Reja: Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi
Download 122.51 Kb.
|
Mustaqil O\'zbekistonda hokimiyatlar bo\'linishi prinsipi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP)
Xalq demokratik partiyasi1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurul-toyida tashkil topgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP 1991- yil 15- noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. 400 mingdan ko‘proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yildagi qarori bilan XDPning 32 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston XDPning “O‘zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va „Muloqot“ jurnali nashr etilmoqda.
1995-yil 18 fevralda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18- fevralda “Adolat” SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yildagi qarori bilan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 19 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. Partiya fraksiyasi “Adolat” SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston “Adolat” SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 17 -5 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri - Download 122.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling