Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi


Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari


Download 21.43 Kb.
bet5/5
Sana15.11.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1777419
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja

4.Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari
Davlat pul mablag’larini taqsimlashda asosan ikki zaruriy usul qo’llanilishi mumkin, ya’ni:
a) moliyalashtirish - qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’larini ajratish;
b) kreditlash - qaytarib berish tamoyiliga asoslangan holda pul mablag’larini ajratish.
Bu ikkala usul ham mablag’lardan foydalanish maqsadi, ularning manbalari, sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy xarakteri va boshqa faktorlarga qarab, bir necha turlarga bo’linishi mumkin.
Davlat tashkilotlari pul mablag’larini moliyalashtirish va kreditlash usullari orqali olsa, nodavlat tashkilotlari esa pul mablag’larini asosan kreditlash yo’li bilan oladi.
Moliyaviy faoliyat jarayonida davlat hisobiga pul mablag’lari kelib tushishi hamda ulardan foydalanish - turli shaklda: ya’ni hisobga o’tkazish (naqd pulsiz to’lovlar) va naqd pul to’lovlari shaklida amalga oshiriladi.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hisob-kitob ishlarini asosan naqd pulsiz to’lovlar asosida (masalan, hisobga o’tkazish tartibida) amalga oshirsa, aholi to’lovlari naqd pul shaklida amalga oshiriladi. Davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ba’zan mayda xo’jalik ishlari bo’yicha hisob-kitoblarni naqd pul shaklida amalga oshirishlari mumkin. Aholi to’lovlarida hisobga o’tkazish shakli (naqd pulsiz to’lovlar) ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, xodimlarning ish haqidan olinadigan majburiy sug’urta to’lovlari hisobga o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy, ilmiy, madaniy va boshqa aloqalarni amalga oshirishda, xalqaro hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanilishi mumkin.
Davlat moliyaviy faoliyatining usullari taraqqiyotning har bir jarayonida o’zgarib turadi. Asosan bozor munosabatlariga o’tish jarayonida ma’lum bir o’zgarishlar yuz berdi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, pul mablag’larini ixtiyoriy jalb etish usullari turli xil ko’rinishlarda namoyon bo’la boshladi. Jumladan, muassasalarni moliyalashtirishda ma’lum bir ishni bajarishdan (masalan, kadrlarni tayyorlashdan) kelib chiquvchi - normativ usullar qo’llanilmoqda; kredit munosabatlari sohasida esa foizli stavkalardan foydalanish usuli qo’llanilmoqda.
Qimmatli qog’ozlar bozori rivojlanmoqda. Qimmatli qog’ozlardan (ya’ni, aktsiya, obligatsiya, veksel. va boshqalardan) korxona, tashkilot jamg’armalarini tashkil etish uchun, davlatning moliyaviy mablag’larini to’ldirish uchun foydalaniladi.
Moliyaviy faoliyat davlat organlari orqali amalga oshiriladi. Davlat organlarining pul mablag’ini yig’ish va uni tarqatishga qaratilgan faoliyati - davlatning moliyaviy faoliyati deb ataladi. Moliyaviy faoliyat davlat hokimiyati organlari tomonidan ham, davlat boshqaruv organlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Moliyaviy faoliyat qonunchilik va ijro etish va farmoyish berish shaklida namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi moliyaviy faoliyatida deyarli barcha tashkilotlar, ya’ni davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari, korxona, muassasa, tashkilotlar va aholining ma’lum bir qismi (soliq to’lovchilar, kredit oluvchilar) ishtirok etadi.
Bu faoliyat O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qilishi, soliqlarni joriy etishga faqat O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqli ekanligi ta’kidlangan. Boj, valyuta va kredit sohasiga taalluqli bo’lgan barcha qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat qiladi.

Adabiyotlar

  1. Li.A.A. O’zbekiston Respublikasi moliya huquqi: Darslik-T.: TDYuI, 2004. – 398 bet.

  2. Li.A.A. O’zbekiston Respublikasi moliya huquqi: Darslik-T.: TDYuI, 2006. – 398 bet.

  3. Moliya huquqi: Ma’ruzalar kursi/E.Xojiev,O.Kamalov, B.Artikov.-T.:O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 319 b.

Download 21.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling