Reja: Mineral o`g’itlar turlari to`g’risida ma`lumot
Download 142.87 Kb.
|
8- ma\'ruza
MAVZU № 8. MINERAL O`G’ITLAR TEXNOLOGIYASI Reja: 1.Mineral o`g’itlar turlari to`g’risida ma`lumot. 2. Oddiy superfosfat, qo`sh superfosfat, ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi. 3.Ammoniy selitrasi, xususiyati va ishlab chiqarish texnologiyasi. 4.Kaliy o`g’itlari to`g’risida ma`lumot. Tayanch so’zlar: organiq o’g’itlar, organomineral va bakterial o’g’itlar, sun’iy o’g’itlar, bakterial o’g’itlar, murakkabo’g’itlar, superfosfat, fosfarit uni, gips, koks, saturatorli usul, granula, donodorlik, biovosita usul, granulyatsion minora, ammiakli selitra, barbotaj, fiziologik kislotalik, Tayanch so’zlar:gips, koks, saturatorli usul, granula, donodorlik, biovosita usul, granulyatsion minora, ammiakli selitra, barbotaj, fiziologik kislotalik,xossasi, olinishi, ishlatilishi, gigroskopligi, yopishqoqligi, parchalanishi, turlari, eruvchanligi, markasi, tarkibi neytralizator, bug’latish qurilmasi, donadorlash minorasi, qaynash qatlami, isitgich Kimyo sanoatining muhim va eng asosiy vazifasi xalqning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Bu esa bevosita qishlok xo’jalik uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarishdan iboratdir. Respublikamiz xududlarida joylashgan kimyoviy korxonalar qishlok xo’jaligini kerakli o’g’itlar bilan taminlaydi. Jahon bo’yicha yiliga 150 mln. tonna mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmokda Fosfor, azot va kaliy o’simlik uchun eng zarur oziq moddalardir. O’simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildan- yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun erni o’g’itlash kerak. O’g’itlar klassifikatsiyasi O’g’itlar kelib chiqishi, ishlatilishi, tarkibi, xossalari va olinish usullariga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Kelib chiqishiga ko’ra: organiq, mineral (anorganiq), organomineral va bacterial o’g’itlarga bo’linadi. Organiq o’g’itlar tarkibidagi ozuqa elementlari, asosan, organiq birikmalar holida uchraydi (gung, torf, kishlok xujalik chiqindilari koldigi va xakozo). Mineral yoki sun’iy o’g’itlar kimyo korxonalarida maxsus ishlab chiqariladigan anorganiq birikmalardan iborat bo’lib, asosan, mineral tuzlardan tashkil topgan. Lekin bunday o’g’itlarga qisman organiq birikmalar ham kiradi, masalan, karbomid. Organo-mineral o’g’itlar — organiq hamda mineral o’g’itlar aralashmasidan iborat. Bakterial o’g’itlar — tarkibida turli bakteriyaldar bo’lib, erda ozuqa elementlarning xazm bo’ladigan formalari yigiladi. Erni o’g’itlash muddatiga ko’ra: asosan (ekish muddatidan oldin beriladi); ekish paytida beriladigan, ekinni usish davomida beriladigan (oziqlantirish maqsadida) o’g’itlarga bo’linadi. Kompleks o’g’itlar. Kompleks o’g’itlar (murakkab va aralash o’g’itlar) ular ishlatiladigan er tuprogining harakteriga va o’simliklarning turiga qarab asosiy ozuqali elementlar (azot, fosfor va kaliy) ning turli xil miqdordagi nisbatlari bilan tayyorlanadi. Kompleks o’g’itlar tarkibidagi foydali elementlar tuproqda bir tekis taksimlanadi (shu kompleks tarkibidagi o’g’itlarni aloxida-aloxida ishlatilgandagiga ko’ra) va bunday o’g’itlarni erga berishda oz vakt va kam mexnat sarf bo’ladi. Murakkab o’g’itlar. Tarkibida o’simlik uchun kerakli bir necha xil oziq modda bo’lgan o’g’itlarga murakkab o’g’itlar deyiladi. Murakkab o’g’it tarkibida ikki xil oziq modda (azot, fosfor, fosfor-kaliy, kaliy-azot va xokazo) va uch xil oziq modda (azot, fosfor, kaliy) bo’ladi. Murakkab o’g’itni Kimyoviy usulda birikma holida ishlab chiqarish ham, bir oziq moddali o’g’itlarni aralashtirish yo’li bilan ham hosil qilish mumkin. Masalan, tarkibida ikki xil oziq modda bo’lgan kaliy nitrat va ammoniy fosfat kabi tuzlarni suvda eritib, suyuq murakkab o’g’it sifatida ishlatilsa bo’ladi. O’g’it tarkibida ta’sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori kanchalik ko’p bulsa, u shunchalik kimmatbaxo hisoblanadi. Turli xil o’simliklar, tuproq, iklim va boshqa sharoitlarga asosan azot, fosfor va kaliyning turli tarkibdagi va nisbatdagi murakkab o’g’itlari talab etiladi. Bundayo o’g’itlar N:P2O5:K2O og’irlik nisbatlari bilan harakterlanadi. Masalan, 1:0,5:0,5 nisbatda azotning ozuqa birligi 1 ga teng deb kabul kilingan. Bundan tashqari murakkab o’g’itlardagi ozuqa elementlari % larda ham ifodalanadi, masalan, N:P2O5:K2O = 12:18:6 yoki 12-18-6; bu sonlarning yigindisi umumiy ta’sir etuvchi ozuqa elementlarining o’g’itdagi % miqdorini ifodalaydi. Aralash o’g’itlar. Bunday o’g’itlar oddiy o’g’itlar mexaniqaviy yo’l bilan aralashtirib hosil kilinadi. Lekin, har kanday o’g’itni ham bir-biri bilan aralashtirish mumkin bulavermaydi, chunki ular uzaro Kimyoviy reaktsiyalarga kirishib, tarkibidagi oziq elementlar erimaydigan holatga utishi mumkin. Ba’zan o’g’itlarning xossalari ham yomonlashib qoladi. Ko’pincha aralashma kompleks o’g’itlarga mikroo’g’itlar, turli qo’shimchalar-tuldirgichlar qo’shiladi. Olinayotgan oddiy o’g’itlarning nisbatini uzgartirib, bunday o’g’itlar assortimentini ko’paytirish mumkin. Bu o’g’itlarni tayyorlash texnologiyasi juda oson.Agroqimyoviy vazifaga ko’ra, o’g’itlar bevosita hamda erning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilash orqali ta’sir kiladigan o’g’itlarga bo’linadi. Ozuqa elementlarning turiga ko’ra o’g’itlar azotli, fosforli, kaliyli, magniyli, borli va shu kabi turlarga bo’linadi. Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar ko’p ishlatiladi. Tarkibidagi elementlarning ko’p- ozligiga ko’ra ular oddiy - tarkibida asosan bitta ozuqa elementi bor va kompleks - tarkibida ikki yoki uchta ozuqa elementi bor o’g’itlarga bo’linadi (ikkilamchi komplekslar - NP yoki NK va uchlamchi kompleks o’g’itlar - NPK). O’g’it tarkibidagi ozuqa elementlar miqdori ko’p bulsa, kontsentrlangan o’g’itlar deyiladi. O’g’itlar agregat holatiga ko’ra kattik, suyuq (ammak, o’g’itlarning suvdagi eritmasi va suspenziyasi), gaz holatidagi o’g’itlarga bo’linadi. O’simliklarning o’g’itlarni o’zlashtirishi o’g’itlarning eruvchanligiga, erning xususiyatiga, ya’ni birinchi navbatda tuproq eritmasidagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasiga bog’liq. O’g’itlar kuchli gigroskopik (tez nam tortuvchi) bulmasligi, uzoq muddat saqlanganda bir-biriga yopishib kolmasligi, sochiluvchan bulishi, tuproqda yaxshi turishi, shamolda uchmasligi, yomg’ir suvlarida tez yuvilib ketmasligi kabi umumiy talablarga javob berishi kerak. Bulardan tashqari kishlok xujaligida mikroo’g’itlar (bor, mis, marganets, rux, yod va shu kabilar), bakteriyali o’g’itlar ( tuproqda xayot kechiradigan ba’zi foydali bakteriyalar), zaharli ximikatlar (kishlok xujaligida o’simlik zararkunandalariga karshi ko’rashishda insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar) ham ishlatiladi. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 - rangsiz kristall modda (zichligi 1769 kg/m3), tarkibida 21,21% azot bo’ladi. 3500C dan yuqori haroratda qizdirilganda ammiak va sulfat kislotaga parchalanadi. 1000C nordon tuz hosil qilish bilan dissotsiyalanish boshlanadi; (NH4)2 SO4 ustidagi NH3 ning bosimi 2050 C haroratda 0,067 kPa ni, 3000C da 6,772 kPa ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat suvda yaxshi eriydi. U kristallogidratlar hosil kilmaydi va uning eruvchanligi harorat ortishi bilan sezilarli uzgarmaydi. Ammoniy sulfat gigroskopikligi va yopishkokligi kam bo’lgan o’g’it bo’lib, uni ishlatishda kiynchilik tugdirmaydi. Kamchiligi o’g’itning tarkibida azot miqdorining ozligi va fiziologik kislotaliligining yuqoriligidir. Uning qo’llanilishi natijasida tuproq sulfat kislotasi to’planishi va buni neytrallash uchun davriy ravishda oxaklash zarurati kelib chiqadi. Ammoniy sulfat gipsdan quyidagicha olinadi. CaS04 + (NN4)2SOz = (NH4)2SO4+ CaSO3 yoki ammoniy karbonat urniga ammiak va SO2 ishlatilishi mumkin. CaS0 4 + 2NH 3 + C0 2 + H 2 0 = (NH 4 ) 2 SO 4 + CaCO 3 Bundan tashqari kapralaktam ishlab chiqarishda chiqindilardan (NH4)2S04 olinadi. Bunda gidroksid ammoniy sulpfatga NNz ta’sir ettiriladi. Koks gazining tarkibida NNz ning miqdori 6-14 gr/mz ni tashkil etadi, uni (NH4)2 S04 ga aylantirish uchun uch xil usuldan foydalaniladi. Bilvosita To’g’ri
YArim to’g’ri usullar
Bu usullar ichida eng ko’p qo’llaniladigani yarim to’g’ri usullaridir. Bunda gaz 25-30 0C gacha sovitilib smolalar kondensatlanadi, smolali suv distillyatsion kolonnada oxakli sut bilan qayta ishlanadi, yaoni absorbtsiyalanadi. Ajralib chiqqan NHzni H2S04 ga yuttirish barbatajli saturator yoki skrubberda amalga oshiriladi. Ammoniy sulfat ishlab chiqarishning texnologik tasviri Sanoatda ammoniy sulfat ishlab chiqarish usulining asosiy sulfat kislotasining ammiak bilan neytrallash tashkil etadi. Bu maqsadda toshko’mirni kokslash jarayonida hosil bo’ladigan gazlar aralashmasidan ajratib olingan ammiak gazi ishlatiladi. Koks gazini ammiak (va shu bilan bir vaqtda piridin asoslari)dan tozalash jarayoni ammoniy sulfat ishlab chiqarish bilan bog’langan. Sintetik ammiakdan esa boshqa turdagi yuqori kontsentratsiyali azotli o’g’itlar: ammiakli selitra, karbamid ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ammoniy sulfat donadorlangan yoki kristall holatda ishlab chiqariladi va quyidagi davlat standarti talablariga javob berishi lozim: 18.1-jadval
Ammoniy sulfat qogoz yoki polietilen qoplarda yoki vagonlarda tashiladi. Ammoniy sulfat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari. Sulfat kislotasini gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash quyidagi reaktsiyaga asoslangan: 2NH3 (g) + H2SO4 (c) = (NH4)2SO4 (k) + 274 kj. Bunda ko’p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Hosil bo’lgan issiqlik (saturator jarayonidagi) va tashqaridan gazlar bilan kiradigan issiqlik (saturatirsiz jarayonidagi) birgalikda sistemadagi suvni buglanishiga sarf bo’ladi va eritma to’yinishi hisobiga kristall holatdagi mahsulot hosil bo’ladi. Qaynoq xoldagi reaktsiya urta tuz eritmasidan mahsulotni kristallantirishni taminlash muhim ahamiyatga ega. Sulfat kislotasidagi qo’shimchalar, ayniksa, temir va ammoniy sulfatlari ammoniy sulfat kristallanishin kiyinlashtiradi. Kislotani neytrallash paytida kolloid holatda temir va aluminiy gidroksidlar cho’kadi: (Fe, AI)2 (SO4)3 + 6NH3 + H2O = 2 (Fe, AI) (OH)3 + 3 (NH4)2SO4 Bunda ammoniy sulfat kristallarining o’sishi kiyinlashadi. SHu maqsadda neytrallash jarayonini davriy reaktorlarda bosqichli o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Koks gazi ammiakidan ammoniy sulfat ishlab chiqarish. Koks gazi tarkibida 6-14 g/m3 ammiak bo’ladi. Uni uch xil bilvosita, bevosita va yarimbevosita usul bilan ammoniy sulfatga aylantirish mumkin: Bilvosita usul bo’yicha koks gazi sovutiladi, bunda undan smola kondensatlanadi va ammiak bilan to’yingan smola ustki suvi hosil bo’ladi: gazi tarkibida kolgan ammiak esa ammiakli skrubberlarda suvga yuttiriladi. Hosil kilingan ammiakli suv va smola uski suvidan disstolatsion kolonnalarda ammiak ajratib olinadi va uni sulfat kislotasiga yuttiriladi. Bu usulda katta hajmdagi jixozlar va ko’p miqdordagi energiya talab etiladi. Bilvosita usul bo’yicha ammiak gazining sulfat kislotasi eritmasi yutilishi hisobiga ammoniy sulfat hosil qilish bilan oldindan 680C gacha sovutilgan va elektrofiltrlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali o’tkaziladi. Iqtisodiy jihatdan maqbul va keng tarqalgan usul bu yarimbevosita usuldir. Bunda koks gazidagi smolani kondensatlash uchun 25-300C gacha sovutiladi. Kondensat 2 katlamga ajratiladi: quyi katlamda smola va yuqori qatlamda smola ustki suvi bo’lib, unda gaz tarkibidagi bir qism ammiak erigan bo’ladi. Smola ustki suvini distillyatsion kolonkada oxakli suv bilan ishlanadi va hosil kilingan ammiak gazi elektrfiltrlarda smoladan tozalangan koks gazi bilan birgalikda sulfat kislotasiga yuttirish uchun yuboriladi. Koks gazidagi ammiakli yuttirish barbotaj turidagi saturatorlarda (saturatorli usulda) yoki skrubberlarda (saturatorsiz usulda) amalga oshirilishi mumkin. Saturatorli usulda koks gazidagi ammiakning yuttirilishi va ammoniy sulfatning kristallantirishlishi birgina jixoz-saturatorda amalaga oshiriladi. Bu texnologik rejimni tanlash imkoniyatini chegaralydi ya’ni bir vaktda ikkala jarayon (yuttirish va kristallantirish) uchun bir xil optimal sharoit ammiakning maksimal yutilishi va ammoniy sulfat kristallarini ajratib olish uchun yirik kristallar hosil bulishini taminlash lozimdir Ko’pgina zavodlarda qo’llanilayotgan saturatorsiz usul bo’yicha yuqoridagi jarayonlar aloxida-aloxida ammiakni yuttirish saturatorlarda va ammoniy sulfatni kristallantirish esa kristalizatorlarda amalga oshiriladi. Ammoniy sulfat ishlab chiqarishning saturatorli usuli sxemasi. 1-sulfat kislotasi uchun bak; 2-koks gazi uchun kizdirgich; 3-sa-turator; 4-barboter; 5- alanuvchi eritma uchun bak; 6-kislota tutgich; 7-kristall yiggich; 8-eritma yiggich; 9- tsentrafuga; 10-kaynovchi katlamli kuritgich; 11-piridinsizlantirishgan eritma uchun rezvuar; 12-kislotali eritma uchun yiggich; 13-eritma uchun rezeruar; 14,15-markazdan kochma nasoslar. 1t ammoniy sulfat olish uchun: 0,73-0,75 t sulfat kislotasi (100% li), 0,26-0,27 t ammiak (30-35 ming m3 koks gazida bo’ladi), 100-108 Mj elektroenergiya, 8 m3 suv va 2,7-6 t bug sarf bo’ladi. Texnologik sxemadagi kristallizator va tsentrafuga urniga granulyatordan foydalanish orqali 40-45% li eritmadan donadorlangan ammoniy sulfat olish imkoniyatlari ham mavjud. Azotli o’g’itlar ammiakli, nitratli, ammoniy nitratli va amdli o’g’itlarga bo’linadi. Ammiakli o’g’itlar tarkibidagi azot NH4+ kationi (ammonif sulfat (NH4)2SO4) nitratlilari NO3- anioni (kaltsiy nitrat Sa(NO3)2 yoki natriy nitrat NaNO3) holida, ammoniy nitratlilari NH4+ kationi va NO3- anioni (ammoniy nitrat yoki ammiakli selitra NH4NO3) holida, amidlari - NH2 gruppa (karbamid SO(NH2)2) holida bo’ladi. Azotli o’g’itlarning hammasi suvda yaxshi eriydi, o’simliklar ularni oson o’zlashtiradi. Azotli o’g’itlardan eng ko’p ishlatiladigani ammiakli selitradir. Ammoniy nitrat- M (80), rangsiz, rombik kristall modda. Zichligi 1,725. Suyuqla-nish temperaturasi-169,6 0C; parchalanish temperaturasi 210 0C, suvda juda yaxshi eriydi. Ammiakli selitra bekorchi jinslarsiz yuqori kontsentratsiyali o’g’it hisoblanib, uning tarkibida azot 35 % ni tashkil etib, ammiak va nitrat holida bo’ladi. SHuning uchun ham bu o’g’it juda ko’p xil o’simliklarga har xil harakterga ega bo’lgan erlarda ishlatiladi. 3 xil navi bor: A navi - mayda kristall bo’lib, Undagi azot 34,8 % dan kam va nam 0,5 % dan ortik bulmasligi kerak; B navi - kristall sochiluvchan holatda bo’lib, undagi azot miqdori A sortdagidek bo’ladi, nam miqdori 0,8 % dan ko’p bulmasligi kerak.; V navi - donalashtirilgan va sochiluvchan holatda bo’lib, undagi azot 33,95 % dan kam bulmasligi va nam 1,5 % dan ko’p bulmasligi kerak. Ammiakli selitraning kamchiligi shundaki, u gigroskopik, tezda bir-biriga yopishib qoladi, parchalanishi tez, kuruk va chang holida portlash xossasiga ega. Uning gigroskopikligi va yopishkokligi uni donachalar holiga o’tkazish, gigroskopik bulmagan mayda birikmalar bilan upalash (masalan, oxak bilan) va kam gigroskopik tuzlar bilan qo’shib (masalan, sulfat yoki fosfat ammoniy bilan) kotishma hosil qilish yo’li bilan kamaytiriladi. YAna bir kamchiligi ammoniyli selitra portlash xususiyatiga ega. Uning portlash xususiyatini tezlashishga mineral kislotalar, tez oksidlanadigan organiq moddalar asosan kukun holatidagi metallar va boshqalar tahsir kiladi. Isitishning boshlanish davrida yahni, 110 0C da selitra endotermik parchalanadi: NH4NO3 → NH3 + HNO3 +174,4 kDj Eritmada nitrat kislotasi bo’lsa, selitrani parchalanishi avtokatalitik holatda bo’ladi. 200-2700C temperaturada ekzotermik parchalanadi: NH4NO3 → N2O + H2O + 36,8 kDj Xlor ioni selitrani parchalanishiga kuchli ta’sir qiladi. 220-230 0C temperaturada xlor ioni ta’sirida gaz holatiga o’tadi. 400-500 0C da selitrani tezda kizdirsak, parchalanish portlash bilan boradi: NH4NO3 → N2 +2H2O +0,5O2 +118 kDj Amaliy jixatdan esa 300 0C temperaturada portlaydi. Ammiakli selitra sanoatda quyidagi reaktsiya bilan olinadi: HNO3 + NH3 = NH4NO3 + Q Bu geterogen jarayon bo’lib, juda katta tezlik bilan boradi va neytrallanish vaktida ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda ana shu issiqlikdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Ko’pincha hosil kilingan eritmaning kontsentratsiyasini oshirishda ana shu issiqlikdan foydalaniladi. Kaliy o`g’itlari to`g’risida ma`lumot. Sanoat korxonalarida ishlab chikariladigan va er ostidan kazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortik qismi) mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sulfatli va boshka xolatda buladi. Xlorli kaliyli uritlarga: silvinit, kainit, tabiiy rudalarni kayta ishlash konsentrlangan maxsulotlari — kaliy xlorid va ularning konsentrlangan kaliyli maxsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli uritlarga esa: kaliy sulfat, kaliy va magniy sulfatlarning kushalok tuzi — kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy va natriy xloridlari qo’shimchasi buladi); kainit-langbeynit rudalarini flotaqion boyitish yuli bilan olinadigan kaliy-magniyli konsentrat kiradi. Kaliyli maxsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K-^0 xisobida) miqdori orqali aniklanadi. Kaliyli maxsulotlar sanoatining asosiy maxsuloti kaliy xlorid bulib, ularning 95% qismi mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Qolgan5% qismi kaliyning — KON, KSYuz, K2SOz, KMO;}, KS^ va boshka birikmalariga aylantiriladi. Ular kora va rangli metallurgiyada, kurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qogoz, lak-buyok, charm oshlash sanoatlarida, farmaqevtikada va boshka soxalarda ishlatiladi. U git sifatida yanchilgan silvinit, aralash o’g’it (kaliy xlorid va yanchilgan silvinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. Yanchilgan silvinit tarkibida 22% KCI (14% KdO) bulib, ulchami 4 mm dan yirik bulgan zarrachalar 20% dan ortmasligi kerak. Aralash o’g’it tarkibidagi K2O miqdori 40% dan kam bulmaydi va N^O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KCI (63,1% KdO) buladigan kaliy xlorid — rangsiz kubsimon kristallardan iborat buladi. Uning zichdigi 1990 kg/m3 bulib, 776°S da suyuklanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali — silvin va rudalari tarkibida qo’shimchalar bulganligi sababli rangli buladi. Kaliy xloridning 20°S dagi tuyingan eritmasida — 25,6% va 100°S dagi tuyingan eritmasida esa — 35,9% KCI buladi. Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 buyicha belgilanadi. Texnik shartlar buyicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli xolatida 1-, 2- va 3-navlarda ishlab chikariladi. Ularda navlariga muvofik ravishda 95, 92 va 90% KS] buladi. Mayda kristall xolatida ishlab chikariladigan maxsulotda namlik 1% dan oshmasligi lozim, donador maxsulot namligi esa 0,5% atrofida bulishi mumkin. Donador maxsulotda 1-4 mm li donachalarning miqdori 80% (kuruk o’g’it ishlab chiqarish uchun esa 90%) bulishi, 7 mm dan yirik donachalar bulmasligi va 1 mm dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishlok xujaligida o’g’it sifatida donador, murakkab o’g’itlar ishlab chiqarishda esa kukun xolatidagi kaliy xlorid ishlatiladi. Kaliy sulfat K2SO4 — rangsiz kristall modda bulib, rombik (a) va geksagonal (r) shakllarda buladi. Kaliy sulfat a-shaklining (3-shaklga o’tish xarorati 584°C ni tashkil etadi. U 1069°C da suyuklanadi. Kaliy sulfatning 200C dagi tuyingan eritmasida 10,0% va 100°C dagi tuyingan eritmasida 19,49% K2O buladi. Toza kaliy sulfatda 54,06% K2O buladi. Xlorsiz kaliyli o’g’itlar: KCI ni sulfat kislotali kayta ishlashdan olinadigan K2SO4 tarkibida 1- va 2-navlariga muvofik xolda 50 va 48% dan kam bulmagan K2O, 2-3% dan kup bo’lmagan S1 va 0,1% N2O buladi; polimineral rudalarni kayta ishlanishidan olinadigan K2SO4 tarkibida 46% dan kam bulmagan K2O, 4% dan ortik bulmagan natriy birikmalari (Na2 SO2 xisobida) va 0,5% N2 O buladi; donadorlangan va donadorlanmagan kalimagneziya — shyonit tarkibida 28% K2O, 8%o M0,15% dan ortiq bulmagan S1, donadorlik turiga muvofik xolda 7 va 10% N2O buladi; donadorlangan va donadorlanmagan kaliy-magniyli konsentrat — kainit-langbiynit rudalarini flotaqiyali boyitish yuli bilan olinadi va unda 17,5% K2O, 9% dan kam bulmagan M20,20% dan kup bulmagan S1 va 4% N2O buladi; kainit rudasi tarkibida K2SO4*KCl*ZN2O bo’lib, unda 9,5% K2O va 5% dan ko’p bo’lmagan N2O bor. Kaliyli tuzlar xom ashyosi. Kaliyli tuzlar olishda kaliyning xloridli va sulfatli tuzlariga boy bulgan chukindi minerallar va tabiiy tuz eritmalari asosiy xom ashyolar xisoblanadi. Kaliy xloridni asosan silvinit rudasidan olinadi. U silvin KCI va galit NaCI aralashmasidan iboratdir. Yana bir turdagi xom ashyo — karnallit KCI*MS12*6N2O xisoblanadi. Uning tarkibida qo’shimcha sifatida NaCI xam buladi. Kaliy sulfat ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida: langbeynit K2SO4*2M2SO4, kainit KCI*Na2S04*ZN2O, shenit K2S04*Na2SO4*6N2O va boshkalar ishlatiladi. Tarkibida kaliy tutgan va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan minerallari: poligalit K2SO4*Na2SO4*2SaS04*2N20, leyqit K20*A120z, alunit K2SO4*A12(S04)z*4A1(ON)z, nefelin va boshkalar kaliyli xom ashyo sifatida bevosita ishlatilmasada, ulardan (alunit va nefelin) glenozem olishda K2SO4 va K2SO2 qo’shimcha maxsulot sifatida olinadi. Sinnirit — K2SO4 kelajakda ishlatish uchun muxim xom ashyolar xisoblanadi. Kaliyli tuz konlari O’rta Osiyoda (Gaurdak, Karlyuk, Jilan va Tyubegatanda), Uralda (Verxnekamsk va Verxnepechorskda), Belorussiyada (Starobinsk, Kapetkivichsk va Petrikovskda), Rarbiy Ukrainada (Prikarpate da) va boshka joylarda uchraydi. Bu konlardagi zaxiralarning 88% ulushi Verxnekamskga tugri keladi. Chet mamlakatlardagi kaliyli tuz konlari Kanadada, Germaniyada, Isroilda, AKSh da, Ispaniyada va Franqiyada mavjuddir. 1980 yilda Rossiyaning Sibir Ulkasida Nepskoe (silvinit va karnallit) koni ochilgan. Kaliyli tuz konlari zaxirasiga ko’ra, dunyoda MDX, mamlakatlari 1-urinda, Kanada esa 2-urinda turadi. Verxnekamsk konidagi kaliy-magniyli tuzlar xloridlar shaklida bulib, kadimgi Perm dengizining bug’lanishidan hosil bo’lgan. Bu konning maydoni 3500 km2 bulib, katlamning kalinligi 1000 metrgacha etadi. Karnallit va silvinit katlamlari 90-220 metr chukurlikda, kuyi silvinit maydonining kalinligi 7-8 m dan 40 metrgacha bulib, bir-biridan KCI qatlami bilan ajralib turadigan oltita 6-8 metr kalinlikdagi silvinit katlamlaridan iborat. Ruda tarkibida 17-40% K2O, 0,2-0,3% M3RO4, 1-4,5% erimaydigan koldik buladi. Yukori yuza kalinligi 20-115 metr bulib, 9 ta katlamni tashkil kiladi. Bu katlamlar karnallit, silvinit va kulrang, xavorang xamda kuk gallit aralashmalaridan iboratdir. Silvinit rudasi tarkibida 21-39% KCI, 0,2-1,2% M3RO4, 0,9-6,3% erimaydigan koldiq, karnallit rudasi tarkibida esa 13,5-20,5% KCI, 14,5-19% M3RO4, 1,4-4,5% erimaydigan qoldiq bo’ladi. Karpate konidagi kaliy tuzlari sulfat-xloridlar shaklida bulib, xloridli katlamlar silvinit (8-19% KdO) va boshqa rudalardan iborat. Sulfat-xloridli katlamlarning 35-36% qismi kainitdan (10-12% K2O), 20-40% qismi gallitdan, 3-7% qismi poligalitdan va 6-15% qismi tuprok materiallaridan iborat. Kainit-langbeynit katlamlarining 20-30% ini kainit, 10-20% ini langbeynit, 30-40% ini galit, 5-10% ini kazerit K2SO4*N2O va -20% ini tuprok materiallari tashkil etadi. Tabiatda kaliy sulfatli konlar kaliy xloridli konlarga nisbatan kamrok uchraydi. Okean suvlarida 0,05% atrofida kaliy ionlari buladi. Ular kuruklikdagi kaliyli tuzlar zaxirasidan un milliondan ziyodroq ko’p xisoblanadi. Suv xavzalarida dengiz suvlarini buglatilib kaliy tuzlari olinishi mumkin. Xuddi shu usul bilan yuqori minerallashgan Ulik dengiz suvidan kaliy xlorid tuzi olinadi. Ayrim turdagi sanoat korxonalarining chikindilari kaliyli tuzlarning qo’shimcha manbai xisoblanadi. Masalan, qement ishlab chiqarish zavodlarining elektrofiltrlarida tutib kolingan chang tarkibida 20-30% gacha K2O (K2S04 va K2SOz shaklida) bulishi mumkin. Chunki shixta tarkibida 0,2-1% K2O buladi. Rangli metallurgiya korxonalari: magniy metali ishlab chiqarishda kaliy xlorid elektrolit tarkibida, alyuminiy metali ishlab chiqarishda nefklin va alunit xom ashyolari tarkibida kaliy buladi. Ularning ikkilamchi maxsuloti sifatida KCI, K2S04 va K2SOz lar ishlab chikariladi. Silvinit va karnallit rudalaridan kaliy xlorid kuyidagi usullarda olinadi: -xom ashyoni mexanik usul bilan ishlov berish yoki ko’pincha (80% dan ko’proq) flotasiyalash usuli bilan KCI olinadi; -rudadagi tuzlarning erish xarorat koeffiqentlariga asoslangan bulib, eritish va kristallantirish yuli bilan tuzlar ketma-ket ajratib olinadi. Bu usul issiqlik yoki galurgik (lotincha — «tuz ishi») yoxud kimyoviy usul deyiladi; -yuqoridagi usullarda sulfatli jinslar xam kayta ishlanadi; -shur suvlardan kaliyli tuzlar turli usullar bilan ashratib olinadi. Masalan, Ulik dengiz shur suvlari butlatuvchi xavzalarda konsentrlanadi. Bunda karnallit ajratib olinadi va u kayta ishlanib kaliy xlorid olinadi. Kaliy rudalarini mexanik boyitish yuli bilan kaliy xlorid olish. Kaliyli tuzlar sanoatida kupikli flotaqiya usuli keng kullaniladi. Bu usul rudadagi suvda eruvchan minerallarni tuz eritmasida flotaqiyalash (yoki flotagravitaqiyalash) yo‘li bilan ajratishga asoslangan. Kaliy rudalari yuzasini teruvchi-reagentlar bilan selektiv gidrofoblash natijasida ular xavo pufakchalariga yopishib, kupikka chikadi. Silvinit rudalari asosiy komponent, qo’shimchalar va tuprok materiallari miqdori va zarrachalar ulchami turlichaligi bilan farklanadi. Ularni kayta ishlash texnologik sxemalari va kurilmalari xam turlicha buladi. Ishlab chiqarish jarayoni kuyidagi boskichlardan tashkil topadi: 1. Rudani maydalash. Boshlangich ruda ruda tarkibiga kiruvchi minerallarning mexanik aralashmasi hosil bulishini ta'minlovchi zarrachalar ulchamigacha maydalanadi. Flotaqiyalanadigan silvinit uchun rudani iloji boricha 1-3 mm li ulchamda maydalash lozim, yanada maydalanish esa flota qiyalashda max.sulot bir qismining quykum bilan yukotilishiga va max.sulot sifatini yomonlashishiga olib keladi. Lekin bunda silvin na'muNaCIni yuzaga chikish darajasi iloji boricha 90% dan ortishi kerak. Agar flotaqiyalashga beriladigan donachalar ulchami 0,8-1,0 mm dan kichik bulsa, uni mayda donachali va 2 mm dan kattadan yirik bulsa, yirik donachali deyiladi. Silvinitni flotaqiyalashga tayyorlash, kuruk xolatida amalga oshiriladigan rotorli (valkali, kaytargichli, bolgali va b.) tegirmonlarda (zarracha ulchami 15 mm gacha), kuruk yoki xul xolatda (ruda komponentlarining tuyingan tuzlari eritmalarida) amalga oshiriladigan sterjenli yoki sharli maydalagichlarda maydalashni uz ichiga oladi. X^ar boskichdagi zarrachalarni saralash uchun tebranuvchi elaklar, dugali elaklar, gidrosiklon va boshkalar ishlatiladi. 2. Maydalangan rudani quumdan — flotaqiya jarayoniga va suspenziyani ajratishga xalaqit beradigan mayda dispers tuproq-karbonatli qo’shimchalardan ajratish. Uni flotaqiyalash (asosiy flotaqiya jarayonidan oldingi), gidravlik (tuproq-karbonatli va tuzli minerallarning chukish tezligi farqi asosida maydalangan ruda suspenziyasini ajratish), flota qiyali-gidravlik, gravitaqiyali va boshqa usullarda amalga oshiriladi. Rudadagi kuykum miqdori oz bulsa, ularning salbiy ta'sirini, ya'ni flotoreagentlarni quykum sirtiga absorbqiyalanishini yukotish uchun flotaqiyalash jarayonida reagent-depressorlar ishlatiladi. Namli maydalangan silvinit suspenziyasini quykumdan ajratish gidrosiklon va gidrosaralagichlarda amalga oshiriladi. Rudadagi zarrachalar ulchami 3 mm dan kichik bulishini ta'minlash uchun suspenziya (C:H = 6-10:1) avvalo diametri 750 mm bulgan gidrosiklon da ajratiladi. Suspenziyadan 75-80% quykum ajratiladi. U gidroseparator (s1 = 18 m) ga yuboriladi. Suspenziya fraksiyaga ajratilgandan sung, 0,8 mm dan kichik zarrachali kumlar qaytadan gidrosiklon ga yuboriladi. Suspenziya spiral saralagichga yuboriladi. quyqumni quyiltirish va yuvish esa diametri 30 metrli quyiltirgichlarda amalga oshiriladi. Tindirilgan va yuvindi suvlar texnologik qiklga kaytariladi. Quykum chikarib tashlanadi. Gidrosiklon (2-bosqich) va spiral saralagichdan chiqqan tozalangan xom ashyo flotasiyaga yuboriladi, okava suvlar esa siklga kaytariladi. 3. Ruda minerallarining flotatsiyali ajralishi. Silvin zarrachalari tozasini gidrofoblovchi — teruvchi (kollektorlar) sifatida va x.avo pufakchalariga ilashishi (yopishishi) ni ta'minlovchi modda sifatida kationaktiv (kationfaol) va noionogen (ionogen bulmagan) — kapolyar yuqori molekulali organik birikmalar — birlamchi alifatik aminlarning asetatlari yoki xloridlari va parafinli, naftenli aromatik va geteroqiklik uglevodorodlar ishlatiladi. Kationaktiv (oktadesilamin, fettamin va b.) va noionogen (neftni xaydashda olinadi) tergichlar kushilganda silvinning yirik (3 mm gacha) fraksiyalarini xam flotaqiyalash imkonini beradi. Reagent modifikatorlar teruvchilarning minerallar yuzasiga sorbqiyalanishini kamaytiradi, tuprokdi kuyqumning koa^lyaqiya va flotaqiyasini ta'minlab, silvin flotaqiyasini faollashtiradi.Flokulyant sifatida noorganik (ishqoriy metallarning poli- va metafosfatlari va silikat kislotasining kolloid eritmalari) va organik moddalar (poliakrilamid, karboksimetilqellyuloza, lignosulfonatlar, mochevina formaldegid smolasi va b.) ishlatiladi. Eritma mux,iti (rN) ni optimal xolatini ta'minlash uchun esa muxitni boshkaruvchilar — ishkor yoki kislotalar ishlatiladi. Silvinitni flotaqiyalash maxsus reagentlarsiz - kupik x,osil qiluvchilarsiz xam amaga oshirilishi mumkin. KCI va NaCI ning tuyingan eritmalaridan xavo utkazilsa (barbotaj usuli) uzi xam kupiklanish xossasiga ega. Lekin qo’shimcha kupiklatgichlar (kayragoch moyi, dioksan va piran qatori spirtlari va boshkalar) xavo pufakchalarining dispersliligini oshiradi, turgok kupik xosil bulishini ta'minlaydi. Bu reagentlar fazalar (suyuk faza — xavo va suyuk faza — mineral) chegarasida sorbqiyalanib, mineral zarrachalaning sirtini gidrofoblaydi. Kaliyli rudalar flotaqiyasining aniq texnologik sxemasi xom atyoning mineralogik va donadorlik tarkibiga bogliq xrlda bir-biridan keskin fark kiladi. Yirik donachali (3-4 mm gacha) maxsulot olinishini ta'minlovchi sxemalarning bir kator afzalliklari bor. Bu sxemalarda maydalash va donadorlash, yuvish va kuykumni saklash xarajatlarini kamaytirish, kuykum miqdori va maxsulot namligini kamayishi xisobiga KCI ning ajratib olish darajasini oshirish, o’g’itning agrokimyoviy xossasini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Bunday jarayonlarda yirik (+0,8 mm) va mayda (-0,8 mm) frakqiyali rudalarning aloxida-aloxida flotasiyalanishi amalga oshiriladi. Mayda fraksiyali flotasiyalashda oldindan mexanik kuykumsizlantirilgan konsentratni ikki marta va chikindini nazoratli bir marta flotasiya kilinadi. Bunda kollektor sifatida - kayragoch moyi amini, depressor sifatida — karboksilmetilqellyuloza ishlatiladi. Oralik mahsulot qo’ushimcha maydalashga yuborilib, yana asosiy flotasiyaga qaytariladi. Konsentratni sentrifugada ajratilib, «qaynovchi katlamli» kuritgichga yuboriladi. Ruda
Yirik fraksiyali flotasiyalashda esa konsentrat bir marta kayta tozalanadi va chiqindini nazoratli flotasiyalash amalga oshiriladi. Konsentrat vakum-filtrda ajratib olinib, quritgichga yuboriladi. 4. Suspenziyani quyultirish va filtrlash yuli bilan ajratish (suvsizlantirish), nam konsentratni tayyor ma^sulotga qayta ishlash (^uritish va mapda frakqiyani donadorlash). Tarkibida kuykum ko’p bo’lmagan (3% gacha) rudalar uchun asosiy va qayta tozalash — flotasiyalash texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda reagentlar sifatida FR-2 (uayt-spirtning oksidlanish mahsuloti) teruvchisi va poliakrilamid flokulyanti ishlatiladi. Quykumning kupiklanish maxsulotiga o’tish darajasi 80-90% ni tashkil etadi. Silvinit
18.2— rasm. Oldindan tuprokli quyqum flotasiya sxemasi. Kamerali maxsulot (silvin va galit zarrachalari) silvin flotaqiyasi qikliga yuboriladi. Qayta tozalash flotaqiyasidan utgandan sung tuproli quykum suyultiriladi va yuviladi. Birok flotasiyalanishda xosil bo’ladigan kupik parchalanib bu jarayonga xalakit beradi va ma'lum miqdordagi kaliy xloridning suyuk faza bilan chikib ketib kolishiga (yukotilishiga) sabab buladi. Bunda kaliy xloridning yukotilishini kamaytirish uchun tashlanadigan galit suspenziyasini 60-70°S xaroratgacha kizdirilsa, KCI eriydi. Sungra chikindi ajratilib, chikarib tashlanadi. Eritma esa vakuum-kristallizatord a sovutilib, KCI kristallari ajratib olinadi. Bu usul yuqori sifatli rudalarni kayta ishlashga muljallangandir. Agar rud ada kuykum miqdori ko’p bo’lsa, suspenziya kovushkokligi ortadi, natijada esa flotoreagent miqdori ko’p sarf buladi, kuykumni yuvilish darajasi pasayadi va KCI ajratib olish darajasi xam kamayadi. Bunday xolda flotaqiyali boyitish KCI ning galurgik ajratilishi bilan birga kombinaqiyalanadi. Bulardan tashkari gravitaqiyali boyitish usullari xam mavjuddir. Eritish va aloxida kristallantirish usuli bilan kaliy xlorid olish Silvinitli rudalarni kayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari Silvinit tarkibidagi kaliy xlorid bilan natriy xloridni ajratish, ularni xar xil xaroratdagi eruvchanligiga asoslangan. O^S da 100°C intervalda natriy xloridning amaliy eruvchanligi xaroratga deyarli boglik emas. Kaliy xlorning eruvchanligi esa xarorat ortishi bilan sezilarli darajada ortadi. 26()C da KCI bilan NaCI ning eruvchanlik egri chiziri uzaro tuqnashadi, ya'ni bu xaroratda ikkala tuz xam bir xil eruvchanlikka ega buladi. 26()C dan pastda KCI ning eruvchanligi NaCI ning eruvchanligidan kam, 26°S dan yukori xaroratda esa aksincha buladi. Shunday kilib, kaliy xlorid va natriy xlorid tuzlarining aralashmasi 100°C atrofida eritilganda, eritmadagi kaliy xloridning miqdori NaCI miqdoriga Karaganda deyarli ikki barobar ortik buladi. Bunday tuyingan eritma (100()C da tuyingan) sovutilganda fakat kaliy xlorid kristallarigina chukmaga tushadi. Sovutilgan eritmadan kaliy xlorid kristallari ajratib olingandan sung eritma yana 100°C gacha kizdirilganda, eritma KCI ga tuyinmagan, N0101 ga esa tuyingan buladi. Bunday eritmaga yana silvinit kushilib ishlov berilsa, fakat KCI eritma ga o’tadi. Silvinitga shunday yul bilan ishlov berilib, KCI ni ajratib olish — ishkorlash usuli deb ataladi. Silvinit rudasini kayta ishlash prinqipial sxemasida kuyidagi asosiy boskichlar amalga oshiriladi: 1) maydalangan silvinitni KCI ning kristallanishidan qolganeritma bilan ishlanadi; bunda silvinitdan eritmaga KCI o’tadi, CaC1 esa deyarli tuda chikindida qoladi; 2) issik shelokni chukindidan ajratish va qattiq moddalar (tuzli kuykum va b.) dan tindirish; chikindini va tuprokli kuykumni yuvish; 3) shelokni vakuumli sovo’tish — KCI ni kristallantirish; 4) KCI kristallarini eritmadan ajratib olish va kuritish; 5) Eritmani kizdirish va qiklga kaytarish. Amalda asosan ushbu texnologiya kullaniladi. Bu usul murakkab tarkibli (kup miqdordagi tuprok va magniyli minerallar bulganida xam) rudalardan kaliy xloridni ajratib olishda xam kul keladi. Ko’rsatib o’tilgan jarayon amalda biroz uzgacharok kechadi. Issik shelok tarkibi evtonikadan biroz farklanadi. Uning kaliy xlorid bilan tuyinish darajasi usullarning xususiyatlariga boglik ravishda 90-96% ni tashkil etadi. Bunda 96% gacha tuyingan shelokdan 99,3% KCI li tuz, 90,6% gacha tuyingan shelokdan esa 94,3%) li KCI olinadi. U biroz NaCI qo’shimchasi bilan ifloslanadi. Shelokni 1000C dan 200C gacha qirkulyaqiyali vakuumli-sovutilishi natijasida nazariy jixatdan 12% suv buglanadi va sifatli KCI ajratib olinadi. Bunda kristallar ulchami 0,15 mm dan 2-3 mm gacha buladi. Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish prinsipial sxemasi. Eritish va kristallantirish usulida silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarishning prinqipial sxemasi 4.6 — rasmda tasvirlangan. Ishlab chiqarish korxonalarida tarkibida: 24-33% KCI, 61-71% NaCI, 0,2-0,3% M^SA.^ 1,3-1,7% Sa804 va 1,4-3,2% erimaydigan koldik bulgan Verxnekamsk ruda koni xom ashyosi ishlatiladi. Vakuum naeaoka Silvinit 18.3-rasm.Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chikariishing prinsipial sxemasi. Ulchami 5 mm dan yirik bulmagan silvinit donachalari tuz tegirmonidan bunkerga tushadi. Undan avtomatik tarozili lentali transportyor yordamida uzunligi 21,8 m, diametri 2,76 m bulgan shnekli erituvchi (1) ga tushadi. Shnekning aylanish chastotasi 0,13-0,17 s'' ga teng. Shnekli erituvchida kerakli darajagacha maydalangan silvinit NaCI bilan tuyingan 107-112°C li eritma bilan ishlanadi. Bu jarayonda ermay qolgan NaCI ni filtr (2) da filtrlash yuli bilan kaliy xlorid eritmasidan ajratiladi. Eritmadagi KCI gummirlangan pulatdan yasalgan bir necha boskichli vakuum -kristallizaqion apparatlar (3) da kristallizaqiyalanadi. Bu apparatlarning birinchisi vertikal, kolganlari esa gorizontal joylashgan bulib, u1ar mexanikaviy aralashtirgichlar bilan jikozlangan. Vakuum darajasi apparatlarda sekin-asta: birinchisida 360 mm, keyingisida esa 740 mm simob ust. ga kadar ortib boradi. Bu apparatlarda suv buglanadi, eritma soviy boshlaydi, KCI esa chukmaga tusha boshlaydi. Chukmaga tushgan kaliy xlorid kristallari qentrifuga (4) yordamida ajratib olinib, barabanli kuritgich (5) da issiq gaz yordamida 1-1,5 % namlikka kadar kuritiladi. Kuritishda «kdynovchi katlamli» kuritgichlar xam ishlatiladi. «Kaynovchi katlamli» kuritgichlar anchagina samarador xisoblanadi, chunki ularda yokdlki 20-30% gacha tejaladi va changsiz max^sulot olinadi. Qentrifugadan chirkan eritma esa trubkali isitgichlar (6) da 107-112°C xaroratga kadar kizdirilib, yana apparat (1) ga — yangi solingan silvinitni ishkrrlashga beriladi. Bu usul bilan silvinit tarkibidagi kaliy xloridning 90% klsmi ajratib olinadi. Filtr (2) da qolganchukmaning 91% qismi NaCI dan va 1,7% qismi esa KCI dan iborat bulib, bu ishlab chiqarish chikindisi x^isoblanadi; ba'zida u tuz eritmalari, sodali max,sulotlar va shu kabilar olishda ishlatiladi. 1 tonna kaliy xlorid (95% KCI) olish uchun 5 t atrofida silvinit (22% KCI), 1,6 Mj bur, 90 Mj elektroenergiya, 9 mZ suv, 15 kg shartli yokllri (barabanli kuritgichda), 180 g birlamchi aminlar, 12 g poliakrilamid sarf buladi. 1 tonna max.sulot bilan birgalikda, tarkibida: 91-95% NaCI, 1,2-3,5% KCI, 0,2% gacha 0,6-2% CaS04 va 4% gacha erimaydigan koldir; bulgan 2,5-3,5 tonna chiqindi (galit), 0,5 t tuproq va tuzli kuykum x^osil buladi. Galit chikindisi bilan 5% gacha KCI yukotilishi mumkin. Ayniqsa xom ashyo tarkibidagi +5 mm li frakqiya kupaysa, kuykum bilan yana 3% atrofida KCI yukotiladi. KCI ning umumiy yukotilishi 8-10% ga etib, maxsulot unumi 90-92% ni tashkil etadi. Agar KCI kristallanganidan sung, mayda kristallarni eritish uchun tuprokli quykum yuvilgan suv ishlatilsa, natijada qirkulyaqiyadagi suv miqdori oshadi va uning yuvilishi yaxshilanadi. Bunda max^sulot unumi 95-96% ga etadi. Bunday usul 10% dan ortik tuprokli kuykumi bulgan silvinit uchun x;am yaroklidir. Kuyultirilgan nuykumda 75% gacha erimaydigan birikmalar buladi. Bunda tindirilgan oqava suv yuvilgan rudani eritish uchun yuboriladi. Nazorat savollari: Mineral o’g’itlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyatini gapiring Mieral o’g’itlar turlarini ayting Organiq o’g’itlar nima? Kompleks o’g’itlarga misollar keltiring Bakteriyali o’g’itlarga misollar keltir Gerbitsitlar qaerda ishlatiladi? Ammoniy sulfatning ishlatilish sohalarini sanab bering Ammoniy sulfat olishning saturatorli usulini gapiring Ammoniy sulfat olishdagi asosiy xom ashyolar qanday? YOrdamchi xom ashyolar nimalar? Granulyatorning vazifasi qanday? Download 142.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling