Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi
Download 21.43 Kb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining moliyasi
- 2.Moliya tizimi tarkibi
Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari 1.Moliya tushunchasi va mohiyati Davlat va huquq nazariyasi fanidan ma’lumki, har bir huquq sohasi ma’lum bir maqsad va vazifalarga yo’naltirilgan bo’ladi. Moliya huquqining oldiga qo’yilgan asosiy vazifa - bu jamiyatda kelib chiqadigan o’ziga xos munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Moliya huquqi o’z ta’siri ostiga ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar doirasini qamrab oladi. Davlat o’z oldiga turgan vazifalarni bajarishda «moliya» deb ataluvchi iqtisodiy richagni qo’llaydi va shu bilan bog’liq holda moliyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Mana shu sababli moliya huquqi to’g’risida so’z yuritishdan avval «moliya» va «davlatning moliyaviy faoliyati» degan tushunchalarni bilib olish lozim. Har bir davlat o’zining mustaqil moliyasiga ega bo’lmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng nafaqat siyosiy mustaqillikka, balki shu jumladan iqtisodiy mustaqillikka, ya’ni O’zbekiston Respublikasi o’zining moliyasiga va o’zining milliy daromadiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining moliyasi mamlakatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas qismi bo’lib, uning tarkibiy elementi hisoblanadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi - uning moliyasini yuksalish yo’nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotimizning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatgichlardan biri - bu milliy daromaddir. Milliy daromadning o’sishiga mamlakat sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz rivojlanishi sabab bo’ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri bo’lib, bu vazifani bajarmasdan turib mamlakatimizni himoya qilish, madaniy va xo’jalik rivojlanishini ta’minlash va bozor iqtisodiyoti sharoitiga qadam qo’yish mumkin emas. Moliya – pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Moliya lotincha so’zdan olingan bo’lib, pul to’lovlari degan ma’noni anglatadi. Lekin moliyani pul to’lovlari deb tushuntirishning o’zi yetarli emas. Chunki bu to’lovlar bir tomondan, byudjetga soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar o’tkazishni; ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti va boshqa jamg’armalar hisobidan mablag’lar berishni; banklar orqali pul to’lovlari (hisob-kitoblar)ni amalga oshirish singari pul harakatini ifoda qiladi hamda bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Moliya tushunchasi juda keng tushuncha bo’lib, o’z mohiyatiga ko’ra, iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday kategoriyalarga «pul», «foyda», «tannarx» kabi boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bularning har biri kategoriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini belgilovchi o’z vazifalarini bajaradi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodning rolini, shuningdek moliyani, ijtimoiy ishlab chiqarishni kuchaytirishni talab qiladi. Moliya tushunchasini iqtisodiy va moddiy nuqtai nazardan ko’rib chiqish mumkin. Iqtisodiy ma’noda moliya – bu turli bo’g’indagi sub’ektlarning markazlashgan va markazlashmagan jamg’armalari pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy ma’noda esa, moliya – bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning pul mablag’lari bo’lib, jamiyat va ishlab chiqarishni rivojlantirish ehtiyojlarini moddiy ta’minlash uchun foydalaniladi. Moliyaning mavjud bo’lishi tovar-pul munosabatlari bilan bog’liqdir. Bu munosabatlarning rivojlanishi - mehnatning taqsimlanishiga, turli mulk shakllarining mavjudligi va ular xo’jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklga asoslanganligiga, tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liqligiga asoslanadi. Milliy daromadning taqsimlanishi - pul shaklida namoyon bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va joriy qonunlarida turli mulk shakllarining mustahkamlanganligi, barcha mulk shakllarining davlat tomonidan bir xilda himoyalanishi va bozor mexanizmining rivojlanishi davlatdagi tovar-pul munosabatlarining chuqurlashuvi va kengayishining istiqbolini belgilaydi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, moliya pul munosabatlarining hammasini ham qamrab olmaydi. Moliyaga faqatgina pul jamg’armalarini tashkil etish, undan foydalanish va uni taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar kiradi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida, moliya yordamida, jamiyat rivojlanishini, ishlab chiqarishning kengayishini, ekologik xavfsizlikni, mamlakatning mudofaasi va xavfsizligini ta’minlovchi pul jamg’armalari tashkil qilinadi va ulardan foydalaniladi. Moliya - bu pul jamg’armalarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo’lib, mamlakat iqtisodini tartibga soluvchi asosiy richagdir. Moliyaning mazmunini pulning yoki pul mablag’lari jamg’armalarining o’zi emas, balki pul jamg’armalari va pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlar tashkil etadi. Moliya tizimida markaziy o’rinni ommaviy moliya (davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi) egallaydi. Davlat moliyasi – bu davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarni bajarilishini moddiy ta’minlash maqsadida pul mablag’lari jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bo’yicha bo’ladigan pul munosabatlari tizimidir. Ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi esa bu ma’muriy-hududiy tuzilmalarning uz oldida turgan vazifa va funktsiyalarni bajarish maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul mablag’lari jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlardir. O’zbek davlatchiligi rivojlanishining hozirgi sharoiti ishlab chiqarish jarayonining markazlashgan holda tartibga solinishi, qayta taqsimlash munosabatlarining kengayishi bilan tavsiflanadi. Davlat miqyosidagi pul mablag’lari nafaqat byudjet tizimida, balki byudjetdan tashqari jamg’armalarda, sug’urta va kredit sohalarida ham to’planadi. Barcha mulk shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliyasi ma’lum bir ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, ular yerdamida davlat pul mablag’lari asosiy massasining muomilasi amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliya ikki yo’nalish bo’yicha funktsiyalanadi: 1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning markazlashgan pul jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy pul munosabatlari; 2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning markazlashmagan pul jamg’armalari muomilasiga xizmat qiluvchi iqtisodiy munosabatlar. Yuqoridagilarga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining moliyasi - bu O’zbekiston Respublikasining pul jamg’armalarini (byudjet, byudjetdan tashqari va boshqa jamg’armalarni) tashkil qilish, uni bo’lib chiqish va undan foydalanish hamda aholining ijtimoiy-madaniy talabini qondirishdagi, respublika iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy rivojlanishni ta’minlovchi moliyaviy (iqtisodiy) munosabatlar hisoblanadi. 2.Moliya tizimi tarkibi O’zbekiston Respublikasida moliya bir qancha bo’g’inlardan iborat bo’lib, yagona moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimiga o’zaro bog’liq bo’lgan bo’g’inlar (institutlar) kiradi. Bu holat shu bilan ifodalanadiki, u o’z ta’siri bilan davlatning butun iqtisodini qamrab oladi. Moliya tarkibiga kiruvchi bo’g’inlar yig’indisi o’zaro aloqadorlikda - davlatning moliyaviy tizimini tashkil qiladi. Mamlakatning moliya tizimi – bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xalq xo’jaligi sohalarining pul mablag’lari jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning shakl va usullarining tizimidir. Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda, davlatning moliyaviy tizimida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu holat moliyaviy tizimga ta’sir qilishi bilan bir vaqtda, unga kiruvchi bo’g’inlarning mazmunini, ichki tuzilishini va ularning o’zaro aloqalarini ham o’zgartirdi. Masalan, moliya tizimida yangi bo’g’inlar (institutlar) paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining moliyaviy tizimini quyidagi bo’g’inlar (institutlar) tashkil qiladi: Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling