Reja: Menejment fani predmeti va vazifalari


Download 257.48 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi257.48 Kb.
#1132478
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ta\'lim menejment


1-Mavzu: “Menejment” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari.
Reja:
1. Menejment fani predmeti va vazifalari
2. Menejment nazariyalarining rivojlanish bosqichlari
3. Ta’lim menejmenti fani predmet va uning ta’lim muassasalarini boshqarishdagi o‘rni.


1. Menejment fani predmeti va vazifalari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash kup jixatdan zamon talablariga javob beradigan raxbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Bugungi sharoitida rahbarlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o‘rin tutadi. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari o‘zok vaqt davom etib kelayotgan tarixiy davrlar bilan izohdanadi, menejment aloxida mustaqil fan sifatida XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida shakllandi.
Menejment - inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida boshqaruvni tashkil etish, rahbarlik qilish ma’nolarini anglatadi.
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik kilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat kursatayotgan insonlarning hatti-harakatlarini, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi.
Menejment eng avvalo insonlarni boshqaradi, ularni o‘z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mexnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish, sohalar buyicha bilim, kunikma va malakalarni egallashiga kumaklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarni faoliyatini boshqarish demakdir.
Bexato, [26.01.2023 12:00]
Boshqa fanlar qatori Menejment fani ham o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga ega.
Uning predmeti xo‘jalik yuritashning barcha bug‘inlarida boshqarishni tashkil etish uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat.
Menejment fani ijtamoiy-iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etuvchi iqtisodiy nazariya bilan uzviy bog‘langan holda kun sayin insonlar ehtiyoji va ularning faolligi ortib borayotganligi sababli sosiologiya, pedagogika va psixologiya fanlari, shuningdek, statistika, buxgalteriya xisobi, moliya va kredit, mehnat iqtisodiyoti, makro va mikro iqtisodiyot va boshqa fanlar bilan ham uzviy bog‘liq.
Menejment fani ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib borib maqsad va vazifalariga, xizmat qilish sohalariga ko‘ra bir necha turlarga bulinadi: amaliy menejment, innovasion menejment, strategik menejment, marketing menejmenti, moliya menejmenti, ma’muriy menejment, ta’lim menejmentlarini menejment fanining shoxobchalari deb atashimiz mumkin.
Mutaxassislarning fikriga kura, umumiy menejment barcha xujalik yuritish tizimi uchun taalluqli bo‘lib, amaliy, innovasion va strategik menejmentni o‘z ichiga oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv sohalariga taalluqli bo‘lib, innovasion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategik menej¬ment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yunaltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir.
Menejment fani - bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarishda, shuningdek, korxona va muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilishni urgatuvchi fan bo‘lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Menejment fan sifatida qo‘yidagilarni urganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- rahbar madaniyati;
- rahbar va lider, ularning fazilatlari;
- rahbar reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funksiyalari;
- o‘z-o‘zini boshqarish va hokazalar.
Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo‘lib, boshqaruvchi tizim ichidagi munosabatlarni, uning rirojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini o‘rganadi, ya’ni turli soha tashkilotlari ma’muriyati faoliyatlarini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, hamda rahbarlikni oqilona uyushtirish usullarini o‘rganadi.
Ma’muriy menejmentning asosiy maqsadi - tashkilot ma’muriyati rivojlanishida uyg‘unlikni ta’minlashdan, ya’ni tashkilotning barcha ichki va tashqi elementlari faoliyatining samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlashdan iboratdir. Ma’muriy menejmentning asosiy sub’yektlari - ma’muriy boshqarish apparatlari, ularning bo‘g‘inlari va turli pogonadagi rahbarlar va xodimlar bo‘lib, ularning har biri tegishli vazifalarga, vakolatlarga va mas’uliyatlarga ega bo‘ladi.
Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos asoslangan boshkaruv:
- raxbar
-pedagogik jamoa
-ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin:
birinchi pog‘ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog‘ona - o‘quvchilar faoliyatini boshqarish.
Ta’lim menejmentining asosiy maksadi - ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlarini nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, boshqaruv mas’uliyati va madaniyati, boshqaruv funksiyalari va metodlari, boshqarishning qonun-qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasasi rahbarlarining vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda

Bexato, [26.01.2023 12:00]


axborot va kommunikasiya, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish nazariyalarini tadqiq etadi.

Bexato, [26.01.2023 12:00]


2. Menejment nazariyalarining rivojlanish bosqichlari

Menejment fanining shakllanish davriga qadar, insoniyat paydo bulgan davrdan boshlab, insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat kursatganlar. Ular hayotiy extiyojlarni qondirish maqsadida mexnat kilishgan va farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan, shu davrlardayoq boshqarishga muhtojlik vujudga kelgan, ularning mehnat faoliyatlari davomida uzaro munosabatlar shakllanib borgan, mazkur jarayonlarda uzaro ta’sir, munosabatlar, boshqarish usullari shakllanib, rivojlanib borgan bo‘lib, bu davrlarni boshqarishning amaliyot davri deb aytish mumkin.


Qadimda va ayniqsa, o‘rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyagi murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi. Turkistonda Amir Temur xukmronligi vaqtida barpo etilgan va bugungi kungacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalarining uzaro munosabatlari rasmiy tarzda shakllanganligidan va ular ma’lum bir maqsad yunalishida boshqarilganligidan dalolat beradi.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Syezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asrlarda Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bulib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida va oxirida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin usishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni faoliyatning maxsus bilimlarni talab etuvchi maxsus sohasiga aylantiradi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usularini izlashga olib keladi. Natijada boshqaruv tug‘risidagi ilm, fan vujudga kelgan.
F.Teylor (1856-1915) menejmentni o‘rganishga kirishgan birinchi mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirgan bo‘lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi va Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mexnatni me’yorlash asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi, amaliyotga ishchilarni tanlab olish, joylashtirish va mehnatni rag‘batlantirish ilmiy yondashuvini tatbiq qildi.
Boshqarish fanining rivojlanishi L. Shilbert nomi bilan ham bog‘liq, u mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar utkazib, ish joyini tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar.
Boshqaruv nazariyalari asoschilaridan biri A. Fayol boshqa¬rish jarayonining 5ta asosiy funksiyalari:
-rejalashtirish,
- tashkil qilish,
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish,
- rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib kursatadi. A. Fayol tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarning moxiyati qo‘yidagicha: mehnat taqsimoti; hokimiyat mas’uliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo‘ysunishi; mehnatni rag‘batlantirishniig markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi menejerlarning ishini muvofiqlashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar qat’iyligi; tashabbus.
E.Meyo “inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U ishchilar guruxi uz nazorat tizimiga ega bulgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin, deb hisoblagan edi. Uning fikri bo‘yicha tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi.
XX asrning 60-80-yillarida Gʻarbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Gʻarb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini kurib chiqishgan; bir kancha uzgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o‘rganishgan. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda qo‘yidagi to‘rtga: tizimli, vaziyatli, funksional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan.
P.M.Kerjensev (1881-1940) boshqaruv yunalishida juda katga ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga osh

Bexato, [26.01.2023 12:00]


irgan bulib, uning boshqarish buyicha “Mexnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yunalishida darsliklarni yozishda asos qilib olingan.

Bexato, [26.01.2023 12:00]


1950 yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchayadi va normativ buyicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil kilish”, "Boshqarish” kafedralari va fakultetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qita boshlangan’.
Menejment nazariyalarining rivojlanish tarixi rejalashtirish, tashqil qilish, kadrlar tanlash, boshqarish va nazorat qilish kabi boshqaruv faoliyatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida bugungi kun menejmenti shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Mamlakatimizda menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga hissa qo‘shgan akademiklar M.Sharifxo‘jayev, S.S.Gʻulomov, qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining a’zosi S.S.Gʻulomov, professorlar Sh.M.Zaynuddinov, Yo.A.Abdullayev, K.A.Abduraxmonov va bir qator olimlarning mazkur sohadagi tadqiqotlari va ilmiy ishlarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
3. Ta’lim menejmenti fani predmet iva uning ta’lim muassasalrini boshqarishdagi o‘rni.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi zamonaviy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish chuqur ildiz otib borayotgan davrda bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari:


- guruhlarda uzaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish;
- ta’lim tizimini zamonaviy axboro t texnologiyalari bilan ta’minlash;
- pedagogik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish;
- pedagogik xodimlarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ta’lim tizimini boshkaruv jarayoniga yangicha yondashuv ta’lim muassasalarida mehnat-huquqiy munosabatlar masalalaridir.
Bu nafaqat ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolarini, balki maktab rahbarlari tomonidan boshqaruvni takomillashtirish xamda uning uslublarini amaliyotga tatbiq etish va ularni ijobiy hal etish qobiliyatlarini shakllantirishni olg‘a surmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini o‘zgartirish, takomillashtirish, ya’ni boshkaruvning ma’muriy buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni takozo etmokda.
Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshkaruvning eng samarali, innovasion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yunalishida bilim, kunikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab kiladi.
Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon bulib, u rahbardan nafakat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yunalishida bilim, kunikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga xam ega bulishni talab etadi.
Ta’lim menejmenti boshqarishning maxsus qismi sifatida ta’lim muassasalari rahbarlarining faoliyatlarini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, hamda boshqaruv faoliyatini oqilona tashkil etish usullarini o‘rganadi.
Sunggi yillarda boshqaruv g‘oyalarining rivojlanishi pedagogik menejment muammolarini hal etish bilan bog‘liqdir. Kupgina ilmiy adabiyotlarda pedagogik menejment atamasi orqali maqsadga erishish xamda kuyilgan vazifalarni bajarishda insoniy, iktisodiy va samarali yullar bilan insonlarni boshqarish tushunchalari keltiriladi.
Maktabni boshqarish mazmun-moxiyatiga kura ta’limni boshkarishdan fark kiladi, chunki maktabda fakat ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirilmaydi, balki ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda ya’ni talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, nazorat kilish, taxlil kilish va baxolash, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan kurollantirish, yukori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash kabi kator boshka vazifalarni xam amalga oshirishni nazarda tutadi.

Kurinib turibdiki, ta’lim muassasalarini boshqarishda ta’lim menejmenti fanining o‘rni bekiyos bo‘lib, u rahbarlarga menejmentning asosiy tushunchalari va ularning vazifalarini, boshqaruvning maqsadi va vazifalari, zamonaviy boshqaruvning usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatadi.


“Ta’lim menejmenti” kursining bosh maqsadi zamonaviy ijtimoiy-itqtisodiy shart-sharoitlarda rahbarlik qila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, o‘larni malakasini oshirib, zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sifatlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.



Download 257.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling