Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi
Korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyasi
Download 21.43 Kb.
|
Reja
Korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyasi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda korxonalar deb ataladi) moliyasi - moliya tizimining boshlang’ich bo’g’inlaridan biri bo’lib, uning asosini tashkil qiladi. Korxonalar moliyasi - moddiy ishlab chiqarish bilan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tarqatish bilan bevosita bog’liq bo’lib, milliy daromadni tashkil qiladi hamda bu moliya tizimi yordamida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Korxonalarda hosil bo’lgan moliyaviy mablag’lar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi sharoitida horij sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan qo’shma korxonalarning moliyasi alohida o’rinni egallaydi. Bunday korxonalar umumiy egalikda bo’lgan mol-mulkka ega bo’lib, pul jamg’armalarini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, korxonalarning moliyasi - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib, uning jarayonida davlatning markazlashmagan pul mablag’lari jamg’armalari tashkil etiladi va foydalaniladi. Bu pul mablag’lari jamg’armalari korxonalarning kundalik boshqaruvida bo’ladi. Korxonalar o’zlarining xarajatlarini o’z daromadlari hisobidan qondiradilar. Korxonalar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi farqning ma’lum bir qismi, majburiy to’lovlar sifatida (masalan soliqlar sifatida) byudjetga o’tkaziladi. Yuqorida sanab o’tilgan moliya tizimi bo’g’inlari, iqtisodiy kategoriya sifatida, umumiy xususiyatlarga ega, lekin ular iqtisodiy-ijtimoiy jarayonga turlicha ta’sir qiladi. Moliyaviy tizimning har bir bo’g’ini jamiyat ehtiyojini qondirishga qaratilgan pul mablag’larini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi moliyaviy munosabatlar yig’indisidan iborat. Pul jamg’armalari markazlashgan va markazlashmagan bo’lishi mumkin. Markazlashgan pul jamg’armalari - ma’lum bir hududda umumiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. Masalan, byudjet, byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar, sug’urta va kredit jamg’armalari – markazlashgan pul jamg’armalari hisoblanadi. Markazlashmagan pul jamg’armalari - korxonalar, muassasalar va tashkilotlar pul jamg’armalaridan iborat bo’lib, mazkur korxona, muassasa va tashkilotning ishlab chiqarishiga va ijtimoiy ehtiyojlariga jalb qilinadi. Hozirgi vaqtda moliyaviy tizimning rivojlanishi, ko’p jihatdan, horij tajribasidan samarali foydalanishga bog’liqdir. Chunki horij davlatlarida turli xil byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil qilinishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ko’pgina horij davlatlarida mulkiy va shaxsiy sug’urtada davlat monopoliyasi mavjud emas. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling