Reja: Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari tuzilishi ishlatish usullari
Download 1.39 Mb.
|
10-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.
3-rasm. Belgilash usullari: a) aylana chizish; b, e) chizg`ich, goniya yordamida chiziqlar chizish; d) kerner bilan belgilash Tekislash – qiyshaygan, notekis metall zagotovkalarining sirtini plita, bolg`a yoki to’qmoq yordamida tekislash yoki zagotovka sirtiga boshqacha geometrik shakl berishdan iborat chilangarlik operastiyasidir. Yupqa listli metall zagotovkalar qaychi bilan qirqilib, zubilo bilan kesilgandan keyin rejalashdan oldin tekislanadi. Yupqa listli metall (po’lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo’lsa, yog`och taxtacha — tekislagich bilan to’g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis va qattiq yuzaga qo’yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (4-rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to’qmoq bilan tekislanadi (4-rasm, b). a) b) 4-rasm. Zagotovkani tekislagich 5-rasm. Detal namunasi asosida va to’qmoq bilan to’g`rilash. rejalash Rejalashni andoza-detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin. Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo’yib bosib turiladi (buning uchun maxsus qisqichlardan ham foydalanish mumkin) va andozaning atrofini chizg`ich bilan aylantirib chizib chiqiladi (5-rasm). Chizma bo’yicha to’g`ri burchakli detallarni rejalash uchun avval zagotovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab rejalash amalga oshiriladi: chizg`ich bo’ylab baza belgisi ustidan chiziladi, burchaklik bo’ylab 90° li ikkinchi baza chizig`i o’tkaziladi, chizg`ich harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi Tsirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernernnng muhrasiga bolg`a bilan sekin-sekin urib yoylar va aylanalarning markazlari tushiriladi. Mana shu markazlarga rejalash stirkulining oyog`i o’rnatiladi. Rejalashda stirkulni harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan oyog`iga tushadi.
7-rasm. Sirkul bilan rejalash Rejalashdan oldin zagotovkaning changlari, iflos joylari, zanglari tozalanadi asboblarining sozligi tekshiriladi. Rejalash juda mas’uliyatli operastiya. Yasaladigan buyumning sifati rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir. Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun: - zagotovka ushlanadigan qo’l jarohatlanmasligi uchun ungaenglik kiyib olish; - soz holatdagi bolg`a va to’qmoqdan foydalanish; - chizg`ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko’z va qo’lingizni jarohatlashdan saqlash; - chizg`ichni xalatning cho’ntagiga solmaslik, u bilan o’ynashmaslik, ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim. 2 Woodwork Joints, William Fairham 2008 80-bet Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling