Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Download 110.93 Kb.
|
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy usulda
- Guruhiy usul
amaliyot bilan sinash
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ayondir. Rahbarlik lavozimiga nomzodni amaliyotda quyidagicha sinash mumkin: — rahbarlik vazifasini vaqtincha bajarishga jalb etish; — stajirovka. Bunday hollarda ham nomzod ish natijalarini ob’ektiv baholashni talab etadi. Bu ekspert baholashi orqali amalga oshiriladi. Ana shu holda eng avvalo ekspert sifatida mazkur sohaning g’oyat malakali va tajribali mutaxassislari tanlanishi muhimdir. Ekspert baholashni amalga oshirishda shaxsiy va guruhiy usuldan foydalanish mumkin. Shaxsiy usulda har bir ekspert bahosini, o’z nomini oshkor qilmay qo’yadi, so’ng barcha ekspertlarning shaxsiy nomlari e’lon qilinmagan holda baholari qo’shilib, umumiy ekspert bahosi chiqariladi. Bu usul keng tarqalgan va juda samarali hisoblanadi. Guruhiy usul ekspertlarning birgalikda ish olib borishiga va ekspert bahosi butun guruh tomonidan qo’yilishiga asoslangan. Bunda har bir ekspert boshqa ekspertlar bahosi bilan tanishtiriladi so’ng bu ekspert guruhdagi boshqa ekspertlar bahosiga asoslangan holda o’z bahosini qo’yadi. Tabiiyki, bu holda baho qo’ygan ekspert nomini sir saqlash imkoni bo’lmaydi. Kompaniya va firmalarda ekspert komissiyalari a’zolarini (odatda ular soni 3–5 ta, eng ko’pi bilan 7 ta bo’ladi) tanlashni personal bilan ishlash xizmati rahbari amalga oshiradi, Komissiya tarkibi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Baholash anketa vositasi orqali amalga oshiriladi. Anketa maxsus ishlab chiqilgan savolnomadan iborat bo’lib, u yoki bu mutaxassis, rahbar ega bo’lishi lozim bo’lgan sifatlarni aniqlashga mo’ljallangan. Bu sifatlar mutaxassis faoliyati, rahbar egallab turgan lavozimga oid masalalarni qamrab oladi. Ekspert komissiyasi faoliyati baholanadigan xodim ish natijalarini o’rganib chiqqanidan so’ng, anketaga kiritiladigan savollarni hamda javoblarii baholash mezonlarini tasdiqlaydi. Masalan, anketaga baholanadigan 10 ta sifat kiritilgan bo’lsa va har bir sifat 10 balli tizimda baholansa, bu quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Betakror ish usullarini izlab topish va ularii ishlab chiqarishga joriy etish qobiliyati – 10 ball. 2. Jamoada qulay ma’naviy–psixologik muhit yarata olishi – 9 ball. 3. Vaziyatni tezkorlik bilan baholay olish va muvaffaqiyatli qaror qabul qilish qobiliyati – 8 ball. 4. Kasbiy o’sish va malaka oshirishga intilishi – 7 ball. 5. Intizomliligi – 6 ball. 6. Tashabbuskorligi – 5 ball. 7. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlari – 4 ball. 8. Ishga qiziqishi – 3 ball. 9. O’zaro do’stona munosabatlar o’rnatishga moyilligi – 2 ball. 10.Turdosh ixtisosliklarni egallashga qiziqishi – 1 ball. Baholanayotgan sifatlar muhimligiga qarab joylashtiriladi. Baholar ham ana shu sifatlar joylashishiga qarab qo’yiladi. Bunda birinchi baho Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling