Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
-jadval Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari
Download 110.93 Kb.
|
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bozor munosabatlariga xos boshqaruv uslublarining shakllanishi.
26-jadval
Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari № Belgilar Rahbarlik turlari Avtokratik rahbar Demokratik rahbar Leberal rahbar 1 Qaror qabul qilishda Yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydi Jamoa fikri bilan hisoblashadi Ko’rsatmaga binoan ish tutadi 2 Qaror yechimlarini bo’ysunuvchilarga yetkazishda Yozma va og’zaki buyruq ko’rsatma orqali Taklif orqali Iltimos qilish yalinish orqali 3 Mas’uliyatni taqsimlash To’la-to’kis rahbar qo’lida Vakolatiga binoan To’la-to’kis ijrochilarning fikriga binoan 4
tashabbuskorligiga Yo’l qo’yadi Rag’batlantiradi va foydalanadi To’la-to’kis tayanadm 5 Kadrlarni tanlashda Kuchli raqobatdoshlardan qutulish tarafdori Ishchan, bilimdon xodimlarga mo’ljal oladi va ularning o’sishiga yordam beradi Beparvo 6 Bilimga bo’lgan munosabatda Hamma narsani o’zim bilaman deb hisoblaydi Muttasil o’qiydi va qo’l ostidagi bo’ysunuvchilardan ham shuni talab qiladi E’taborsiz, bari-bir, beparvo 7 Muomalada Salbiy, masofa saqlaydi Ijobiy, muloqatda kirishimli va faol Tashabbus ko’rsatmaydi 8 Bo’ysunuvchilarga nisbatan Kayfiyatiga qarab muomala qiladi, asabli Har xil, talabchan, xayrixoh, andishali Talabchan emas, muloyim 9 Intizomga nisbatai Qattiq, rasmiy, yuzaki Maqsadga muvofiq talab qiladi Yumshoq, yuzaki 10 Rag’batlantirishga nisbatan Onda-sonda rag’batlantirib, tez-tez jazolash tarafdori Onda-sonda jazolab, tez- tez rag’batlantirish tarafdori Aniq mo’ljali yo’q Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib, aniq sharoitlarda birining salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi. 2. Bozor munosabatlariga xos boshqaruv uslublarining shakllanishi. Hozirgi vaqtda bizning iqtisodiy taraqqiyotimizning birdan-bir yuli - bu ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlaridir. Tabiiyki bu yangi boshqaruv uslubining shakllanishiga olib keladi. Madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lgan davlatlarning bozor iqtisodiyoti davrini tahlil qila turib, birinchi qadamlar qo’yayotgan mustaqil davlatlarning boshqaruv uslubini aniqlab beruvchi ba’zi bir belgilarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin. Birinchi guruh belgilari - bu iqtisodiy fikr yuritishning yangi turi bo’lib, u yoki bu tavsiflarni faoliyat tomonini qayta baholanishini o’z ichiga oladi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti yangi turdagi iqtisodiy munosabatlarni, erkin tadbirkorlik munosabatlarini taqazo etadi. Bu munosabatlarga davlat idoralarining aralashishi avvalgidan bir oz kamroq bo’ladi. SHunday ekan, bozor munosabatlarini shakllanishida ishbilarmon odamlarni (rahbarlarni, tashkilotchi mutaxassislarni) tayyorlash zarur. Boshqacha aytganda tadbirkorlik, ishda faollik, erkinlik, yaxshi ishga va maoshga intilishlik kabi sifatlar birinchi darajali rol uynashi mumkin. Ikkinchi guruh belgilari - yangi uslubdagi boshqaruvni aniqlab beradi. Bunda boshqaruv mehnat bilan band, ishbilarmonlikda bilimdon odamlarni belgilari majmuasini kitirish mumkin. Bu eng avval o’z sohasida o’ta bilimdon, madaniy, taraqqiyot darajasi yuqori davlatlarda to’plangan tajribani o’zlashtirgan, bozor iqtisodiyotini barcha zamonaviy sohalarini, ya’ni tadbirkorlik, menejment, marketing, bank ishi, soliq solishni va boshqalarni biluvchi mutaxassis bo’lmog’i kerak. So’z asosan keng armiyadagi ishbilarmon odamlar - mutaxassislar, o’ta yuqori darajadagi kasb egalari haqida bormoqda. Uchinchi guruh belgilari - bu sheriklarga nisbatan tartiblilik, to’g’rilik, yulg’ichlikni yo’qligi, obru haqida g’amxo’rlik, madaniyatlilik, ziyolilikdan iborat. Bu guruh belgilarining mazmuni shundaki, zamonaviy, madaniy taraqqiyotli biznesda iqtisodiy operatsiyalarda tartiblilikni o’ta zarur, o’z-o’zidan kerakli bo’lgan sifat deb qaraladi. Qoidaga binoan haqiqiy bizneschi yoki tadbirkor o’zi so’ziga xiyonat qilmaslikka xarakat qiladi. Bitimning tuzilishi uchun uning og’zaki roziligi yetarli hisoblanadi. Bu nooshkor qonunni buzganlarni katta noxo’shliklar kutadi. Ko’plab shirkat, kichik va sherikchilik korxonalarini tartiblikdan ancha yiroq bo’lgan shaxslar tomonidan, (katta daromad olish uchun intiluvchi) mehnat bilan emas, balki turli nayrangbozliklar va aldashlar hisobiga katta daromad olish niyatida bunyod etiladi. Bunday korxonalarning hayotiy davri (tsikli) uzoq bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi davr jamiyatda ijobiy yo’nalishga ega odamlar faoliyati birinchi qatroga chiqarilmoqda. To’rtinchi guruh belgilari - bu bozor iqtisodi taraqqiyotida muhim ijtimoiy rol o’ynaydigan tafsifdir. Ular yuqorida ko’rib chiqilgan tavsiflarga yaqinlashib keladi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish xalqni, insonni farovonligini tiklash va yaxshilash uchun zarur. Shunga binoan inson omili bevosita barcha amaliy xarakatlarda birga bo’lmog’i kerak. Bozor iqtisodiyoti shakllangan va taraqqiy topgan davlatlar tajribasi shu haqida so’z yuritadiki, ular bu kabi tizimga yoki unga yaqin bo’lganiga egalik qiladilar, ularning asosiy belgilari: ijtimoiy haqlik, uning a’zolarini tengligi va ishbilarmon odamlarni o’z vatandoshlariga g’amxo’rligi va hokazolardan iborat. Haqiqiy tadbirkor ishbilarmonlik olamida faqat o’ta yuqori daromad haqida g’amxo’rlik qilmasdan, balki ishni yaxshi sifati va uning korxonasidagi mehnatkashlarni farovonligi haqida o’ylashi zarur. Biz ko’rib chiqqan menejment uslubini tavsifi birdaniga, qisqa vaqtda o’z shakliga kelmaydi, buning uchun maxsus yangi kadarlarni tayyorlash zarur. Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling