Reja: Миллий армиямиз фахримиз, ғуруримиз!


Download 49.3 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi49.3 Kb.
#1509097
  1   2   3   4
Bog'liq
11 milliy armiyamiz fax ru gururimiz


Mavzu: Milliy armiyamiz faxr-u gururimiz
Reja:

  1. Миллий армиямиз – фахримиз, ғуруримиз!

  2. Milliy armiya – vatanimiz xavfsizligining mustahkam poydevori

  3. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan suhbat

1. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmonlari bilan 1992 yil 14 yanvarda Respublikamiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazilgan. Ana shu tarixiy kun – 14 yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.


Ona Vatanimiz tinchligi mard, jasur, yuragida o‘ti bor o‘g‘lonlarimiz qo‘lida. Vatanimiz posbonlari yurtimiz sarhadlarini sidqidildan mustahkam himoyalab kelayotgan, o‘zini mana shu yurtning tinch-osoyishtaligi uchun fido qiladigan o‘g‘lonlarimizni har qancha e’zozlasak, ardoqlasak arziydi. Fidokor himoyachilarimiz bor ekan, yurtimiz, xalqimiz, oilamiz kelajagidan ko‘nglimizni to‘q qilsak ham bo‘laveradi.
Vatan sharafini himoya qilish, uning uchun jonini tikish, g‘ururini, faxrini Vatan iftixori deya bilguvchi, harbiy libosda, harbiy safda turib muqaddas bayroq ostida, milliy madhiyani kuylash - har bir er-yigit uchun g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. O‘zbek yigitining qaddi xuddi bayrog‘imiz singari baland bo‘lsin, qalblarida hamisha mardlik jo‘sh ursin!
2. Bugungi zamonaviy, ixcham, tez harakatlana oladigan professional armiyamiz hamda unda xizmat qilayotgan mard va jasur yigitlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Chunki, ana shunday zabardast armiya mustaqil Vatanimizning osoyishtaligini, milliy xavfsizligini, tinch va osuda hayotimizni ta’minlabgina qolmay, barqaror taraqqiyot va nurli istiqbolimizning kafolatidir.
Darhaqiqat, Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq, mamlakatimizda Qurolli kuchlarni mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Avvalo, ushbu tizimni qonun yo‘li bilan himoyalash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Dastlabki qadam Bosh Qomusimizning 52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir fuqaroning burchi” degan modda bilan qat’iy belgilab qo‘yildi. Mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, milliy xavfsizligimizni himoya qilishni kuchaytirish borasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun aynan ushbu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Mazkur hujjatda O‘zbekistonning turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmasligi, o‘zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha qat’iy pozitsiyaga ega ekani, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, mustaqil, izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqidagi prinsiplar aniq-ravshan bayon etilgan.
O‘tgan yillar davomida maqsad qilib olingan ezgu amallar bugun o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini qo‘riqlashga qodir, zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlangan professional armiya vujudga keldi. Qurolli Kuchlarni isloh qilishga qaratilgan Davlat dasturi esa milliy armiyani shakllantirish va boshqarishning sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimiga o‘tish imkonini berdi. Shu boisdan ham harbiy xizmat muddati bir yil etib belgilandi, safarbarlik-chaqiruv zaxira xizmati joriy etildi va bu jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Har qanday xavf-xatarga tayyor turish uchun qo‘shinlar moddiy-texnik negizini yaxshilash, ularni zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlash, amaliyotda xalqaro tajriba usullaridan foydalanish borasida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida harbiy xizmatga ishonch, ayniqsa yoshlarimiz orasida harbiy kasblarga qiziqish yanada ortdi.
Darhaqiqat, harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash ishlari zamon talablari darajasida amalga oshirilayotgani tahsinga sazovordir. Qo‘shinlarda shartnoma asosida xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosan ularni o‘quv-jangovar va tarbiyaviy ishlar borasidagi mahoratini oshirishga qaratilmoqda.
Milliy armiyani shakllantirishdagi yana bir muhim jihat harbiy xizmatchilar oilalarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shu ma’noda ularni uy-joy bilan ta’minlash, kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish, moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash borasida davlatimiz rahbarining alohida e’tibori tufayli amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa harbiylarga qator imkoniyat va imtiyozlar yaratmoqda.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan shaxslarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari, jumladan, oliy o‘quv yurtlariga kirishda ularga davlat tomonidan imtiyozlar belgilab qo‘yilgani, ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi harbiy xizmatning nufuzi va obro‘si yanada yuksalishida muhim omil bo‘lmoqda.
Mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida harbiylarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqin-yaqinlarga qadar mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlaydigan bunday o‘quv muassasasi yo‘q edi. Shuning uchun oliy tibbiyot o‘quv yurtlari bitiruvchilari harbiy shifokor bo‘lib ishlardi. Fuqaro va harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash jarayonida sezilarli farq bor. Negaki, harbiy shifokorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tibbiy xizmat ofitserlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida 2012 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Intellektual salohiyatga ega, ona yurtiga sadoqatli, qo‘shinlarda tibbiy xizmatni samarali tashkil etishga qodir, tibbiy xizmatning yuqori malakali ofitserlarini, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tarkibini tayyorlash, Qurolli Kuchlar tibbiy xodimlarining harbiy va kasb tayyorgarligi darajasini muntazam oshirish va ularni qayta tayyorlash, maxsus bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish harbiy-tibbiyot fakultetining asosiy vazifalari etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiyot muassasalari, Toshkent tibbiyot akademiyasining klinika va kafedralari mazkur fakultetning o‘quv bazalari hisoblanadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetining tashkil etilishi milliy armiyamizning jangovar qobiliyatini oshirishning muhim omillaridan biriga aylandi. Bu yerda yaratilgan tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash tizimi mamlakatimizning barcha harbiy qismlarini yuqori malakali va puxta tayyorgarlikka ega harbiy shifokorlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Shuni faxr va quvonch bilan ta’kidlash joizki, Vatanga, xalqiga sadoqatli ofitser, serjant va askarlardan tashkil topgan milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligining, tinch va osoyishta hayotimiz kafolatidir.
3. Muxbirlar sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning ahamiyati haqida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan suhbatlashdi.
Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Uning mazmun-mohiyatini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha joylarda qator anjumanlar oʻtkazilmoqda. Keling, suhbatimizni dastlab shundan boshlasak. Ayting-chi, Mudofaa doktrinasini yangilashga qanday zarurat tugʻilgan edi?
— 2018 yilning 9 yanvarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.
Maʼlumki, 1995 yil 30 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi qabul qilingandi. 2003 yil 3 fevralda esa mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi muhokama qilindi va maʼqullandi. Demak, shu paytgacha mudofaa sohasidagi davlat siyosati asoslari, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va qoʻllashga oid asosiy prinsiplar hamda yoʻnalishlarini tartibga soluvchi 2 ta doktrinal hujjat qabul qilingandi.
Mudofaa doktrinasini yangilashga qanday zarurat tugʻilgandi, degan savolingizga keladigan boʻlsak, avvalo, bunga Prezidentimizning 2017 yilda Vatan himoyachilariga yoʻllagan bayram tabrigidan javob topish mumkin. Jumladan, tabrikda shunday deyiladi: “Jahonda va mintaqada vaziyatning rivojlanish dinamikasini hisobga oladigan boʻlsak, vujudga keladigan xavf-xatar va tahdidlarga munosib zarba berish zarurati, shuningdek, bizning ustuvor vazifa va imkoniyatlarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta ishlab chiqishni talab etadi”.
Jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga mos holda doktrinani qayta ishlab chiqish zarurati paydo boʻldi. Xoʻsh, bu yangidan qabul qilingan Mudofaa doktrinasida qanday aks etdi?
Doktrinaning 6-bandida “Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning tizimi oʻzgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar koʻlami kengayib borayotganligi — geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga boʻlgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan, ommaviy qirgʻin qurolini qoʻllash ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va kibermakonda oʻzaro kurash kuchayganligi bilan tavsiflanadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, mintaqamizdagi vaziyatga xalqaro terrorizm, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatlar soya solib turibdi.
Xususan, qoʻshni Afgʻonistonda, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlarida xalqaro terrorchi guruhlarning faoliyati, noqonuniy qurolli tuzilmalar mintaqa xavfsizligiga alohida taʼsir koʻrsatmoqda. Mazkur omil harbiy sohada mamlakat xavfsizligini taʼminlashga doir prinsiplar va yondashuvlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi. Shunday ekan, mamlakat milliy manfaatlari, jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, harbiy sohada xavfsizlikka tahdidlar darajasi, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqib, Mudofaa doktrinamiz qaytadan qabul qilindi.
Qolaversa, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqligi, eng asosiysi, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona va amaliy munosabatlarning rivojlanayotgani kabi muhim omillarga, Vatanimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini taʼminlashdek ustuvor vazifalarga tayangan holda, mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, doktrinamiz birinchi marta toʻliq ochiq eʼlon qilindi. Bu esa mudofaa siyosatimiz ochiqligining tasdigʻidir.
Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida keyingi ikki yilda juda katta islohotlar amalga oshirildi. Masalan, har bir hududda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Bu amalda nima beradi?
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Milliy armiyamiz — bizning iftixorimiz va gʻururimiz” tamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va xalqning birligini taʼminlash maqsadida harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Mazkur sektorlar armiya bilan mahalliy hokimiyat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi, hududiy mudofaa masalalarini yechishda hal qiluvchi organ boʻlib xizmat qilmoqda.
Mudofaa sohasida amalga oshiri¬layotgan islohotlarning ulkan samara berishida, jumladan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qoʻshinlar kundalik faoliyatini samarali tashkillashtirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda harbiy shaharcha va poligonlarning infratuzilmasini rivojlantirish borasida harbiy-maʼmuriy sektorlar qoʻshilma va harbiy qism komandirlariga yaqindan koʻmaklashmoqda.
Bugun harbiy-maʼmuriy sektorlarning tashkil etilishi mahalliy hokimiyat idoralarining masʼuliyatini oshirdi, ularning mudofaa masalalariga dunyoqarashini keskin oʻzgartirdi. Oʻz navbatida, harbiy qismlarni oʻz qobigʻidan chiqarib, ofitser va serjant, askarlarning jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratdi. Rasmiyatchilik yoʻqolib, muammolarning amaliy yechimlari topilmoqda.

Download 49.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling