NH4COONH2 ↔ NH2 - CO- NH2 + H2O
Karbamid (NH2)2CO azotli o’g’itlar ichida eng ko’p miqdorda azot elementi saqlaydi, tarkibida 46-46,5 % azot bor. Karbamidning texnik nomi mochevina, u toza holda hidsiz, oq kristall bo’ladi. Uning 250 C dagi zichligi 1330 kg/m3, 132,70 C da suyuqlanadi. Texnik mahsulot oq yoki sarg’ish kristall bo’ladi. SHakli ignasimon rombik prizma holida. Atmosfera bosimida suyuqlanish haroratigacha qizdirilsa, karbamid parchalanadi, bunda ammiak ajraladi. Karbamidni 1828-yilda Vyoler ammoniy sianatdan sintez qilgan. Shundan buyon karbamid organik sintezning muhim moddalaridan bir bo’lib xizmat qiladi. U asosida bir necha moddalar sintez qilingan. Bir qancha moddalarni olish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi, dori-darmon sanoatida qo’llaniladi. Karbamid ishlab chiqarish NH3 va CO2 ni 150-2200 C haroratda, 70-100 MPa bosimda o’zaro ta’sir ettirib olinadi.
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |