Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi -


Download 110.93 Kb.
bet3/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi -
boshqaruv apparati, barcha rahbar va
mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning har bir vazifasi o’ziga
xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga mos usullarni talab etadi. Nazariy jihatdan boshqaruv
apparatining umumiy uslubi alohida boshqaruv tashkilotlari uslublari yig’indisidan iborat bo’lishi
kerak. Lekin amalda alohida tashkilotlarning turli uslublari o’zaro birlashib, bir-birini boyitadi va
natijada, butun boshqaruv apparatiga xos bo’lgan o’ziga xos boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Zamonaviy uslub
jamoaning har bir a’zosi oldiga katta talab qo’yadi va shu bilan birga o’z-
o’zidan mamnun bo’lish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor qiladi.
Uslub 
ijtimoiy
rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida
shakllanadi va boshqaruv malakasi yig’indisi kishilarni tashkil etish ko’nikmasi, shuningdek,
shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va, nihoyat,
uslub 
boshqaruv xodimlarining ruxiy va
psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, qat’iylik va qo’rqmaslik, boshqa kishilar faoliyatini yo’naltira
olish kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari rahbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, qayishqoqlik,
ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Ish uslubi 
- bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish masqadida biror-bir organning
yoki rahbarning bo’ysunuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari
majmuidir. Masalan:
• mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi;
• sud, prokuraturaning ish uslubi;
• korxona, tsexlarning ish uslubi;
• ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida
turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. SHu nuqtai-nazardan ish uslubi
g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling