Reja: Menejment fani predmeti va vazifalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni


Download 257.48 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi257.48 Kb.
#1132478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ta\'lim menejment

Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni
boshqarish tamoyillari



No

Prinsiplar

Izoh

1.

Demokratiya

  • insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi;

  • ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi;

  • barcha fuqarolarning teng huquqliligi;

  • davlat va j amiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;

  • davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi;

  • tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar.

2.

Iqtisodiy
munosabatlarni
demokratiyalash

  • monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;

  • sotsialistik musobaqadan erkin raqobatga;

  • qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;

  • davlat mulkidan mulkchilikning turli shakllariga tayangan iqtisodiyotga o’tish.

3.

Yuksak ma’naviyat

Mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish, ya’ni:

  • O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish;

  • o’zining va xalqining, vatanning qadru qimmati, or- nomusini anglab, uni himoya qilish;

  • yuksak g’oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og’ushida mehnat qilib, iste’dodi, bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir.

4.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash

  • respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlishtirish;

  • turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlash.

O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li Islom Karimovning bozor munosabatlariga o’tish yuzasidan olg’a surgan besh tamoyilga asoslanadi. Ularning mohiyati quyidagicha (2.3-jadval).




Beshta asosiy tamoyil

Ns

Tamoyillar

Tamoyillarning mohiyati

1.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi

* Iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak. U biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak; ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mufkuradan xoli qilish zarur.

2.

Davlat asosiy islohotchi

Davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar







chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etish

3.

Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi

* Qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarni hyech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi

4.

Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish

* Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o’tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim.
Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng dolzarb vazifa bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.

5.

Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma- bosqich o’tib borish.

* Bozor iqtisodiyotiga o’tish ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar” siz, ya’ni evalyusion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Qayd qilingan tamoyillar qatorida boshqarish quyidagi usullarga ham tayanadi:
“To’rt maqsad” usuli:

  • boshqaruv tartib qoidasi;

  • iqtisodiy ishlab chiqarish;

  • nou-xau ”;

  • ijtimoiy himoya.

Shu to’rt maqsadga oid miqdoriy ko’rsatkichlar belgilanib, hamma resurslar shu maqsadga erishishga yo’naltiriladi.
“7-s” tamoyili. Korxona (firma) o’z oldiga qo’ygan iqtisodiy natijaga erishish uchun quyidagi yo’nalishlarda ish olib borishni nazarda tutadi:

  • strategiya;

  • struktura;

  • tizim;

  • xodimlar tarkibi;

  • boshqaruv qoidasi;

  • boshqaruv mahorati;

  • yakuniy natijalar.

Buning uchun, eng avvalo iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishni, ularga erishish uchun lozim darajadagi ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish, resurslar bilan ta’minlash, xodimlarni tanlash, o’qitish, boshqaruvda eng samarali usul va tajribalarni qo’llash lozim bo’ladi.
“Kaban” usuli yaponlarga tegishli bo’lib, boshqaruv ilmi tarixida eng samarali hisoblanadi. U ishlab chiqarishning uzluksiz harakatini ta’minlovchi boshqaruv tizimi sifatida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydi. Shu bilan birga:

  • xodimlarni tanlash va ishga yollash mahoratini baholash;

  • attestasiyadan o ’tkazish;

  • o ’qitish va malakasini oshirish;

  • xodimlar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo ’yish;

lavozimlarni almashtirib turish (rotasiya) kabilar yapon menejmentining o ’ziga xos xususiyatlaridandi.
Bexato, [26.01.2023 12:13]
4-Mavzu.Menejmentning tashkiliy tuzilishi
Reja:
1. Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha.
2. Tashkiliy tuzilmalar turlari.
3. Tashkiliy strukturalarni loyihalashtirish.

1. Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha.


Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo‘g‘inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo‘lishi uning ish qobiliyati yuqori bo‘lishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlar qancha kam bo‘lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo‘ladi.
Boshqaruv bo‘g‘inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo‘linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo‘g‘inlar yig‘indisidir. Shu belgisiga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichli (bo‘g‘inli) bo‘ladi. Bosqichlar va bo‘g‘inlar o‘rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin. Vertikal bo‘g‘inlar rahbarlarning ularga bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xuquqli bo‘g‘in va unsurlari o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi.
Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga bo‘linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitusiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi.
Xalq xo‘jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo‘linadi. qonun chiqaruvchi oliy tashkilot - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi xaqida xisobotni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi.
Xalq xo‘jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga Davlat qo‘mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: tabiiy muhitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga rahbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil etish, narx, tariflar belgilash, xalq xo‘jaligi tarmoqlariga rahbarlik qilish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining doimiy ish yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish, fan-texnika sohasida tanlov, ko‘ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan hamkorlikda mintaqada moddiy texnikaviy ta’minotning barqaror va samarali tizimini tashkil etish, iste’molli va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni o‘rnatish, mahsulot yetkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy texnikaviy ta’minlashda ko‘mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta’minot tashkilotlari xo‘jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko‘p tarmoqli savdoni ta’minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga rahbarlik qiladilar.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo‘jalik yuritish samaradorliginiso‘m bilan nazorat etishni ta’minlaydi, shirkat va individual mehnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish bo‘yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o‘zgartir

Bexato, [26.01.2023 12:13]


adi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy rag‘batlantirish va ajratilgan mablag‘lardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish usullarini keng qo‘llashni ta’minlaydi.

Bexato, [26.01.2023 12:13]


Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to‘liq xo‘jalik xisobi va o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlashi asosiga o‘tkaziladi.
Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotlari va ularning joylardagi bo‘linmalari to‘li bandlikni, band bo‘lmagan mehnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb o‘rgatish, kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishni ta’minlaydilar.
Respublika vaziriliklari respublika xududidagi konsernlar tarmoqlarni boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo‘l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Har bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini kollegial ravishda ko‘rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo‘lib, uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar rahbarlari kiradi.
Xalq xo‘jaligi tarmog‘i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona, firma, aksioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari fan-texnika salohiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperasiyalash va uyg‘unlashtirish va uyg‘unlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo‘jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda alohida balans va xisob raqamiga ega bo‘lishi va ijara pudrati bo‘yicha, xususiy sohada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, aksionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag‘larni biriktiradi, ichki xo‘jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o‘rtasidagi munozaralarni hal etish, shuningdek, ular o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J.lari nomidan boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o‘z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘lish xuquqini beradi.
Korxonani boshqarish korxona to‘g‘risida qonunga asosan amalga oshiriladi. Bu qonunda ko‘zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning hamda uning tashkilotlari muhim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘z-o‘zini boshqarish tamoyilidir.

2. Tashkiliy tuzilmalar turlari.


Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi.


Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.



Download 257.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling