Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi
Download 21.43 Kb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat maqsadli jamg’armalari.
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi.
Moliya tizimida davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalari pul jamg’armalarini bevosita tashkil qiluvchi - byudjet tizimi markaziy o’rinni egallaydi. Bunday pul jamg’armalari davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda, umumdavlat yoki hududiy tuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy rejalarini amalga oshirishda muhimdir. Bir vaqtning o’zida u sub’ektlar mustaqilligining moliyaviy bazasi bo’lib ham xizmat qiladi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rivojlantiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan davlat byudjeti tizimiga: respublika byudjeti; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti; mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlari kiradi. Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib, uning yordamida markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalari tashkil etiladi. Davlat byudjeti yordamida har yili mamlakat milliy daromadining yarmidan ko’pi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari. Byudjetlar asosan majburiy to’lovlar asosida tashkil etiladi. Pul jamg’armalari byudjet moliyalashtirishi usuli yordamida, ya’ni qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’larini ajratish yordamida taqsimlanadi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlatning markazlashgan pul jamg’armasi hisoblanadi. Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin. Sug’urta. Jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallaridan tashkil topgan sug’urta jamg’armalaridan - yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlarni to’liq yoki qisman qoplash maqsadida foydalaniladi. Sug’urta jamg’armalari daromadlarining tashkil topish manbasi bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslarning to’lovlari, shuningdek nazarda tutilgan hollarda esa, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisoblanadi. Sug’urta jamg’armalarini tashkil etishdan asosiy maqsad - tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berganda, yetkazilgan zararni qoplashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonuniga binoan sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra sug’urta hayotni sug’urta qilish va umumiy sug’urta sohalariga bo’linishi mumkin. Kredit. Kredit – bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini va boshqa mablag’larni ma’lum bir muddatga va haq evaziga qaytarib berishlik sharti bilan qarzga berishdir. Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida: qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit: birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov mablag’larini (masalan, veksel, chek, sertifikat) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik muomilasiga jalb qiladi; ikkinchidan, u vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni harakatdagi kapitalga aylantiradi; uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko’chib turishini ta’minlaydi; to’rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish mablag’lari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Kredit munosabatlari pul egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. SHunga qarab kreditning: tijorat, bank, iste’molchi, davlat va xalqaro kredit shakllari mavjud. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling