Reja: Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi
Respublika qishloq xo`jaligining malakat iqtisodiyotidagi o`rni
Download 137.13 Kb.
|
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti
Respublika qishloq xo`jaligining malakat iqtisodiyotidagi o`rni
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i hisoblanib, yildan yilga uning ulushi kamayib bormoqda. Bu borada shuni ta`kidlash lozimki 2000-2004 yillarda qishloq xo`jaligida barqaror qsish yuz berdi. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning, xizmat ko`rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib borishi tufayligina qishloq xo`jaligining ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal o`sib borgan sari unda qishloq xo`jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada rivojlangan sanoatlashgan, xizmat ko`rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga aylanishimiz ta`minlanadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan qishloq ho`jaligining rivojlanish darajasiga bog`liq. Chunki qishloq ho`jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo`lib, u quyidagi funksiyalarni bajaradi: mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi; yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta`minlaydi; qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun hom ashyo yetkazib beradi; aholini ish joylari bilan ta`minlaydi. O`zbekiston Respublikasi qishloq ho`jaligi o`simlikchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. O`simlikchilik tarmog`ida paxta, donli ekinlar (asosan bug`doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o`simlik yog`i beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog`dorchiik va uzumchilikdan iborat. Chorvachilikda qoramolchilik, qo`y va echkichilik, parrandachilik, otchilik (yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho`chqachilik tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq xo`jaligida pillachilik, asalarichilik va baliqchilik sohalari ham yaxshi rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 mln. bosh qoramol, 11,1 mln. bosh qo`y va echkilar bor. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 137.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling