amortizatsiya me’yorlari, mahsulotning hisoblangan bahosi, foyda me’yori, rentabellik me’yori,
fondlar uchun to’lovlar, byudjetga to’lovlar, iqtisodiy rag’batlantirish me’yorlari kiradi.
Tashkiliy me’yorlar
tashkilot
tarkibini, alohida bo’linma va shaxslar faoliyati tarkibi va
tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish
jarayonini belgilaydi.
Texnikaviy me’yorlar
korxonaning va uning bo’linmalarining boshqaruv uchun zarur
uskuna, texnika
va transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi.
Estetik talablar va me’yorlar
ham boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan texnika vositalari
va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o’rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.
Shaxsiy madaniyati
. Bajaradigan ishi bo’yicha
malaka darajasi, etik tarbiyasi, shaxsiy
ozodaligi, tashqi ko’rinishi, bo’ysunuvchilar
bilan muomala formasi;
Ish o’rnini saqlash madaniyati
. Ish o’rnida kerakli hujjatlarni bo’lishi.
Ish vaqtini ratsional taqsimlanishi
. Boshqaruvchi
aniq nima qilishi lozimligini, qaysi
muddatlarda qilishi va unga qancha vaqt sarflanishini bilishi kerak. U shaxsiy ishini quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha rejalashtirishi
lozim hujjatlar bilan ishlash; kadrlar bilan ishlash; ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarni hal qilish bilishi; kommunikatsiya masalalarini hal qilishi; yig’ilish o’tkazish,
gaplashish va x.k.
Mijozlar va boshqa shaxslar bilan ishlash madaniyati.
Xatlar albatta o’z
vaqtida qayd
etilishi, ularni ko’rib chiqish muddatini aniqlanishini, ularni har biriga o’z vaqtida javob berish va
to’g’ri tushunishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: