Rejа: Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. Moliya tizimining bug‘inlari. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari
Download 351.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari (лекция)
Davlatning moliya tizimi. Rejа: 1. Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. 2. Moliya tizimining bug‘inlari. 3. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 1.Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. "Tizim" iborasi sunggi 40-50 yil davomida falsafa fanida chukur tadkik etib kelinmokda va uni ijtimoiy xayot soxasiga keng joriy etish rasm bulib bormokda. Ijtimoiy, shu jumladan xukukiy xodisalarga sistemali yondashish real vokelikning tub moxiyatini teran anglashga, ularning atrofidagi boshka xodisalar bilan uzviy alokadorlik va uzoro ta’sir xolatida rivojlanishini anglab yetishga kumaklashmokda. Yagona sistema - uzoro uzviy alokador va chambarchas boglik kismlar ( predmet, jarayon vokealar ) ning bir butun sifatida xarakatlanishi, mavjud bulishidir. Sistemaning muxim jixati - strukturaviy xususiyatning borligi, ya’ni vokelikning ichki tarkibiy kismlarga egaligi, bu kismlar orasida pogonali buysunish mavjudligi xamda bu kismlarning nisbiy mustakilligi. Sistemaning mazkur sifatlariga e’tibor karatishimizning boisi, siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi kismlar urtasida uzoro alokadorlikning mavjud ekanligini chukur tushunish va ular urtasidagi munosabatlarning uzviy boglikligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir. Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini uz ichiga olib, turli sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimining asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir: - Rejalashtirish funksiyasi. - Tashkillashtirish funksiyasi. - Rag‘batlantirish funksiyasi. - Nazorat 2.Moliya tizimining bo‘g‘inlari. Davlatning moliya tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topgan: Moliya tizimining bug‘inlarga ajratilishi xar kaysi bug‘inlarning vazifalaridan kelib chikadi. Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bug‘inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Umumdavlat moliyasi xujalik subyeketlari moliyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki bir tomondan budjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek korxonalar miqyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafaqat korxonalarning xususiy mablag‘lari hisobiga balki karz mablag‘lari hisobiga ham amalga oshiriladi. Chunonchi, bunday mablag‘lar tarkibida budjet resurslari ham mavjuddir. Budjet davlat moliyasini asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki budjet orkali YAIMning taxminan 25-30%i qayta taqsimlanadi. Davlat budjet orali yirik miqdordagi pul resurslariga ega buladi. Bunday pul resurslari orkali davlat uzining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda budjet asosiy roli uynaydi. Hozirgi sharoitda umumiy budjet xarajatlarining taxminan 40 % atrofida ijtimoiy madaniy tadbirlarga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari uchun jami budjet xarajatlarining 7,4%i sarflanishi rejalashtirilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar budjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiklaydi. Aksariyat iqtisodchilar tomonidan sug‘urta munosabatlari moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida kurib o‘tiladi. Sug‘urta munosabatlari- unda qatnashuvchi subyektlar o‘rtasidagi xujalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi extimolli zararlarni koplash yoki sug‘urta holatlarini sodir bulishi oqibatlari bilan bog‘liq uy xujaliklari yukotishlarini tenglashtirish uchun muljallangan sug‘urta fondiga maqsadli badallar hisobiga aloxida pul fndlarini shakllantirish bo‘yicha qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidir. Sug‘urtaning quyidagi turlari mavjud: 1. Ijtimoiy sug‘urta 2. Mulk sug‘urtasi. Shaxsiy sug‘urta. 4. Javobgarlik sug‘urtasi. 5. Tavakkalchilik sug‘urtasi. Ijtimoiy sug‘urta munosabatlarining obyekti - fukarolarning daromadlari hisoblanadi. Shaxsiy sug‘urtada- fukarolarning xayoti, sogligi va mehnat kobiliyati hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy sug‘urta yirikrok tarmoqda birlashtirilishi mumkin ya’ni uy xujaligi daromadlarini sug‘urtalash. Javobgarlik sug‘urtasida obyekt sifatida sug‘urtalanuvchining mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish, kreditorlar karzlarini qaytarish va boshqalar hisoblanadi. Tavakkalchilik sug‘urtasi yoki tadbirkorlik xatarlari sug‘urtasida foyda olinmaslik va ko‘rilishi mumkin bo‘ladigan zarar hisoblanadi. Mulkiy sug‘urta munosabatlarining obyekti sifatida sug‘urtalovchining moddiy qiymatliklari hisoblanadi. Sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi: - Risk; - Ogohlantirish; - Nazorat. Tayanch suzlar: tizim, moliya tizimi, davlat moliyasi, xujalik subyektlari moliyasi, sugurta, davlat budjeti, davlat krediti, budjetdan tashkari fondlar. Download 351.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling