baholash boshqaruv personali faoliyatini tashkil etishning ajralmas tarkibiy xususiyatidir. Bu qator
boshqaruv vazifalarini hal etishga ko’maklashadi. Jumladan, baholash
orqali kompaniya yoki firma
rahbariyati qaysi xodimning ish haqini oshirish, kimni yuqoriroq lavozimga ko’garish, kimnidir esa ishdan
bo’shatish lozimligini aniqlaydi. Zamonaviy baholashning tegishli dasturlari mavjudligi, uning oshkoraligi
personal tashabbuskorligini va mas’uliyatini oshirish, yanada yaxshiroq mehnat qilishga rag’batlantirishga
xizmat qiladi. Ob’ektiv baholash personalni xizmat lavozimini o’zgartirish,
mukofotlash yoki ishdan
bo’shatish uchun huquqiy asos vazifasini o’taydi. Ayni vaqtda u xodimlarni ishga yollash, mehnatga haq
to’lash va rag’batlantirish masalalarini hal qilishda qo’l keladi.
Bugungi kunda boshqaruv xodimlarini kasb va malaka, amaliy va shaxsiy sifatlarini ob’ektiv ravishda
baholash personal bilan ishlashning eng muhim tamoyillaridan biridir. Menejment bo’yicha mutaxassislarning
fikriga ko’ra, har bir
Do'stlaringiz bilan baham: