Reja: Moliya tushunchasi va mohiyati Moliya tizimi tarkibi Moliyaviy faoliyatni tushunchasi
Download 21.43 Kb.
|
Reja
3.Moliyaviy faoliyatni tushunchasi
O’zbekiston davlatining moliyaviy faoliyati - bu O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi vazifalarni amalga oshirish, davlatning xavfsizligi va mudofaasini ta’minlash maqsadida pul jamg’armalarini rejali tashkil etish, uni taqsimlash va undan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Davlat moliyaviy faoliyatining mazmunini - davlat pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishdagi funktsiyalar tashkil qiladi. Moliya tizimi bo’g’inlarining xilma xilligi sababli, moliyaviy faoliyatning funktsiyalari ham turli-tumandir. Moliyaviy faoliyat jarayonida ikki asosiy vazifa hal qilinadi: a) milliy daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi; b) pul mablag’laridan maqsadga muvofiq va qonunda belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Davlat - pul jamg’armalarini, ya’ni byudjet va kredit mablag’larini, sug’urta pul jamg’armalarini, davlat korxonalari va xalq xo’jaligi sohalarining moliyaviy mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshiradi. Davlatning moliyaviy faoliyati ijtimoiy boshqaruvning asosiy-zaruriy qismi bo’lib hisoblanadi. Davlat moliyaviy faoliyatni amalga oshira turib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni funktsiyalash uchun, davlat xafvsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy bazani yaratadi. Davlat - moliyaviy yordam berish, ma’lum bir rejalar uchun mablag’lar ajratish yo’li bilan, shuningdek soliq imtiyozlari berish, kreditlashda foiz miqdorini kamaytirish yoki foizsiz kreditlar berish, soliqlarni to’lashni keyinga qoldirish va boshqa yo’llar orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Davlat moliyaviy faoliyatining muhim tomonlaridan biri - bu moliyaviy mablag’larni taqsimlashdir. Moliyaviy mablag’larni taqsimlash - butun davlat miqyosida ijtimoiy-madaniy sohalarni rivojlantirish, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Davlatning moliyaviy faoliyatiga tashkiliy-huquqiy xususiyatlar xosdir. Davlatning boshqa sohalaridagi faoliyatidan farq qilgan holda, moliyaviy faoliyat, sohaviylik mazmuniga ega ekanligi bilan ajralib turadi, ya’ni moliya mablag’larini yig’ish va taqsimlash davlat boshqaruvining barcha sohalarini qamrab oladi. Moliyaviy faoliyatni amalga oshirishda davlat hokimiyati organlari alohida o’rinni egallaydi. Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning amalga oshirilishi vakillik va ijro etuvchi organlar faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, davlatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha byudjet mablag’larini taqsimlash - vakillik organlari tomonidan amalga oshirilsa, xalq xo’jaligi sohalari ichida moliya resurslarini taqsimlash - ijro hokimiyati organlari tomonidan, davlat boshqaruvi tartibida, amalga oshiriladi. Moliyaviy faoliyat boshqaruvchi tizim sifatida turli usullarda namoyon bo’lib, har xil faktorlarga , ya’ni ma’lum bir davrda davlatning vazifalari, davlat daromadlarining manbalari, mablag’lardan foydalanish maqsadi, davlatning iqtisodiy holati va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi. Davlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarga kirishganida, turli xil usullarni qo’llaydi. Davlatning markazlashgan jamg’armalarida, ya’ni byudjet, byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar, davlat sug’urta jamg’armalari, kredit jamg’armalarida pul mablag’larini to’plashda - ixtiyoriy va majburiy to’lov usullaridan foydalaniladi. Bu usullar o’ziga xosligi bilan ajralib turuvchi bir qancha to’lov turlarini qamrab oladi. Masalan, davlat byudjetini tashkil etuvchi majburiy to’lovlar - bu yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, turli xil yig’imlar hisoblanadi. Bundan tashqari, byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalarga ajratiladigan majburiy to’lovlar va ajratmalar ham mavjud. Majburiy to’lovlar usuli davlat sug’o’rtasida ham qo’llaniladi. (Masalan, yo’lovchilarning majburiy sug’urtasi.) Majburiy ajratmalar hisobiga Markaziy bankning sug’urta jamg’armasi tashkil etiladi. SHu bilan birga, davlatning pul jamg’armalari ixtiyoriy mablag’lar orqali, masalan, lotereyalar o’tkazish orqali, yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-exsonlari va boshqalardan tashkil topishi mumkin. Davlat daromadlariga pul mablag’larini to’plashda boj to’lovlarini joriy etish va yig’ish usuli ham qo’llaniladi, masalan, davlat bojining yoki bojxona bojining joriy etilishi. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling