—
o’z–o’zini baholash.
Ushbu yondashishlardan
eng asosiysi
xodimning rahbar tomonidan baholanishi hisoblanadi. SHuningdek,
baholashni turli uslublarini birgalikda qo’llash orqali (masalan, rahbarning o’z xodimini baholashi natijalarini
baholanuvchiga bo’ysunuvchi xodimlar yoki uning hamkasblari tomonidan baholanishi bilan taqqoslanishi) ham
amalga oshirish mumkin.
Boshqaruv xodimlari faoliyatini ob’ektiv baholash uchun
sifat mezonlarini belgilash
bilan bir qatorda,
miqdor ko’rsatkichlari
hisobga olinishi ham juda muhimdir.
Baholashniig sifat uslublari.
Odatda bu uslublarga baholanuvchining tarjimai holi, amaliy tavsiyanomasi
(xarakteristikasi), maxsus og’zaki so’rovlar o’tkazish, etalon, shuningdek
muhokama qilish orqali
baholash kiradi. Masalan, baholash to’g’ri tashkil etilsa hamda amaliy tavsifnomada xodim to’g’risida
nafaqat
rahbarning, balki turli jamoat tashkilotlari baholari
aks etishi hisobga olinsa, baholanish ob’ektiv
bo’lishiga ishonish mumkin. Umuman, tarjimai hol bayoni, og’zaki so’rovlar va
yozmatavsifnomalar olish
ko’proq personalni
ishga qabul qilishda, etalon va muhokama qilish uslublari
esa rahbarlik lavozimiga
tayinlashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: