Reja: Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati


Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishi121


Download 76.68 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi76.68 Kb.
#1149334
1   2   3
Bog'liq
4m

Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishi121


(mlrd.so‗mda)






2016-yil

2017-yil

2018-yil




(prognoz)

Ko„rsatkichlar































summa

%

summa

%

summa

%

























Davlat byudjeti

40505,8

100,0

49684,8

100,0

62229,5

100,0

daromadlari, sh.j.








































Bevosita soliqlar

9338,5

23,1

11538,9

23,2

12805,4

20,6






















Bilvosita soliqlar

22298,1

55,0

26133,6

52,6

33404,3

53,7






















Resurs to‗lovlari va

5806,5

14,3

6867,4

13,8

9714,5

15,6

mol-mulk solig‗i








































Ustama foyda

390,2

1,0

1415,1

2,8

1367,7

2,2

solig‗i








































Boshqa daromadlar

2672,5

6,6

3729,6

7,5

4937,6

7,9






















U yoki bu mamlakatdagi muayyan hududning soliq tushumlari barqarorligi ushbu hududning rivojlanganlik darajasiga, unda ishlab chiqarish hajmlarining oshib borishiga, iqtisodiyotning tarmoq tarkibiga, kichik biznesning rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi. Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta‘minlash maqsadida hududlarning iqtisodiy va unga bog’liq ravishda byudjet salohiyatini yaxshilash, hududlardagi soliq bazasini kengaytirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini va kichik biznesni rivojlantirish, hududlarga xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish, mamlakat byudjet amaliyotida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari g’azna ijrosini samarali va to’g’ri tashkil qilish, byudjet mablag‗larining maqsadli ishlatilishini ta‘minlash moliya-byudjet-g’aznachilik organlari xodimlarining malakali bo’lishiga erishish, byudjet ijrosining avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda byudjet ijrosining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini ta‘minlash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undiriladi va bu jarayonda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

  1. soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi manbalarining tugab borishiga olib kelmasligi;

  2. soliqlarning ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;

  3. soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasligi;

  4. soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

  5. davlat uchun soliqlarning undirilishi arzonga tushishi;

  6. soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi, xususiy biznes subyektlarining soliq to’lashdan bosh tortishiga olib kelmasligi va xufya iqtisodiyotning yuzaga kelishiga sharoit yaratmasligi.

Korxonalar, tashkilotlar, firma va kompaniyalar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli xizmatlarni ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to‗lovlarini amalga oshiradilar. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham soliq munosabati
bo‗lmaydi. Soliq munosabatlarida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida davlat byudjetiga mablag‗larni majburiy tarzda jalb qilish jarayoni amalga oshiriladi.
Soliqlar majburiy pullik to’lovni ifoda etuvchi, soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul munosabatlarini anglatadi.

Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti - erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot, ya‘ni har bir iqtisodiy subyekt, tadbirkor o’z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va o’zi iste‘molchini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, oddiy ajratma sifatida davlat byudjetiga olib qo’ya olmaydi. Erkin iqtisodiy subyektlarning daromadlarini davlat hisobiga undirish uchun qonun chiqaruvchi organning qarori, ya‘ni qonuniy asos bo’lishi zarur. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.


Soliq munosabatlarini tashkil qilishda, soliq to’lovchilar va davlat o’rtasida daromadlarning taqsimlanishida tomonlarning iqtisodiy manfaatlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat o’zining ehtiyojlarini qondirish manfaatidan kelib chiqib, soliq to’lovchilar daromadlarini istaganicha olib qoya olmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma‘lum chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat soliq to’lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Taqsimlash jarayonlaridagi oqilona nisbatning buzilishi soliq to’lashdan bosh tortish, soliq bazalarini yashirish, xufyona iqtisodiyotga o’tib ketish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumjamiyat ehtiyojlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to’plash maqsadida foydalaniladi. Bir xil mohiyatga ega bo’lgan, markazlashgan pul fondi bo’lmish davlat byudjeti va davlatning boshqa maqsadli jamg’armalarini shakllan-tirishga xizmat qiladigan soliqlar va yig’imlar turlarining yig’indisi soliq tizimi deb ataladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-―Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari‖ nomli moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi

Soliqlar va boshqa majburiy


to‗lovlarning turlari



Umumiy tartibda

to‗lanadigan soliqlar



  1. yuridik shaxslardan foyda solig‗i;




  1. jismoniy shaxslardan da-romad solig‗i;




  1. qo‗shilgan qiymat solig‗i;

  2. aksiz solig‗i;




  1. yer qa‘ridan foydalanuv-chilar uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar;




  1. suv resurslaridan foyda-langanlik uchun soliq;




  1. mol-mulk solig‗i;

  2. yer solig‗i;




  1. benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz uchun soliq.

Soddalashtirilgan tartibda to‗lanadigan soliqlar

  1. yagona soliq to‗lovi;

  2. yagona yer solig‗i;




  1. tadbirkorlik faoliyati-ning ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim

turdagi xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im


Davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy to‗lovlar
Boshqa majburiy

to‗lovlar



  1. davlat boji;

  2. bojxona to‗lovlari;




  1. ayrim turdagi to-varlar bilan chakana savdo qilish va xizmatlarni ko‗rsa-tish huquqi uchun yig‗im

Ijtimoiy jamg‗armalarga majburiy to‗lovlar; Respublika yo‗l jamg‗ar-masiga majburiy to‗lovlar



Soliq qonunchiligida belgilangan barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga, byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga va to’lovchilariga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin :
Soliqqa tortish obyektiga ko’ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi:

  1. Tovar aylanmasidan olinadigan soliqlar;

  2. daromaddan olinadigan soliqlar;

  3. mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

  4. yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan (tovar aylanmasidan) olinadigan soliqlarni undirishda tovar aylanmasi soliq bazasi bo’lib xizmat qiladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlar foydadan, daromaddan, dividend ko’rinishidagi daromadlardan undiriladi, bu guruh soliqlarga yuridik shaxslardan foyda solig’I, jismoniy shaxslardan daromad solig’i, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliq kabilar kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan mol-mulk solig’i kiradi. Ushbu soliqlarning stavkalari subyektlarga tegishli bo’lgan mol-mulkning qiymatiga nisbatan o’rnatiladi va undiriladi.
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta soliqlarga guruhlanadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda kuzatilmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to’anadigan barcha soliqlar kiradi. To’g’ri soliqlar bo’yicha to’g’ridan to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi bois, soliq stavkalarining kamaytirilishi korxonalar daromadining muayyan qismini ularning ixtiyoriga qoldirib, ular investitsion faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari cheklanib qoladi, iqtisodiy rivojlanishi susayadi. Davlat bu guruh soliqlar bo’yicha stavkalarni pasaytirish yoki ko’tarish bilan iqtisodiyotning rivojlanish sur‘atlariga fiskal mexanizmlar orqali ta‘sir ko’rsatadi.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot ishlab chiqaruvchilar (yuklab yuboruvchilar), xizmat ko’rsatuvchilar va ishlar bajaruvchilar bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi esa keyingi (so’nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo’yiladi va mahsulotning sotilishi bilan soliq summasi davlat byudjetiga kelib tushadi. Bu soliqlar mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, milliy bozorning tovarlar bilan ta‘minlanishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’g’’ridan to’g’ri ta‘sir etmaydi, ularning investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi chuqur tahlil qilinmasdan turib oshirib yuborilsa, mahsulotning narxi ko’tarilib ketadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarga uchraydilar, bu esa foydaning ham, byudjetga to’’ovlarning ham kamayishiga olib keladi. Egri soliqlarning yana bir jihati shundaki, ular orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi kamaytirilib, inflyatsiya sur‘atlari jilovlab boriladi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadlarini (iste‘mol buyumlari va xizmatlarning egri soliqlar hisobiga qimmatlashishi sababli) pasaytiradi. Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi.
Jahon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan, AQSHda to’g’ri soliqlar byudjet daromadlarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Asosan iste‘molga solinadigan egri soliqlar salmog’ining yuqori bo’lishi past darajadagi rivojlanishdagi va rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir.
Byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlarga bo‗linishi asosida kelib chiqadi.
Har bir darajadagi hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, o’zlariga tegishli bo’lgan byudjetga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Markaziy hukumat umumdavlat va umumjamiyat miqyosidagi vazifalarni – makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish, mudofaa, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash infratuzilmasini yaratish, davlat ahamiyatidagi ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, atrof-muhit muhofazasi va ekologik muvozanatni saqlash va boshqa bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Shu sababli mamlakatning markaziy byudjetida (O’zbekistonda – respublika byudjetida) byudjet tizimi mablag’larining salmoqli qismi markazlashadi.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjetining daromadlari bo’lib, ularga: qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga soliq, jismoniy shaxslardan daromad solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yagona soliq to’lovi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq kabilar kiradi.’
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, mahalliy byudjetlarga doimiy va to‗liq biriktirib beriladi. Ularga: mol-mulk solig’i yer solig’i, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste‘moli uchun soliq, yagona yer solig’i kabi soliqlar kiradi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi, ular hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy hukumatlar asosan hududiy darajadagi ijtimoiy masalalarni – ta‘lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin ko’p hollarda bu soliqlar va yig’imlar ular byudjetlarining balansliligini ta‘minlay olmaydi va natijada byudjetlararo transfertlardan foydalanish mexanizmlari ishga tushadi.
Download 76.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling