Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


Download 110.93 Kb.
bet18/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

Xoleriklar 
— ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar bo’lib,
ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini



yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi


bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va
boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda
turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq
kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulut shifokor
melanxoliklar 
deb atagan. qadimgi yunonlarda
“melanxolik” so’zi “qora safro” degan ma’noni biddirgan.
Melanxoliklar: o’ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega; tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan;
tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; nihoyatda arazchan; juda oz kuladigan; faolligi sust, tortinchoq,
kamg’ayrat; arzimagan sabablarga ko’zlaridan yosh oqib ketaveradigan; yangi xodimlar bilan
qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar
ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular o’zlarini panaga olib turishadi.
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak.
“Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli
lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli
ma’lumotlar berilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur
bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin (28-jadval).

28-jadval 
Rahbarga qo’yiladigan talablar 

Talablar
Izoh
1
Ma’naviy yetuklik

siyosiy yetuklik

huquqiy yetuklik

axlohiy yetuklik

yuqori saviya va ong

ma’rifatchilik

madaniyatlilik

xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik

topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik,
vyuqdonlilik shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga

bo’ysundirishga qodirlik

kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli

bo’lish

tashabbus va ilgorlikni qullab-quvvatlash qo-

biliyati printsipiallik

tanqidga chidamli bo’lish, o’z-o’zini tanqid qila

bilish
2
Intizom
va
mehnatga bo’lgan
munosabat
• mehnatsevarlik
• jamoa o’rtasida ishizomni yo’lga qo’ya bilish
• atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish
Bir 
noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar takdirining bedaxl
qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan
murosa qilib bo’lmaydi.
3
Bilim darajasi

iqtisodiyotni bilish

texnika va texnologiyani bilish

boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish

istiqbolni bilishga qodirligi va h.k.

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling