Reja: Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati


Milliy Byudjet daromadlarining


Download 76.68 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi76.68 Kb.
#1149334
1   2   3
Bog'liq
4m

Milliy

Byudjet daromadlarining

Milliy




asosiy moddiy manbai




daromad







boylik













mamlakatdagi milliy




ma‘lum bir davrda jamiyatning

iqtisodiyotning xo‗jalik




ixtiyorida bo‗lgan, hozirgi va o‗tgan

yurituvchi subyektlari tomonidan

avlodning mehnatlari evaziga

muayyan bir davrda (odatda bir

yaratilgan moddiy ne‘matlar va

yilda) moddiy ishlab chiqarish

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish

tarmoqlarida yaratilgan sof

jarayoniga jalb qilingan tabiiy

mahsulot










resurslar majmui

Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o’tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirishdagi asosiy usullardan bo‗lib hisoblanadi. Bu usullar o’rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ziddiyatlarning o’tkirlik darajasi, davlat tomonidan olib borilayotgan moliyaviy siyosat va uning moliyaviy holati bilan belgilanadi.


Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo‗limi ―Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari‖ deb nomlanadi.
Ushbu bo’limning 9-bobida davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi ―Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish‖ deb nomlanadi, ushbu modda bilan O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi belgilab qo’yilgan.
Byudjet Kodeksining 51-moddasida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari tarkibi belgilab berilgan bo’lib, ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; yagona soliq to’lovi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; qo’shilgan qiymat solig’i; aksiz solig’i; yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;

  1. bojxona bojlari;

  2. qo’shimcha foyda solig’i;

  3. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;

  4. boshqa daromadlar.

Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish manbalari ko’rsatilgan bo’lib, ular:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar;

  1. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar, shu jumladan: benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; mol-mulk solig’i; yer solig’i; yagona yer solig’i; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;

  2. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  3. bozorlardan tushadigan daromadlar;

boshqa daromadlar.
Miqdor jihatdan davlat byudjeti daromadlari mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatida davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to’planadigan mablag’larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari tanlanadi va joriy etiladi.
Jahon mamlakatlarida siklik ravishda sodir bolib turadigan iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o’sish sur‘atlarini ta‘minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo’yadi. Bu vazifalarni bajarishda samarali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o’rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta‘minlashga yo’naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog’liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog’liq bo’lmoqda. Buni o’z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko’rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqli tushumlar alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti daromadlari ijrosining so’nggi 3 yillik ma‘lumotlarining tarkibiy tahlilidan ko’rinadiki, bilvosita soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi salmog’i 55,0-53,7 foizni tashkil etmoqda, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bilvosita soliqlarning fiskal ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Byudjet daromadlarining qariyb beshdan bir qismi esa to’g’ri soliqlar evaziga shakllanadi. 2016-2018-yillarda ular bo’yicha tushumlar jami byudjet daromadlarining 23,1-20,6 foizni tashkil qilgan.



Download 76.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling