Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


boshqarishiing tashkiliy-ma’muriy metodlaridan


Download 110.93 Kb.
bet5/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

boshqarishiing tashkiliy-ma’muriy metodlaridan 
ham rahbarlar turlicha foydalanadi. Bular bo’lmasa ham buyruq chiqarish va aksincha, boshqarish
funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli bajarish mumkin.
Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va amaliy nazorat
o’rnatish ham mumkin.
Shunday qilib, muayyan metodlarni amalga oshirishga har xil rahbarlar o’z indivudual uslubi
bilan yondoshadi.
Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay individual asosga ega deb qarash noto’g’ri bo’lur
edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan yagona talablar,
jamoadagi sotsial-ruhiy muhitda, yuqori rahbarlarning boshqarishda qo’llaniladigan usullari kabi
ko’pgina ob’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik
uslubining sub’ektiv va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi.
Sub’ektiv unsurlar 
rahbarning:
• ishchanlik va shaxsiy sifatlari;
• mijozi, qobiliyati va qiziqishi;
• bilimi, ko’nikmasi va mahorati;
• tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon bo’ladi.
Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni
ko’rsatadiki, bunda birinchi o’rinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his
qilish, halollik, vijdonlilik, kishilarga nisbatan mexribonlik va e’tibor bilan munosabatda bo’lish
turadi. Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qilish qobiliyati, shaxsan intizomli bo’lish,
mehnatsevarlik, tashkilotchilik, jamoada intizomni yo’lga qo’yish va saqlay bilish qobiliyati juda
yuksak baholanadi.
Rahbarlik uslubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha
rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin (25-jadval).
25-jadval
Rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarning turlarga ajratilishi 

Rahbarlik turlari
Izoh
1.
Avtokratik rahbarlar
* Bunday turdagi rahbar:

buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki
rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

o’zini jamoadan uzoq tutadi, jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo’lishini
chegaralab qo’yadi;

o’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

o’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni
yaxshi ko’radi;

muttasil buyruq berishga, hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga
intiladi;

ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysunuvchilari bilan muomalada
bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;

o’ziga bo’ysunuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.
Xulaas, avtokratik rahbar o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va
imkoniyataariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan
kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qaasa, o’sha yerda dag’allik, takabburlik,
tayziq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtakratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba’zi
bir hollarda bo’ysunuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli
avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qalishi mumkin.
2.
Liberal rahbar
* Bunday turdagi rahbar:

irodasiz, tashabbussiz bo’ladi;




o’z zimmasiga masuliyat olishni yoqtirmaydi;



ishni o’z holiga tashlab qo’yadi;

idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi;

o’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

talabchan emas, sust nazorat qiladi;

suiiste’mollikka bevosita yo’l qo’ymasa ham o’zini bilmaslikka soladi.
Bunday rahbar tashqaridan ko’rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko’zga
tashlanib turadi.
3.
Demokratik rahbar
* Bunday turdagi rahbar:

boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan
fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga
oladi;

barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini
bildirmaydi;

buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish usulida ish tutadi;

bo’ysunuvchilarning shixsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi
va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi
har xil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish
vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar
haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo’ysunuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib
muomala qilishi kerak.
Har bir boshqaruv uslubning samaradorligini baholash uchun amerikalik olim L.Laykert
quyidagi koeffitsientni hisoblashni taklif qilgan:
𝐾
𝑙𝑖𝑘
=
∑ 𝐼𝑈
∑ 𝑀𝐾𝑈
Bu yerda: K
lik
– avtokratik-liberallik koeefitsenti;
∑ 𝐼𝑈
- rahbarlik uslubidagi ishontirish usullari yig’indisi;
∑ 𝑀𝐾𝑈
- rahbarlik uslubidagi majbur qilish usullari yig’indisi;
R. Laykertning fikricha, boshqaruv samaradorligi koeffitsienti 1,9 ni tashkil qilishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish
unsurlaridan taxminan ikki baravar ko’proq qo’llangandagina uning rahbarlik uslubi optimal,
maqsadga muvofiq, samarali bo’lgan hisoblanadi.
Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funktsiyalarini bajarishdagi va
ijtimoiy munosabatlardagi o’ziga xos xususiyatlarni quyidagi jadvalda umumlashtirib ko’rsatish
mumkin (26-jadval).

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling