Reja: Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar
Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar
Download 47.92 Kb.
|
Referat mavzu hisobotlarni tuzish va taqdim etish. Bajardi Ash
3.Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar.
1998 yil 14 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 475 son ro‘yxatga olingan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMS moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga alohida e’tibor berilgan. Moliyaviy hisobot quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish. Moliyaviy hisobot axborotiga bo‘lgan talab quyidagilarda vujudga keladi: Investorlarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish maqsadida foydalaniladi. Aksiyadorlar ham axborotlardan xo‘jalik sub’ektining dividendlarni to‘lash qobiliyatini baholashga imkon yaratadi hamda aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi. Kreditorlarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari kredit va uning foizlari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Mol(tovar) yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari mahsulot yetkazib berishda va boshqa savdo qarizdordiklari summasini o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Xaridorlar va buyuritmachilarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishga, ayniqsa ular uzoq muddatli shartnomalarga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lgan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Korxona xodimlari, ishchilariga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari, ularning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektga yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborot axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan foydalanadi; Hukumat vakolatli organlari va davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati, nazorat idoralari, statistika organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlaridan resurslarning taqsimlanishi, ularga ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash, davlat tomonidan moliyaviy yordamlar miqdorini va xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lgan milliy daromadni hisoblash hamda boshqa statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. Korxonalarning hisobotini quyidagi alomatlarga ko‘ra, ya’ni turlari, tuzishning davriyligi, maqsadi, hajmi va shu kabilarga qarab tasnif etish mumkin. Moliyaviy hisobot ma’lum bir vaqt oralig‘i (hisobot davri)da tayyorlanadi va quyidagi axborotlarni aks ettiradi: moliyaviy hisobotda hisobot davridagi aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish; moliyaviy hisobotda hisobot davridagi daromad va xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish; moliyaviy hisobotda hisobot davridagi pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish. Tashqi hisobot muayyan talablarga javob berishi lozim. Bu talablarning eng asosiysi – korxonaning mulki va majburiyatlari, uning moliyaviy ahvoli hamda hisobot davridagi faoliyati natijalari to‘g‘risida majburiy tarzda va o‘z vaqtida axborot taqdim etish, bu axborotning to‘g‘ri bo‘lishi, bularni boshqa korxonalarning rejasi va ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi, mulkchilikning turli shakllaridagi barcha korxonalar uchun hisobot tuzish shakllari va uslubiyatini yagonaligi, oddiyligi, aniqlik, axborotni ola bilish, oshkoralik, tejamkorlik, oqilonalik, ta’sirchanlik va qisqalilikdir. Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak vayillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, ta’sischilar); davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi: kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun; subektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; subektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi. Download 47.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling