Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy
2.8. Nominal va real YAIM
Iqtisodiyotda mavjud bо‗lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu kо‗rsatkich dinamikasi bir vaqtning о‗zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining о‗zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning о‗zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi о‗zgarishi ta‘sir kо‗rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy kо‗rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qо‗yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib kо‗rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal kо‗rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real kо‗rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli о‗laroq milliy iqtisodiyotda juda kо‗p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining о‗zgarishi koeffitsiyenti (baholar indeksi) hisoblab topilib, olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: - deflyator (Paashe indeksi); - iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); - sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflyator kо‗rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblanadi: Q i 1 P i 1 Deflyator = ------------- 100 Q i 1 P i 0 Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni; Q i 1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona kо‗ylak va h.k); P i 1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; P i 0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. Deflyatorni hisoblash shartlari: - odatda о‗tgan yilga nisbatan hisoblanadi; - bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda о‗zgartirilishi mumkin; - bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari о‗rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari о‗rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling