Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Inson resurslarini boshqarish usullari
Download 110.93 Kb.
|
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org
3.
Inson resurslarini boshqarish usullari. Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini uyg’otish uchun ta’sir ko’rsatishdan iborat. Keng ma’noda, bu yerda insonlarning o’zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko’rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar yig’indisi nazarda tutiladi. 1 Korxonani boshqarish o’z ichiga uch jihatni oladi: “Kim kimni” boshqaradi? (institutsionalli jihat). Bu jihat boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog’liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko’rsatadi (funktsional aspekt). Bu jihat, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruv vazifalari va shuningdek, menejerlar faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko’rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrumentli aspekt). Bu jihat menejerlar o’z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv instrumentlari)ga taalluqli. Boshqaruv jarayonida etika masalalari ham alohida o’rin egallaydi. Menejerlar “tadbirkor” organi nomidan va uning topshirig’i bilan faoliyat yuritgani uchun boshqarishning ma’naviy o’lchovlari tadbirkorlik etikasidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ular boshqaruvchilarning shaxsiy sifatlari, shuningdek, barcha menejerlarning ishlab chiqarishdan tashqari etika kodekslari bilan aniqlanadi. Davosda (1973 yil fevralda) menejment bo’yicha uchinchi Yevropa simpoziumining oxirgi kunida korxona menejerlarining “xulq etikasi” kodeksi loyihasi taklif qilindi. U quyidagilarni ifodalaydi: Menejerning professional vazifasi mijozlarga, kasbdoshlarga, sarmoyadorlarga va jamiyatga xizmat qilish, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan qiziqishlarni murosaga keltirish hisoblanadi. 1. Menejer mijozlarga xizmat qilishi kerak. U mijozlar ehtiyojini eng yaxshi tarzda qondirishi kerak. Uning xatti-harakatlari korxonalar o’rtasidagi bahoni maksimal darajada pasaytirish, mahsulotning sifati va xilma-xilligini ta’minlovchi teng musobakaga qaratilishi kerak. 2.Raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarga yangi g’oyalar va texnologik yangiliklarni joriy qilishga harakat qilishi zarur. 1 Abduraxmonov Q.X. va b. Personalni boshqarish: O’quv qo’llanma.- T., 2006. -160 b. 3.Menejer kasbdoshlarga xizmat qilishi darkor, ularning qiziqishlari bir vaqtda e’tiborga olinganida u faqat shundagina kasbdoshlari tomonidan qabul qilinadi. 4.Menejer kapital qo’yuvchilarga xizmat qilishi lozim. U kapital qo’yilmalarning davlat zayom ssudalari daromad foizidan yuqori daromadini ta’minlashi kerak. Bu nisbatan yuqori daromad katta tavakkalchilikni mukofotlash uchun zarur. Korxona menejeri kapital kirituvchining vasiysi hisoblanadi. 5. Korxona menejerining mijozlarga, kasbdoshlarga, kapital qo’yuvchilarga (sarmoyadorlarga) va jamiyatga xizmat qilishi korxonaning uzoq muddat yashashi ta’minlanganidagina mumkin bo’ladi. Buning uchun korxonaning yetarli daromadlar olishi zarur. Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling