv stoli “byuro” nomi bilan yuritiladi. Hozirda byurokratik so’zi keng ma’noli tushuncha bo’lib, salbiy ma’no topgan. Byurokrat - rahbar rasmiy qog’ozlarni yozishni va quyidagi turdagi ko’rsatmalar berishni yoqtiradi: “tubdan yaxshilashga erishish”, “ta’sirchan choralar ko’rish”, “ishlab chiqish va ko’rsatish”, “ogohlantirish”, “namunali tartib o’rnatish” va hokazo bu kabi “chaqiriq”lar real tashkiliy ish bilan tasdiqlanmagan, bularsiz ularning bajarilishi amri maholdir. Agar qo’l ostidagilar faoliyatida kamchiliklar sezilsa shu joyni o’zida sababini aniqlash va bartaraf etishga o’rinish o’rniga ularni tozalash uchun farmon yaratiladi. Bu kabi ish yuritish usulida kutilgan natijaga erishib bo’lmasligi hammaga ayondir. Shunday qilib ish o’rniga faqat ko’rinish, rahbar tomonidan ma’muriyatchilik o’rinlidir. Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling