Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


Boshqaruvning aloqadorlik uslubi


Download 110.93 Kb.
bet9/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

Boshqaruvning aloqadorlik uslubi
qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki
bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim:
- kommunikatsiya uslubi.
Menejer o’z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va
shuning uchun xodimlarga ma’lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi,
o’z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kerak;
- maslahat uslubi.
Menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va bahslashuvdan so’nggina
qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari to’g’risida
kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni
bajaradilar;
- qo’shma qarorli boshqarish uslubi.
Bunda menejer muammoni o’rtaga qo’yadi va uni hal
qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni o’rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda
o’tkaziladigan tadbirlar to’g’risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin veto
(ta’qiqlash) huquqini saqlab qoladi;
Avtonom uslubi.
Menejer hal qilish jarayonida o’z zimmasiga moderator (ya’ni o’zini chetga
oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga qiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar
belgilanmagan holda, odatda ko’pchilik bilan qaror qabul qiladilar.





4. Boshqarishning byurokratik uslubi.
Boshqaruvning byurokratik uslubi
- bu shunday boshqaruv uslubiki, unda shakllar mohiyat
ustidan ustivorlik qiladi.
Bu shunday uslubki, unda rahbar boshliq sifatida, har qanday ishni yuqoridan tasdiqlangan
hujjatga asosan amalga oshirilishini, undagi majburiyatlar va tavsiyanomalar o’z vaqtida va aniq
bajarilishini talab qiladi.
Byurokratik ish uslubi ushbu farqlanuvchi belgilarda namoyon bo’ladi:
1.
Eski, ammo odat bo’lib qolgan tashkiliy tarkibga yaqin bo’lishi;
2.
O’zining tashabbussizligi sababli huquqiy bo’lgan qarorlarning yechimini ko’rsatma
kutishi evaziga kechiktirishi;
3.
Qog’ozvozlikka moyilligi, o’zini ximoya qilish maqsadida qar bir qilingan xarajatni
rasmiy hujjat bilan tasdiqlash. Bu esa yozma hujjatlarni ko’payishiga, ish xajmini kengayishiga va
muqobil boshqaruvni sekinlashishiga olib keladi.
4.
O’z qo’l ostidagilarni bachkana ximoyalash, har kuni ularni ishlariga asossiz aralashishi;
5.
Xizmatchilarning real talablariga beparvo bo’lishi.
Ushbu beshta sifat ichida eng asosiysi, uchinchisi bo’lib, byurokratik nomi olinishiga sababchi
hisoblanadi.
“Byurokratik” so’zi eskidan “qog’ozbozlik”, ko’p yozish usuli bilan ish yuritishni bildiradi.
Mana shu yozuv mehnati bilan shug’ullanadagan odamning yozuv stoli “byuro” nomi bilan
yuritiladi. Hozirda byurokratik so’zi keng ma’noli tushuncha bo’lib, salbiy ma’no topgan.
Byurokrat

rahbar rasmiy qog’ozlarni yozishni va quyidagi turdagi ko’rsatmalar berishni
yoqtiradi: “tubdan yaxshilashga erishish”, “ta’sirchan choralar ko’rish”, “ishlab chiqish va
ko’rsatish”, “ogohlantirish”, “namunali tartib o’rnatish” va hokazo bu kabi “chaqiriq”lar real
tashkiliy ish bilan tasdiqlanmagan, bularsiz ularning bajarilishi amri maholdir. Agar qo’l ostidagilar
faoliyatida kamchiliklar sezilsa shu joyni o’zida sababini aniqlash va bartaraf etishga o’rinish
o’rniga ularni tozalash uchun farmon yaratiladi. Bu kabi ish yuritish usulida kutilgan natijaga
erishib bo’lmasligi hammaga ayondir.
Shunday qilib ish o’rniga faqat ko’rinish, rahbar tomonidan ma’muriyatchilik o’rinlidir.

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling