Reja: Molekulyar-kinetik nazariya va uning ideal gazlarda qoʻllanilishi
Zarralar tartibsiz va to‘xtovsiz harakatdadirlar
Download 1.05 Mb.
|
Molekulya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Zarralar orasida tortishish va itarishish kuchlari bilan tavsiflanuvchi o‘zaro ta’sir sodir bo‘lib turadi.
2. Zarralar tartibsiz va to‘xtovsiz harakatdadirlar
Qattiq jism, suyuqlik va gazlar qizdirilganda hajmini o’zgartiradi. Bu hodisa zarralar orasidagi zarralararo masofa mavjudligidan dalolat beradi. Shu narsa aniqlandiki, normal sharoitda havo molekulalari orasidagi masofa dan gacha va qattiq jismlarda ekan. Jismlar toʻqnashganda ularning birining zarralari ikkinchisining zarralari orasiga kiradi. Bu hodisa diffuziya deb ataladi. Diffuziya qattiq jismlarda ham, suyuqliklarda ham, gazlarda ham kuzatiladi. Diffuziya hodisasi zarralarning tartibsiz harakatiga bogʻliq. Moddalarning tuzilishini oʻrganishda broun harakatini oʻrganish katta ahamiyatga egadir. Broun harakati – suyuqlik va gazlarda kichik oʻlchamdagi qattiq jismning shu suyuqlik yoki gaz molekulalarining urilishidan yuzaga keladigan tartibsiz harakatidir. Molekulalarning tartibsiz harakati ta‘sirida broun zarrasiga bir tomondan beriladigan impuls boshqa tomondan beriladigan impulsdan katta boʻlishi mumkin. Zarra olgan natijaviy impuls nolga teng boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun zarra harakat yoʻnalishiga ega boʻladi. Broun harakati hech qachon toʻxtamaydi, u molekulalarning tartibsiz harakati natijasidir. Diffuziya hodisasi, broun harakati jism va modda zarralari toʻxtovsiz va tartibsiz harakatda ekanligini isbotlaydi. 3. Zarralar orasida tortishish va itarishish kuchlari bilan tavsiflanuvchi o‘zaro ta’sir sodir bo‘lib turadi. Qattiq jismlarning cho’zilishga qarshiligi, suyuqliklarning sirt taranglik kuchlarining mavjudligi, qattiq jismlarning suyuqlik bilan ho’llanishi kabi hodisalar turli agregat holatdagi moddalarning molekulalari orasida o’zaro ta‘sir kuchlari mavjudligidan dalolat beradi. Zarralar orasida tortishish kuchlari bilan bir vaqtda itarishish kuchlari mavjuddir. Bunga qattiq jism, suyuqlik va gazlarning siqilishga qarshiligi isbot bo’la oladi. Agar bu kuchlar bir vaqtda ta‘sirlashmasalar, jismni tashkil etayotgan zarralar yoki uchib ketar edilar, yoki biri ikkinchisiga qo’shilib ketar edi. 1. Molekula, atom va ionlarning real mavjudligi ko’p sonli tajribalar natijasida aniqlangan dalillar orqali tasdiqlanadi. 2. Moddalarning erishi, suyuqlik va qattiq jismlarning bug’lanishi fizik jismlarning diskretligi haqida guvohlik beradi. 3. Diffuziya hodisasi, broun harakati zarralar to’xtovsiz va tartibsiz harakatda ekanligini bildiradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling