Reja: Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar


Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi


Download 47.92 Kb.
bet4/5
Sana19.02.2023
Hajmi47.92 Kb.
#1214164
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat mavzu hisobotlarni tuzish va taqdim etish. Bajardi Ash

4.Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi.
Moliyaviy hisobot tizimida balans marka-ziy o‘rin egallaydi.
Buxgalteriya balansi subektning resurslari (aktivlar), resurslarga bildirilgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (xususiy kapital) to‘g‘risida iqtisodiy axborotlar beradi.
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot – buxgalteriya balansining rasmiy atamasidir. Biroq, hisobot tuzuvchilar va ulardan foydalanuvchilar orasida buxgalteriya balansi atamasi ko‘proq tarqalgan, chunki u asosiy buxgalteriya formulasi yoki modeliga muvofiq ushbu hisobotning muhim tomonini aks ettiradi:

Aktivlar - xo‘jalik sub’ektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi.
Xususiy kapital. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
Majburiyat —xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi. Majburiyatlar olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki holisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kiradi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
1. Haq to‘lash bilan;
2. Boshqa aktivlarni berish bilan;
3. Xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
4. Ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
5. Majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.

Download 47.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling