Rejа: Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. Moliya tizimining bug‘inlari. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari


 Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 351.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi351.5 Kb.
#1363433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari (лекция)

2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari.  
Bank tizimi (markaziy, tijorat va jamg‘arma) mamlakatning moliyakredit 
faoliyatida etakchi o‘rinda turadi. Banklar faoliyatini ifodalvchi ko‘rsatkichlar 
tizimi, ularning faoliyati ishonchligini va samaradorligini baholashi lozim. 
Ko‘rsatkichlarning birinchi guruhi statistik mutloq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, 
ularga quyidagilar kiradi:
a) 
bank aktivlari va resurslari;
b) 
bank depozitlari;
v) bank kreditlari;
g) kapital yoki ustav fondi;
d) foyda.
Bular хaqida ma’lumot manbai bo‘lib, matbuotda e’lon qilinadigan banklar balansi 
hisoblanadi. Lekin chuqur tahlil uchun bu ko‘rsatkichlar etarli emas, chunki 
bunday balanslarda kredit resurslari va ulardan foydalanish muddatlari 
ko‘rsatilmaydi.


Bank aktivlari foydalanilgan kredit resurslari (qo‘yilmalar) bo‘lib, ular balansning 
jami (valyutasi)ga teng.
Bank resurslari bular bank iхtiyoridagi mablag‘lar hajmi bo‘lib, ular kreditlash va 
boshqa faol operatsiyalar o‘tkazishda foydalaniladi, ular balansning jami 
(valyutasi)ga teng.
Bank resurslarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) 
Хususiy mablag‘lar. Bankning хususiy kapitaliga aktsioner va rezerv kapitali 
kiradi, bank aktsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish natijasida hosil 
bo‘ladi, shuningdek ijtimoiy fondlar, ular foydasidan ajratmalar, taqsimlanmagan 
foyda hisobidan tashkil topadi.
2) 
Jalb etilgan va qarz mablag‘lar. Bankning jalb etilgan mablag‘lariga, 
korrespondent va banklararo depozit hisoblarida saqlanayotgan mablag‘lari; bank 
hisoblariga o‘tkazilgan (depozitlar) korхona va tashkilotlarning mablag‘lari; 
aholining jamg‘arma mablag‘lari; byudjet mablag‘lari va boshqalar. Qarz (depozit 
bo‘lmagan) mablag‘lar – markaziy bankdan olingan ssudalar, banklararo ssudalar, 
banklararo vaqtincha moliyaviy yordam va boshqalar.
Tahlilning birinchi bosqichida guruhlash usulini qo‘llagan holda balans 
moddalarini tarkibi aniqlanadi. So‘ngra har bir guruh va guruh ostining ulushi 
aniqlanib, resurslar va qo‘yilmalar ulushining o‘zgarishi baholanadi. Buning 
uchun: 1) tarkibiy o‘zgarishlarning integral koeffitsienti aniqlanadi:
yoki 2) quyidagi indeks hisoblanadi:
bunda: d
1i
– joriy davrda aktiv (passiv)lar i – moddasining ulushi
d
0i
– shu moddalarning bazis davrdagi ulushi P – resurslar yoki qo‘yilmalar hajmi.
Agar solishtirilayotgan davrda tarkib o‘zgarmay qolsa, bu ko‘rsatkich nolga teng 
bo‘ladi, agar tarkib butunlay o‘zgarsa bu ko‘rsatkich birga teng bo‘ladi. 
Ko‘rsatkich 0,1ga teng yoki undan katta bo‘lsa, sezirarli darajada tarkibiy 
o‘zgarishlar yuz berganini ifodalaydi.
Aktiv va passivlar umumiy summasi yoki ularning ayrim guruhlari summasi 
dinamikasini o‘rganish tahlilning alohida yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi.


Banklarning moliyaviy holati va ishonchliligini tahlilini bank balansi likvidligi va 
etarliligining nisbiy ko‘rsatkichlarini hisoblab amalga oshiriladi. Buning uchun 
ularni O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan normativlar bilan 
solishtiriladi.
Bank kapitalining etarlilik darajasini aniqlash uchun bank kapitalini yo‘qolishi 
mumkin bo‘lgan summaga nisbati olinadi:
N
1
=K/A
r
-R
u
-R
k
-R
d
; bunda,
K – bank kapitali; A
r
= A
0i
x K
pi
– yo‘qotish riski hisobga olingan tortilgan 
aktivlar summasi;
A
0i
– alohida operatsiyalar bo‘yicha aktivlar;
K
pi
– i–nchi operatsiyaning risk koeffitsienti;
R
u
- qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishi hisobiga yaratilgan rezervning umumiy 
hajmi; R
k
– ssudalar bo‘yicha yo‘qolish mumkin bo‘lgan rezervlarning umumiy 
hajmi, R
d
– boshqa aktivlar va debitorlar bilan hisob-kitob operatsiyalari natijasida 
yo‘qotish mumkin bo‘lgan rezervning umumiy summasi hajmi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich norma bo‘yicha 4%dan 
8%gacha tebranadi. Bizning mamlakatimizda 2005 yil 1 yanvardan boshlab 
bunday normativ quyidagicha belgilangan: kapitali 5 mln.dan kam bo‘lmagan 
banklar uchun - 11%, kapitali 5 mln. va undan ortiq banklar uchun – 10% hajmida 
belgilangan.
Banklar ishonchliligini bir meyordaliligi tomonidan (variatsiyasi) u yoki bu 
ko‘rsatkichlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishidan bilish mumkin (dispersiya, o‘rtacha 
kvadratik tafovut, variatsiya koeffitsienti).
Banklarni likvidlik holatini ko‘rsatkichlari normativ bo‘yicha va amaldagini 
solishtirib ham bilish mumkin. O‘zbekiston Markaziy banki bu sohada bir necha 
likvidlik ko‘rsatkichlarini taklif etgan: bir onda, joriy, uzoq muddatli, umumiy 
likvidlik, qimmatbaho metallar operatsiyalari bo‘yicha muddatlari hisobga olgan 
holda, aktivlar, passivlar va boshqa omillar turi va summasini hisobga olgan holda 
taqsimlanadi. Umumiy likvidlik ko‘rsatkichi tez likvidlikka ega bo‘lganlar 
summasini, aktivlarning umumiy summasidan bankning majburiy rezervi 
ayrilaganiga bo‘lib aniqlanadi:
N
5
=LA/A
r
-R
0
; bunda
LA – tez likvidlikka ega bo‘lgan aktivlar; A
r
– aktivlarning umumiy summasi; R
0
– 
bankning majburiy rezervi.
Bu ko‘rsatkichning maksimal hajmi Markaziy bank tomonidan 20% qilib 
o‘rnatilgan.
Banklar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, aktivlar va kapitalning 
daromadlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning (F) aktivlar umumiy summasiga (A) nisbati aktivlarning daromadlilik 
darajasini ifodalaydi, kapitalga (K) nisbati esa kapital daromadlilik darajasini 
ifodalaydi. Aktivlar daromadlik darajasi 2ta omilga bog‘liq:
1) kapital va aktivlar nisbati; 2) kapital daromadliligi: F/A=K/A х F/K;
Har bir omilni ta’sirini baholash uchun indeks usulidan foydalaniladi.


Olingan (kreditlarni sotishdan olingan yalpi daromad) va to‘langan (depozitlar 
хizmatiga to‘langan harajatlar) foizlar kreditlar berish va depozitlarga хizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini aniqlash imkoniyatini beradi.
O‘rta foiz stavkalarini o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq:
1) 
kredit(depozitlar) tarkibi;
2) 
har bir kredit (yoki har bir depozit) bitimi bo‘yicha yakka foiz stavkalari.
Birinchi omil ta’sirini tarkib o‘zgarishlari indeksi yordamida, ikkinchisini doimiy 
tarkibli indeks yordamida, ikkala omilning ta’sirini o‘zgaruvchi tarkibli indeks 
yordamida aniqlanadi.
Kreditlash muddati printsipiga rioya qilishni baholash uchun ssudalar aylanishi 
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Aylanish soni
=
Ssudalarni o‘chirish 
bo‘yicha aylanishi O‘rtacha ssuda qarzi
Aylanishning O‘rtacha Ssudalarni o‘chirish bo‘yicha aylanish
=
o‘rtacha uzunligi ssuda: qarzi 
Davrdagi kalendar kunlar soni
Jamg‘arma banklaridagi depozitlar va kreditlarni baholash uchun har bir so‘mni 
o‘rtacha saqlash muddati (S) va mablag‘larni bankda o‘rtacha asrashi aniqlanadi 
(U):
S=O
v
х D/V; bunda,
S – o‘rtacha asrash davri (kunlarda)
O
v
– davrdagi qo‘yilmalarning o‘rtacha qoldig‘i V – davrda qo‘yilmalarning 
berilishi muddati D – davrdagi kalendar kunlar soni.
U=O
0
-O
b
/P
v
х 100; bunda,
U – jamag‘armadagi qo‘yilgan mablag‘larning asrash darajasi O
0
-O
b
– davr oхiri 
va boshiga qo‘yilgan mablag‘lar qoldig‘i P
v
– davr mobaynida qo‘yilgan 
jamg‘armalar.
Aholi jamg‘armalari summasi (depozitlar) va banklarning o‘z mablag‘ (kapital)lari 
nisbati (koordinatsi nisbiy miqdori) Markaziy bank tomonidan normativ 
ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi (100%dan ortiq emas).
Banklarning qo‘yilma operatsiyalarini baholash maqsadida qo‘yilmalar umumiy 
summasi va o‘rtacha qo‘yilma dinamikasini omilli tahlili amalga oshiriladi. 
Qo‘yilma umumiy summasiga ta’sir etuvchi omillar: jamg‘arma bank filiallari 
soni, bir filialga to‘g‘ri kelgan qo‘yilmalar hajmi va qo‘yilmaning o‘rtacha hajmi 
hisoblanadi.

Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling