Reja: Mineral o’g’itlar va ularning turlari


Download 454 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi454 Kb.
#1016409
1   2   3
Bog'liq
azotli ogitlar ularning tavsifi ishla

HNO3 + NH3 = NH4NO3 + Q
Bu geterogen jarayon bo’lib, juda katta tezlik bilan boradi va neytrallanish vaqtida ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda ana shu issiqlikdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Ko’pincha hosil qilingan eritmaning kontsentratsiyasini oshirishda issiqlikdan foydalaniladi.
Quyidagi rasmda ammiakli selitra ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi ko’rsatilgan:

Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologik sxemasi
Sxemaning qisqacha izohi: gaz holidagi ammiak isitgich (1) dan o’tadi, u erda 120-1600 C gacha isitiladi va nitrat kislota isitgich (2) da harorati 80-900 C gacha isitilib, 2 ta parallel ishlovchi NIF (neytrallanish issiqligidan foydalanish reaktori) apparati (3) ga beriladi. NIFda hosil bo’lgan NH4NO3 ikkita doneytralizator (4) va (5) da neytrallanadi. Bu erda 30-40% Mg (NO3)2 qo’shimchasi qo’shiladi. Keyin ammoniyli selitra eritmasi kombinirlangan bug’latish apparati (6) ga beriladi, bu yerdan eritma gidrozatvor–doneytralizator (9) va filtr (10) orqali yig’gich bak (11) ga beriladi. Bug’latish apparatining yuqori qismida bug’-gaz aralashmasini yuvgich (7)ga beriladi, u yerda havo bilan chiqib ketayotgan aralashmadan tozalanadi. Yig’gich bak (11) dan nasos (12) orqali siquvchi bak (15) ga haydab beradi. U donadorlash minorasi (17) ning yuqori qismida joylashgan siquvchi bakdan eritmani uchta akkustik granulyator (16) yordamida minoradan pastga sochib beradi. U yerda uchta yordamchi zahira granulyatorlar joylashgan. Minorani pastki qismidan mavhum qaynash qatlami (21) dan havo oqimi beriladi. Bunda yuqoridan tushayotgan selitra donador holatda qota boshlaydi. U 50 metr balandlikdan tushadi. Selitra eritmasi 0,2 % namligi va 1670 C bilan kristall holatga o’ta boshlaydi, berilayotgan havoni hajmi yozda 500 ming, qishda esa 300 - 400 ming m 3/ soatni tashkil etadi.
Minorani pastki qismidan donador selitra lentali transportyor (20) ga tushadi va 3 ta sektsiyali mavhum qaynash katlamli apparat (21) ga beriladi, donalarning harorati yozda 40-500 C, qishda esa 20-300 C bo’ladi. Tayyor mahsulotda 99,8 % ammoniy nitrat bo’ladi. Agar namligi 60% bo’lsa, uni (23) isitgichga yuboriladi.
Minoraning yuqori qismidan havo oltita (18) chi skruberlarga beriladi. U erda Ammoniyli selitra changlardan yuvilib (20 % ammiak eritmasida), (19) ventilator orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. (7) va (8) chi apparatlardan chiqqan gazlar ham shu yerda tozalanadi. Tayyor mahsulot lentali transportyor yordamida omborga yuboriladi va iste’molchilarga jo’natiladi.
Azotli o’g’itlardan yana biri karbamid bo’lib, ishlab chiqarish usuli va texnologiyasi 1868-yilda A.I. Bazarov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul gaz holdagi ammiak va karbonat angidritning qaytar reaksiyasidan iborat. Jarayon ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda ammoniy karbamat hosil bo’ladi:
2NH3 + CO2 = NH4COONH2 + Q
Ikkinchi bosqichda karbamid hosil bo’ladi:

Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling